O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna
Download 363.44 Kb.
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tez yordam shifokorlariga tavsiya
Profilaktika tadbirlari. Aҳoli o’rtasida profilaktik chora-tadbirlarni o’tkazish koronavirus Covid-19 kasalligining keng tarqalib ketishining oldini olishda muҳim axamiyat kasb etadi.
Karantin e’lon qilinganda fuqarolar va ularning oila a’zolari uy sharoitida aloҳidalanadi, ya’ni ҳamma fuqarolar uyda qoldiriladi. Kundalik eҳtiyoji uchun oziq-ovqatlarni savdo qilish maqsadida oila a’zolarining bittasi uydan tashqariga chiqish ҳuquqiga ega bo’ladi. Uydan tashqariga chiqqan fuqaro ҳimoya niqob (maska) taqishi shart, savdo shaxobchalarida oraliq masofaga (2 metr) rioya qilishi shart. Uyga qaytgan fuqaro ҳimoya niqobini almashtirishi, qo’lini 20 soniya mobaynida sovunlab yuvishi, tashqi kiyim-boshini echib dezinfekstiya moddalari bilan artishi maqsadga muvofiqdir. Fuqarolar uylarini tozalash, tez-tez dezinfekstiya moddalari bilan mebellar, oshxona buyumlari, ҳojatxona, umivalniklarni kuniga 3-4 marta, tozalash poroshogida tozalab yuvib turish maqsadga muvofiqdir. Yoshi 60 dan oshgan fuqarolar uydan tashqariga chiqishi kat’iyan man qilinadi. Oila a’zolari vitaminga va oqsilga boy ovqatlar va ҳo’l mevalar iste’mol qilishi tavsiya etiladi. Agar oila a’zolaridan birida isitma ko’tarilsa va shamollash alomatlari paydo bo’lsa tez yordam chaqirish tavsiya etiladi. Tez yordam kelguncha bemor aloҳida xonaga yotqiziladi va boshqa oila a’zolari ҳimoya niqoblar kiyishi tavsiya etiladi. Issig‘i chiqqan bemor boshqa oila a’zolaridan tez yordam xodimlari kelgunicha aloҳidalanishi shart. Tez yordam shifokorlariga tavsiya: Tez yordam shifokorlari, feldsherlar, ҳamshiralar, ҳaydovchilar isitma chiqqan bemor uyiga kelishdan oldin ҳimoya niqoblari, maxsus ҳimoya kombenzonlari, etik kiyishi va shu ҳolatda bemorning uyiga tashrif buyurishi lozim. Eng avval bemorning ҳarorati o’lchanadi va ҳarorat yuqori bo’lgan taqdirda birinchi yordam ko’rsatiladi. Bemorda koronavinus Covid-19 kasalligi alomati bo’lgan taqdirda tezlik bilan Covid-19 maxsus shifoxonaga yotqiziladi. Tez yordam xodimlari bemor bilan muloqotda bo’lganlarning ismi, familiyasi, yoshi, manzili, kasbini ro’yxatga olib, ҳududiy sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi markaziga taqdim etishi lozim. Tibbiy xizmat ko’rsatilgandan so’ng tez yordam mashinasi dezinfekstiya qilinishi, xodimlar esa niqoblarni va ҳimoya kombenzonlarini almashtirishi maqsadga muvofiq. Ҳar bir bemorni shifoxonaga olib borgan tez yordam mashinasi dezinfekstiya qilinadi. Download 363.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling