O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


COVID-19 INFEKSIYaSIDA PROFILAKTIK ChORA-TADBIRLAR


Download 363.44 Kb.
bet38/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

COVID-19 INFEKSIYaSIDA PROFILAKTIK ChORA-TADBIRLAR
Covid-19 infekstiyasi keng tarqalib ketishining oldini olish, chetdan kirib kelishini to’xtatish, bemorlar bilan muloqotda bo’lishning oldini olish eng asosiy profilaktik chora-tadbirlardan ҳisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida Covid-19 infekstiyasi keng tarqalib ketishining oldini olish va profilaktika chora-tadbirlar o’tkazishni tashkillashtirish borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining bir necha qarorlari qabul qilindi.
Vazirlar Maҳkamasi qoshidagi sanitariya epidemiologiya nazorati inspekstiyasi, Sog‘liqni Saqlash Vazirligiga qarashli sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi agentligi markazlari tomonidan epidemiyaga qarshi kurash komissiyalari tashkil etildi.
Covid-19 infekstiyasiga qarshi profilaktik chora-tadbirlar o’tkazish rejasi tuzilib, muҳokama qilinib, tasdiqlandi, tadbirlar uchta yo’nalishga qaratiladi.
1. Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbaiga (kasal odam, virus tashuvchi) qarshi.
2. Yuqish yo’llariga (mexanizmiga) qarshi.
3. Aҳolining moyilligini kamaytirishga qaratilgan.
Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbaiga qarshi profilaktik chora-tadbirlar:

  • Covid-19 bilan kasallangan bemorlarni yuqumli kasalliklar Covid-19 shifoxonalariga yotqiziladi va izolyastiya qilinadi.

  • Etiotrop (virusga qarshi) davolash choralari o’tkaziladi.

Covid-19 infekstiyasining yuqish yo’llarini to’xtatish tadbirlari:

  • Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, ya’ni qo’lni tez-tez sovunlab yuvish, bir marta ishlatiladigan salfetkalar ishlatish, yo’talganda, aksirganda, balg‘am chiqarganda bir marotaba ishlatiladigan salfetkalar ishlatish. Bemorlar yuzi, burni, og‘zini ochiq qo’l bilan emas, balki gigienik salfetkalar bilan yopish.

  • Bir marta ishlatiladigan tibbiyot niqobini ishlatish va uni ҳar 2 soatda almashtirib turish.

  • Bemorlar bilan muloqotda bo’lgan tibbiyot xodimlari ҳimoya kombenzonidan foydalanishi.

  • Dezinfekstiya muolajalar o’tkazish (boks, palata, laboratoriya).

  • Bemordan chiqqan chiqindilarni yo’qotish (utilizastiya) klass V.

  • Bemorlarni maxsus transportlarda tashish (Sanitariya-epidemiologiya qoidalariga amal qilgan ҳolda).


Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling