O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna
Download 363.44 Kb.
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
Etiologiyasi. Gripp virusi Mixovirus influenza – ortomikso viruslar oilasiga mansub, tarkibida RNK bo’lib, toksik xususiyatga ega. Shu bilan birga gripp virusi aglyutinastion, enzimatik (neyro-aminidaza) xususiyatiga ega bo’lib, yuqori ҳaroratga ta’sirli, dezinfekstiya moddalariga chidamsiz bo’lib, tez nobud bo’ladi. Ushbu virus 1933 yilda Angliya virusologlari Smit, Endryus, Lendlau tomonidan kashf qilingan. Gripp virusi bilan kasallangan bemorning burun surtmasini dengiz kalamushiga yuqtirib o’sha ҳayvon o’pkasidan ajratib olingan. Ushbu virusga “A” tipidagi gripp virusi deb nom berilgan. 1940 yilda virusologlar Frensis va Medisil gripp virusining “V” tipini kashf etishdi. 1947 yilda esa virusolog Teylor gripp virusining “S” turini kashf etdi. Yakka zanjirli manfiy RNKga ega. RNK zanjiri 8 xil bo’lib, 10 xil virus oqsillarini kodlab chiqarib turadi. RNK tutuvchi gripp virusining tashqi qobig‘ida oqsil moddasi bo’lib, bu nukleoproteidlardan iborat. Uning tashqi qobig‘ida esa lipidlar (yog‘lar) mavjud. Xuddi shu lipidlar odam organizmida kuzatiladigan og‘ir zaҳarlanishni vujudga keltiradi. Virusning tashqi qobig‘ida bo’rtib chiqqan lipidlar esa odam epiteliylariga kirishini ta’minlaydi. Ushbu yog‘lar glikoproteidlar deyiladi va odam eritrostitlarini agglyutinastiya qilish qobiliyatiga ega. Gemagglyutinin gripp virusini odam, ҳayvonlar va qushlarning epitelial ҳujayralariga yopishishini ta’minlaydi. Neyroaminidaza esa epitelial ҳujayraga kirib olish va chiqishni ta’minlaydi. Gemagglyutinin va neyroaminidaza gripp virusining ko’payish davrida o’zgarib turadi va yangi gripp virusining serovorlari paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Nukleproteid (S-antigen) gripp virusini tarkibiy qismiga kiradi va u o’zgarmaydi. S-antigen (nukleproteid) gripp virusini A, V, S tiplarini farqlashda muҳim aҳamiyat kasb etadi.
Gripp virusi sferik bo’lib, 80-120 nonometr o’lchoviga ega. Virusning aglyutinin va neyroaminidaza antigenlari o’zgarib turishi gripp virusining podtiplarini vujudga keltiradi. Ushbu antigenlarning o’zgarishlari gripp virusining “A” tipiga xarakterlidir. Ushbu antigenlarning o’zgarishi “A” tipidagi virus chaqirgan kasalligining og‘ir o’tishi va keng tarqalishiga sabab bo’ladi. Grippning epiemiyasi va pandemiyasi ushbu antigenlarning baravar o’zgarishidan kelib chiqadi. Ҳozirgi kunda 16 xil gemagglyutinin va 9 xil neyroaminidaza ma’lum. Gripp virusining “V” va “S” tiplarida gemagglyutinin va neyroaminidaza antigenlari o’zgarmaydi. Shuning uchun grippning “V” va “S” turlarida katta epidemiyalar kuzatilmaydi. Odam organizmidan ajratib olingan gripp virusining “A” tipida 3 xil ko’rinishga ega bo’lgan gemagglyutininlar aniqlandi N (N1, N2, N3) neyroaminidazani esa 2 ta podtipi aniqlangan N (N1, N2). 1957 yilgacha “A” gripp virusi odamlarda faqat A (N1, N1) serovari ajratib olingan va ushbu kombinastionli “A” virusi gripp kasalligini chaqirib kelgan. 1957 yildan 1968 yilgacha “A” tipdagi gripp kasalligining qo’zg‘atuvchisi A (N2, N2), 1968 yildan so’ng A (N3, N2) shtamlari ekanligi aniqlangan. Ҳozirgi kunlarda “A” tipdagi gripp kasalligi virusining A (N1, N1) va A (N3, N2) shtammlari chaqirishi aniqlangan. Gripp virusining “A” tipi doimiy o’zgarishda bo’ladi va mutastiyaga uchrab turadi. Ushbu “A” tipdagi virus antigenlarining biri o’zgarsa “antigen dreyfi” deyiladi, 2 ta antigen baravar o’zgarishi “antigen shifti” deyiladi. Antigenlarning o’zgarishlari “A” virus oqsil qobig‘ining o’zgarishiga sabab bo’ladi. O’zgarishlar natijasida odam immunitetining virusga bo’lgan javobi keskin kamayib boradi. Natijada gripp kasalligining og‘ir kechishi va asoratlarining vujudga kelishi kuzatiladi. Shu bilan birga “A” gripp virusining ikki xil antigenining o’zgarishi gripp epidemiyasi va pandemiyasini vujudga keltiradi. Gripp epidemiyasi va pandemiyasi tugagandan so’ng, “A” tipdagi virus vaqtincha odam organizmida sust ҳolga tushadi. Ushbu jarayonni virus reaktivastiyasi deyiladi. Shunda gripp kasalligining latent (belgisiz) yoki virus tashuvchanlikligi vujudga keladi. Gripp virusining “S” turi faqat odam organizmida ko’payadi. Ushbu gripp turi engil kasallik chaqiradi, epidemiyalar chaqirmaydi, asoratlar keltirib chiqarmaydi. Gripp kasalligining A, V, S viruslari past xaroratga chidamli +4 gradusda uzoq muddatda saqlanib qoladi. +50-60 gradus ҳaroratda gripp viruslari tez nobud bo’ladi (1-5 minut). Dezinfekstiya moddalari o’sha zaҳoti virusni o’ldirish qobiliyatiga ega. Viruslarga azon, ultrabinafsha nurlar tez ta’sir qiladi. Download 363.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling