O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Gripp infekstiyasida abdominal belgilar


Download 363.44 Kb.
bet54/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Gripp infekstiyasida abdominal belgilar. Bemor bolalarda ko’ngil aynish, qusish, qorin soҳasida og‘riq, diareya kuzatiladi, qorinda gaz yig‘iladi. Ichak perestaltikasi kuchayadi. Ayrim bolalarda I-II darajada disbakterioz, ҳolestistit belgilari kuzatiladi.
Gripp infekstiyasining laboratoriya tashxis uslublari. Gripp infekstiyasiga tashxis qo’yishda maxsus (spestifik) laboratoriya uslublaridan foydalaniladi. Laboratoriya uslublar gripp xastaligining etiologiyasi, maxsus antigeni va antitelalarini aniqlashda va tuzalish mezonlarini aniqlashda muҳim aҳamiyat kasb etadi.
Viruslarni ajratib olish: gripp virusini ajratib olish mumkin. Avval kasallikning 1-3 kunlari bemorning burun va tomog‘idan surtma olinadi. Olingan surtma tovuq tuxumiga ekiladi. Tovuq tuxumi 10-11 kunlik bo’lib, urug‘langan tuxum embrioni shakllangan bo’lishi shart tuxumning aminiotik, allantoik suyuqligiga surtma ekiladi va 48 soat ichida o’sish kuzatiladi. Ushbu uslub virusologiya institutlarining maxsus laboratoriyalarida olib boriladi. Ushbu uslub viruslarning tiplarini aniqlashda qo’l keladi.
Immunoflyuoresstenstiya uslubi. Ushbu uslub gripp virusining burun shilliq qavatidagi zararlangan epiteliyalar ichidagi viruslarni aniqlashda muҳim aҳamiyat kasb etadi. Viruslar qobig‘ida grippning gemagglyutinini va neyroamenidaza antigenlarini aniqlashda immunoflyuoresstenstiya uslubi qo’llaniladi. Ushbu usulni qo’llashda flyuoresstenstiyalangan antitelalardan foydalaniladi. Avval flyuoresstenstiyalangan antitelalar surtmasini predmet shishalarga surtiladi, uning ustiga burundan olingan surtma surtiladi. Keyin maxsus lyuminesstent mikroskop orqali viruslarning bor yo’qligi aniqlanadi. Immunoflyuoresstenstiya uslubi gripp xastaligining 3-5 kun va bemor tuzalganidan so’ng 12-14 kunlari bajariladi.
Komplementlarni bog‘lash reakstiyasi (KBR). KBR, ushbu uslub serologik tashxis uslubi bo’lib, gripp virusi antitelalarining bor yoki yo’qligini aniqlashda A va V gripp virusini bir-biridan farqlash uchun ishlatiladi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling