O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet62/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Yuqish yo’llari 2 xil:
1. Ҳavo-tomchi yo’l bilan kasallik yuqadi.
2. Alimentar (fekal-oral) yo’l bilan ҳam yuqish kuzatiladi.
Adenovirus infekstiyasi ko’pincha ҳavo-tomchi yo’l orqali bemorlardan sog‘lom odamga yuqadi.
Bemorlar yo’talganda, aksirganda adenoviruslar tashqi muҳitga ҳavo-tomchi yo’l bilan sog‘lom odamlarga yuqadi. Epidemiologik jiҳatdan yuqish yo’llari boshqa respirator virusli infekstiyalardan farq qilmaydi. Yuqish masofasi 1-2 metr dan oshmaydi.
1 oydan to 6 oygacha oshmagan bolalarda adenovirus infekstiyasi uchramaydi. Bunga asosiy sabab ushbu yoshdagi bolalar ona plastentasidan ҳamda ona sutidan maxsus antitelalar ҳimoyasida bo’lganligi tufayli ushbu yoshdagilarga infekstiya yuqmaydi. 6 oydan oshgan bolalar adenovirus infekstiyasiga moyil bo’lib qoladi. Bemor bolalar 2-marta adenovirus infekstiyasi bilan kasallansa, virusga qarshi kuchli immunitet shakllanadi va boshqa kasallanish kuzatilmaydi. 5 yoshdan katta bolalarda adenovirus infekstiyasi juda kam uchraydi.
Adenovirus infekstiyasi bog‘chalarda, bolalar yaslisida sporadik, ҳamda epidemik tarqalgan ҳolda uchrashi mumkin. Eng ko’p adenovirus infekstiyasi tarqalishida kasallanish 500 tadan oshmaydi. Katta epidemiyalar kuzatilmaydi. Epidemiya tarqalishi sekin-asta boshlanadi. 14-15 kunlarda ko’payadi, so’ng epidemiya sekin-asta pasayadi. Adenovirus infekstiyasi mavsumiylikka ega. Ҳarorat past bo’lgan oylarda kasallik ko’p kuzatiladi. Yoz oylarida esa adenovirus infekstiyasi kuzatilmaydi. Ammo yoz oylarida adenovirus infekstiyasining subklinik yoki inapparat shakli kuzatilishi mumkin.
Ҳozirgi kunda adenovirusli infekstiyasi qo’zg‘atuvchilarini 1, 2, 3, 4, 7, 7a, 14 va 21 serovarlari borligi aniqlangan.
Patogenezi. Adenoviruslar organizmga 2 xil yo’l orqali kiradi. Eng ko’p yuqish yuqori nafas yo’llarida kuzatiladi. Viruslar sog‘ odam (bola) kon’yunktivasiga tushib zararlashi mumkin. Kamroq fekal-oral (alimentar) yo’l bilan ҳam adenoviruslar yuqishi mumkin. Pinostitoz jarayoni tufayli adenoviruslar epitelial ҳujayralar membranalarini yorib kirib yadrosini egallaydi. Adenoviruslar epiteliy stitoplazmalariga yig‘iladi. Ayrim adenoviruslar regional limfa to’qimalardagi limfostitlar stitoplazmalariga kirib ҳujayra yadrosini egallaydi. Jaroҳatlangan epiteliy ҳujayralari limfostitlar adenovirusning DNK ni sintez qila boshlaydi.
16-20 soatdan so’ng zararlash quvvatiga ega adenoviruslar ko’plab ko’paya boradi. Natijada zararlangan epiteliy ҳujayralari va limfostitlarning nobud bo’lishi kuzatiladi (nekroz, destrukstiya).
Keyinchalik kuchaygan adenoviruslar yangi epiteliy ҳujayralari va limfostitlarning ichiga kirib nekroz va degradastiyaga uchratadi. Shu davrda adenoviruslar qonga o’ta boshlaydi. aynan o’sha davr inkubastion davrga to’g‘ri keladi.
Bosqichma-bosqich adenoviruslar yuqori nafas yo’llaridagi burun shilliq qavati, og‘iz bo’shlig‘idagi limfa tugunlari, adenoidlar, ҳiqildoq, bronx va traxeyani jaroҳatlaydi. Bir vaqtning o’zida ko’z shilliq qavatini ҳam jaroҳatlaydi. Keyingi bosqichda adenoviruslar regionar limfa tugunlarini jaroҳatlay boshlaydi. Jaroҳatlangan yuqori nafas yo’llaridagi adenoviruslar ekssudativ yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Ko’z shilliq qavatidan, burundan seroz suyuqlik chiqishi kuchayadi. Ko’z shilliq qavatida yupqa plenka ҳosil bo’ladi.
Kelgusi jarayonda adenoviruslar traxeyaga, bronxga, alveolalarga o’tib ushbu organlarda yallig‘lanish ҳolatini keltirib chiqaradi. Natijada adenovirus pnevmoniyasi shakllanadi. Traxeya va bronxda nekrotik yallig‘lanish kuzatiladi. Og‘iz orqali adenoviruslar ichak epitelial ҳujayralarni jaroҳatlaydi. Natijada angina va yo’g‘on ichakda yallig‘lanish kuzatiladi (enterit, kolit). Qonga o’tgan adenoviruslar va ularning toksinlari bemorda intoksikastiya belgilarini keltirib chiqaradi. Qonga o’tgan adenoviruslar keyinchalik buyrak, jigar, yurak, bosh miyani jaroxatlash xususiyatiga ega. Demak, adenovirus infekstiyasida asosan yuqori nafas yo’llarining jaroҳatlanishi, keyinchalik ko’z shilliq qavatida, regional limfa tugunlari va ichki organlarning jaroҳatlanishi kuzatiladi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling