O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet70/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

PARAGRIPP INFEKSIYaSI
Paragripp infekstiyasi o’tkir respirator virusli infekstiya bo’lib, yuqori nafas yo’llarining yallig‘lanishi, isitma va intoksikastiya belgilari bilan kechadigan kasallikdir. Paragripp infekstiya o’tkir respirator virusli infekstiya (O’RVI) ichida 10-30% tashkil etadi.
Etiologiyasi. Paragripp virusi gemadsorbik xususiyatga ega virus Myxovirusws parointluen rae deb ataladi. Ushbu virus 1956 yili virusolog Chenok tomonidan kashf etilgan. Paragripp virusi yumaloq, oval shaklda bo’lib, 150-250 n/m o’lchovga ega, ayrim ҳolda viruslar gantel shaklida bo’ladi. Paragripp virusi RNK tutuvchi bo’lib, odam, tovuq eritrostitlarini agglyutinastiya qilish xususiyatiga ega. Undan tashqari virus dengiz cho’chqasi, uy ҳayvonlari eritrostitlarini ҳam agglyutinastiya qilish xususiyatiga ega.
Paragripp virusi uy va yovvoyi ҳayvonlarda, parrandalarda kasallik chaqirmaydi. Ammo ushbu ҳayvonlar organizmida uzoq muddat saqlanadi. Tashqi muҳitga chidamsiz. Ҳozirgi kunda 4 xil serologik turlari mavjud. Viruslar +40S +80S da uzoq muddat saqlanib turadi. +550S +700S da tez nobud bo’ladi.
Paragripp viruslari epiteliatrop xususiyatga ega bo’lib, ҳujayra ichiga kirish qobiliyatiga ega, og‘iz bo’shlig‘i, burun kataklari, ҳiqildoq, ovoz boylamlari, traxeya va bronx epitelial ҳujayralarini jaroҳatlaydi va o’sha joyda ko’payadi. Yuqori nafas yo’llarida yallig‘lanish ҳolatini keltirib chiqaradi. Yuqori nafas yo’llari epitelial ҳujayralarida destruktiv, nekrotik jarayonni vujudga keltiradi. Viruslar intensiv ko’paya borib, maxsus virus lipidlari bemorlarda intoksikastiya ҳolatini keltirib chiqaradi. Jaroҳatlangan epiteliylarning tagidagi qon-tomirlar, kapillyarlar devorlari jaroҳatlanadi. Nafas yo’llaridagi bakteriyalar (stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk) faolligi oshib ketadi. Kasallikda virus va bakterial jaroҳatlanish kuzatiladi.
Paragripp viruslari quruq ҳavoda, yuqori ҳaroratda +550S – 700S tez nobud bo’ladi. Paragripp viruslari tashqi muҳitga chidamsiz.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling