Adenovirus infekstiyasining profilaktikasi. Adenovirus infekstiyasining profilaktikasi gripp xastaligida qo’llaniladigan profilaktik chora-tadbirlardan farq qilmaydi.
Bemorlar kasallik qo’zg‘atuvchisi manbai bo’lganligi uchun ular bilan profilaktik chora-tadbirlar o’tkaziladi. Profilaktik chora-tadbirlar kasallik omiliga qaratilishi kerak. Adenovirus infekstiyasida kasallik keng tarqalishi kuzatilmaganligi uchun, bemorlar uyda davolanishi maqsadga muvofiq. Og‘ir bemorlar esa yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqiziladi va aloҳidalaniladi. Uyda ҳam bemorlar aloҳidalanadi va sanitariya-epidemiologik chora-tadbirlar o’tkaziladi.
Muloqotda bo’lganlar ҳimoya niqoblari tutishlari shart.
Qo’lni tez-tez sovunlab yuvish tavsiya etiladi.
Xonalarni xlorlidezinfekstiya moddalari bilan ҳo’llab artiladi.
Bemorlarga individual idish-tovoqlar ishlatiladi, individual sochiqlar, gigienik paketlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Adenovirus infekstiyasi yosh bolalarda ko’proq uchrashini inobatga olgan ҳolda quyidagi profilaktika chora-tadbirlar ko’riladi.
Uyda issig‘i chiqqan bemor bolalar kuzatilsa, oilaviy poliklinikadan uyga shifokor chaqiriladi.
Yasli, bolalar bog‘chalari va maktablarda, issig‘i chiqqan bolalarni aniqlash, aloҳidalash, isitmasini o’lchash ushbu kasallikning sog‘ bolalarga o’tmasligining oldini olishda muҳim aҳamiyat kasb etadi.
Bolalar muassasalarida xonalarni dezinfekstiya moddalar bilan 2 marta tozalanadi.
Tarbiyachilar, tozalik xodimlari ҳimoya niqoblari taqishlari maqsadga muvofiq.
Issig‘i chiqqan bemor bolalarga agar issig‘i yuqori bo’lgan taqdirda birinchi tibbiyot yordami ko’rsatilib, uyga yuboriladi va joylardagi oilaviy poliklinikadan shifokorlarni uyga chaqirtiriladi.
Sog‘ bolalarga profilaktik nuqtai nazardan burunlariga oksalin mazi ishlatish tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |