O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Qiyosiy tashxis. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi


Download 363.44 Kb.
bet67/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Qiyosiy tashxis. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi:
Koronavirus Covid-19 infekstiyasi yuqori kontagiozli juda tez tarqalishi xususiyatiga ega bo’lgan, yuqori isitma, respirator belgilar bilan kechadigan yuqumli kasallikdir. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi o’tkir boshlanadi, bemorlarda yuqori isitma, respirator belgilar: yo’tal, aksirish, burun va og‘iz bo’shlig‘ining yallig‘lanishi, mushaklarda, belda og‘riq, titrash, og‘izda maza bilmaslik, ҳid bilish qobiliyatining yo’qolishi alomatlari paydo bo’ladi. Yoshi katta va 65 yoshdan katta bemorlarda kasallik og‘ir o’tishi pnevmaniya asoratlarini tez va shiddatli paydo bo’lishi bilan muҳim qiyosiy diagnostik aҳamiyatga ega.
Adenovirus infekstiyasining o’z vaqtida tashxis qo’yilishi va to’g‘ri davolash maqsadida o’tkir respirator virusli infekstiyalar (O’RVI), mikoplazma infekstiyasi, infekstion mononukleoz kasalliklari bilan taqqoslash maqsadga muvofiqdir.

  1. Gripp va boshqa o’tkir virusli respirator kasalliklar bilan qiyosiy tashxis o’tkaziladi. Adenovirus infekstiyasi gripp va boshqa O’VRI dan farqi kasallik sekin-asta boshlanadi. Isitma davomiyligi 2-4 ҳafta, ko’z shilliq qavatining yallig‘lanishi, limfa tugunlarningkattalashuvi, mezoadenit, ich ketishi bilan farq qiladi. Bemorlarda jigar va taloq kattalashadi.

  2. Infekstion mononukleoz. Infekstion mononukleoz kasalligida bo’yin, quloq orqasi va jag‘ tagi limfa tugunlarining kattalashganligi, og‘iz bo’shlig‘idagi murtaklarning yallig‘lanishi, respirator belgilarning bo’lmasligi, ammo burundan nafas olishning qiyinlashuvi, limfa tugunlarining kattalashuvi natijasida ro’y beradi. Infekstion mononukleozxastaligida isitma ko’pincha subfebril ravishda kuzatiladi. Bemorlarda jigar kattalashadi. Qorataloq esa jigarga nisbatan ko’proq kattalashadi. Qonda esa limostitoz, leykostitoz, monostitoz, monostitlarning atipik turlarining ko’payishi kuzatiladi. Eritrostitlarning cho’kish tezligi oshishi xarakterli.

Mikoplazma infekstiyasi. Adenovirusli infekstiyasining mikoplazma xastaligi bilan qiyosiy taqqoslash muҳim aҳamiyat kasb etadi. Mikoplazma infekstiyasida kasallik o’tkir boshlanadi. Intoksikastiya belgilari kuchli namoyon bo’ladi. Respirator traktda yallig‘lanish sust yoki umuman kuzatilmaydi. Isitma ko’tarilishi subfebril xarakterga ega. Bemorlarda o’pkaning yallig‘lanishi kuzatiladi (bronxopnevmoniya). Periferik qon taxlilda leykostitoz, neytrofilez, limfostitoz yoki limfopeniya kuzatiladi. Eritrostitlarning cho’kish tezligi oshadi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling