O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Paragripp infekstiyasining tavsifi


Download 363.44 Kb.
bet73/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Paragripp infekstiyasining tavsifi:

  1. Inkubastion davr

  2. Kasallikning boshlanish davri

  3. Avj olgan davri

Asoratli (a) soxta krupp rivojlanishi bilan kechadigan
Asoratsiz (b) soxta krupp kuzatilmaydigan shakli.

  1. Kasallikning pasayish davri (rekonvalesstent)

  2. Asoratlari:

  1. Seroz meningit

  2. Miokardit

  3. Nefrit

  4. Soxta krupp

  5. Pnevmoniya

Og‘irligi bo’yicha

  1. Sub klinik

  2. Engil

  3. O’rta og‘ir

  4. Og‘ir

Laboratoriya tekshiruvlari taxlili shuni ko’rsatdiki, umumiy qon analizida bolalarda kasallikning boshlanish davrida o’zgarish aytarli darajada kuzatiladi. Avj olgan davrda, leykostitoz neytrofilez, eozinofilez, eritrostitlar cho’kish tezligi bir oz oshishi kuzatiladi.
Umumiy siydik analizida aytarlik o’zgarishlar kuzatilmaydi, ammo paragripp xastaligining asoratli kechishida umumiy siydik analizida yassi epiteliylar ko’payishi, eritrostitlar, oqsilning oshishi kuzatiladi.
Paragripp infekstiyasini aniqlashda maxsus tekshirishlar qo’llaniladi.

  1. Rinostistoskopiya uslubi.

  2. Immunoflyurosstent tekshiruvi

  3. RPGA spestifik eritrostitlar bilan paragripp diagnostikumi

  4. RSK komplement bog‘lovchi reakstiya.

Rinoskopiya uslubi orqali burun va tomoq surtmalarini mikroskopda nekrozga uchragan epiteliy ҳujayralar va viruslarni yig‘ilgan ҳolda aniqlanadi.
Immunoflyuoresstent uslubi ekspress tekshiruv bo’lib burun suyuqligi va tomoq surtmasida flyuoresstentli antitelolar yordamida maxsus flyuoresstent mikroskopda paragripp viruslar yig‘indisi aniqlanadi.
RPGA. RSK uslublari orqali paragrippga qarshi antitelolar titrining ko’payishi orqali tashxis qo’yiladi. Maxsus antitelolar paragripp infekstiyasi bilan kasallangan bemor bolalarda 2-4 marta oshishi kuzatiladi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling