O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet50/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Patologik anotomiyasi. Gripp xastaligida nafas yo’llarining epiteliy ҳujayralari viruslar tomonidan emirilishi natijasida degenerastiya, destrukstiya, nekoz alomatlari shakllanadi. Jaroҳatdan saqlangan epiteliy ҳujayralarda proliferastiya va metoplaziya kuzatiladi. Jaroҳatlangan nafas yo’llaridagi tomirlarning kengayishi natijasida nekroz uchastkalar, mayda qon quyulishi natijasida to’qimalarning shishi yaqqol namoyon bo’ladi. Bemorlarda kataral-deskvomatik traxeit, bronxit, bronxeolit yallig‘lanishi qayd etiladi. Bemor o’pkasining jaroҳatlanishida (pnevmaniya) segmentar shish, o’choqli va segmentar (aralash) pnevmoniya shakllanadi. Gripp kasalligida kuzatilgan pnevmoniya asoratida, alveolalarning seroz va qon suyuqligi bilan to’lishi, ҳamda alveolalar atrofidagi bo’shliqlarda interstistial yallig‘lanish kuzatiladi. Gripp pnevmoniyada deskvomatik jarayon rivojlanadi, eksudatlarda nekrozga uchragan, qurigan alveolalar epiteliyalar va bakterialar (pnevmokokk, stafilokokk va boshqa mikroblar) yallig‘lanish jarayonini chaqiradi.
Demak, gripp pnevmoniya rivojlanishida virusli-bakterial assostiastiyasi kuzatiladi. (Virusli-bakterial pnevmoniya) gripp xastaligining boshqa og‘ir asoratlari gemorragik meningo-enstefalit, seroz meningit, bosh miyaga mayda qon quyilishi, qon-tomirlar degrodastiyasi, miya pardalarining yallig‘lanishi, bosh miya shishi kuzatiladi. Boshqa asoratlar: toksik gepatit, mikoardit, pielit, nefrit, qon-tomir va kapillyar buzilishi, yuqorida ko’rsatilgan organlarda distrofik, degenerativ jarayonlar kuzatiladi.
Gripp kasalidan vujudga kelgan asoratlar virus-bakterial assostiastiya etiologiyasi ta’sirida bo’ladi ҳamda allergiya autoallergiya jarayonlari vujudga keladi.
Gripp infekstiyasining klinikasi. Gripp yuqori kontagiozli, o’tkir, virusli respirator infekstiya bo’lib, yuqori isitma, kuchli intoksikastiya (zaҳarlanish), nafas yo’llarining yallig‘lanishi, bronxit, traxeit belgilari bilan kechadigan xastalikdir. Inkubastion davr gripp xastaligida qisqa, bir necha soatdan 2 sutkagacha davom etadi. Kasallik o’tkir boshlanadi, yuqori isitma, intoksikastiya (zararlanish) kuzatiladi. Bemorlarda xastalikning ilk davrida titrash, ҳolsizlik, darmonsizlik kuzatiladi. Gripp infekstiyasining klinik kechishida tipik ҳamda atipik shakllari qayd etiladi. Kasallikning o’tkir boshlanishi gripp infekstiyasida xarakterli klinika xisoblanadi. Isitmaning ko’tarilishi, intoksikastiyaning rivojlanishiga qarab gripp infekstiyasida engil, o’rta og‘ir va og‘ir shakllari qayd etiladi. Ushbu shakllar gripp xastaligining epidemik jarayonida kuzatiladi. Gripp infekstiyasining belgisiz, subklinik kechishi ko’pincha epidemiyaning oraliq davrida kuzatiladi. Aytarlik klinik belgilar kuzatilmaydi, isitma ko’tarilmaydi, respirator klinik belgilar bo’lmaydi. Gripp xastaligining boshlanishida yuqori isitma, intoksikastiya belgilari kuzatiladi. Respirator belgilar kasallikning 3-4 kunidan boshlab kuzatiladi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling