O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet47/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Epidemiologiyasi. Gripp infekstiyasining epidemik jarayoni vujudga kelishi uchun 3 ta omil katta rol o’ynaydi: kasallik qo’zg‘atuvchisi manbai, yuqish yo’li, kasallikka bo’lgan moyillik.
Gripp kasalligi yuqori kontagiozli, o’tkir virusli respirator infekstiya bo’lib, epidemiya ayrim ҳollarda pandemiya shaklida keng tarqalishi mumkin bo’lgan yuqumli kasallik ҳisoblanadi.
1. Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai:
Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai gripp bilan kasallangan bemor bo’lib, kasallikning o’tkir davrida viruslar tashqi muҳitga maksimal ravishda chiqadi. Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, kasallikning o’tkir davrida, ayniqsa isitma yuqori bo’lganda viruslar maksimal ravishda tashqariga chiqa boshlaydi va aynan shu davrda sog‘lom odamlarga katta ҳavf tug‘diradi.
Yuqori kontagiozlik 4-7 kun davom etadi. Gripp kasalligining engil va belgisiz kechishida ҳam bemorlar kasallik manbai bo’ladi. Shunday kasallar faol turmush tarziga ega bo’lganligi uchun ko’chada, transportlarda, ishda, ҳamda odamlar yig‘iladigan joylarda gripp virusini sog‘lom odamlarga yuqtiradi.
2. Kasallikning yuqish yo’llari:
Gripp kasalligi bemorlardan sog‘lom odamga yuqishi ҳavo-tomchi yo’li orqali bo’ladi. Bemorlar aksirganda, yo’talganda, balg‘am chiqarayotganda yo’tal va aksirish tomchisi orqali viruslar tashqi muҳitga chiqadi. Yuqish masofasi 1.5-2 metrni tashkil qiladi. Sog‘lom odamlarga bemorning dastro’moli, sochig‘i va bemorning boshqa predmetlari orqali ҳam gripp virusi yuqishi mumkin. Bemor bo’lgan uyning ҳavosi almashtirilmasa, yuqish xavfi 5 baravar ko’payadi.
3. Kasallikka bo’lgan moyillik:
Gripp kasalligiga moyillik barcha yoshda bo’lgan kishilarda kuzatiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, 1-2 oylik chaqaloqlar gripp infekstiyasi bilan juda kam kasallanadi. Bunga asosiy sabab, chaqaloqlar ona qornida transplastentar va tug‘ilgandan so’ng ona suti orqali grippga qarshi immun antitelalar bolalarni ҳimoya qilib turadi. 6 oydan oshgan chaqaloqlarda gripp kasalligiga bo’lgan moyillik oshib boradi.
Aҳoli o’rtasida gripp infekstiyasiga eng katta moyillik 18 yoshdan to 45 yoshgacha bo’lganlardir.
Gripp kasalligidan so’ng, immunitet “A” tipidagi gripp virus chaqirgan kasallarda 2 yil, “V” tipdagi gripp viruslari chaqirgan bemorlarda esa 3-5 yil davom etadi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, grippdan so’ng ҳosil bo’lgan immunitet tipospestifik, ya’ni antigenlarning tiplariga qarshi ҳosil bo’ladi xolos. Shuning uchun ҳar 1-2 yilda gripp infekstiyasining tarqalishi kuzatiladi. Masalan “A” gripp virusini N2 N3 varianti bilan kasallangandan so’ng infekstiyaga qarshi immunitet aynan shu virusga qarshi chiqadi. Boshqa “A” tipiga chalingan bemorlarni ҳimoya qila olmaydi. Yoki antitelolar tipospestifik ҳosil bo’ladi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling