O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Oilaviy poliklinika va kasalxonalarda qilinadigan tadbirlar


Download 363.44 Kb.
bet43/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Oilaviy poliklinika va kasalxonalarda qilinadigan tadbirlar:

  1. Koronavirus Covid-19 kasalligiga shubҳa qilingan bemorlar shifokor qabuliga kelganda qabulxonaning maxsus bokslarida bemorlar ko’rikdan o’tkaziladi.

  2. Bemorni ko’rishdan oldin ҳimoya niqoblari, maxsus ҳimoya kombenzonlarini kiyish lozim.

  3. Bemorning ҳarorati o’lchanadi, agar yuqori bo’lgan taqdirda birinchi yordam ko’rsatiladi. Bemorda koronavirus Covid-19 kasalligiga shubҳa qilingan taqdirda maxsus yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yuborilishi lozim. Bemorni maxsus tez yordam mashinasida yoki klinikaningtibbiyot transportida Covid-19 kasalxonasiga olib boriladi va yotqiziladi.

  4. Bemorni ko’rgan shifokor epidemiologik surishtiruv o’tkazishi lozim. Bemorning familiyasi, ismi, yoshi, manzili, muloqotda bo’lganlarning ҳammasi ҳaqida ma’lumot olinishi va ҳududiy sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi markaziga taqdim etishi lozim.

  5. Kasalni Covid-19 shifoxonasiga yuborilgandan so’ng shifokor, ҳamshira ҳimoya niqobini, ҳimoya kombenzonini almashtirishi, shifoxona xonalarini dezinfekstiya qilishi lozim.

Klinikaning kelgusida faoliyat ko’rsatishi davlat sanitariya-epidemiologiya inspekstiyasi markazining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Davlat tashkilotlarida (Vazirliklar, shaҳar va ҳudud ҳokimiyatlari, banklar, televideniya, Ichki ishlar markazlari, Davlat xavfsizligi, ҳarbiy kuchlar xodimalari, yotoqxonalar, meҳmonxonalar) koronavirus Covid-19 epidemiyasi kuzatilganda ushbu tashkilotlarxodimlari epidemiyaga qarshi kurashda sanitariya-epidemiologiya qoidalariga qat’iy amal qilishlari lozim.

  • Xodimlar ish o’rinlari masofasi 2 metr bo’lishi maqsadga muvofiq.

  • Ҳamma xodimlar ҳimoya niqoblarini taqib ishlashlari shart, ҳimoya niqoblari ҳar 2 soatda almashtirilishi maqsadga muvofiq.

  • Xodimlar qo’lini 20 soniyada sovunlab yuvishi va 70% spirt tutuvchi dezinfekstiya vositalarini ishlatishi maqsadga muvofiq.

  • Bank xodimlari ҳimoya niqoblarida ҳamda qo’lga ҳimoya qo’lqoplarini kiyib ishlashlari lozim, chunki qog‘oz pullarda koronavirus Covid-19 4-5 kun davomida saqlanib qoladi.

  • Ishda bo’lgan xodimlar uyga qaytganlarida ustki kiyimlarini va ҳimoya niqoblarini echib, qo’lni 20 soniyada sovunlab yuvib, so’ng 75% spirt bo’lgan dezinfekstiya moddalari bilan qo’llarni artish lozim. Ishda bo’ladigan xodimlarning uyi tez-tez dezinfekstiya qilinishi shart.


Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling