O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet51/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Gripp infekstiyasining tavsifi:

  1. Inkubastion davr (bir necha soatdan 2 kungacha).

  2. Kechishi bo’yicha

A) Tipik
B) Atipik
A. Tipik kechishi: engil, o’rta og‘ir, og‘ir, gipertoksik kechish.
B. Atipik kechishi: Afibril, akataral.

  1. Oqibati

A) tuzalish
B) asoratlar
V) o’lim
Tipik gripp o’tkir boshlanadi, ko’p ҳollarda bemorlarda titrash, qaltirash, et uvishishi, sovuq qotish alomatlari kuzatiladi. Shu davrda bemorlarda kuchli bosh og‘rig‘i, belda, bo’g‘imlarda, mushaklarda og‘riq, ayrim bemorlarda bosh aylanish qayd etiladi. Gripp kasalligiga xarakterli belgilar ko’z olmasi, qosh oldi soҳasida, peshonada og‘riq kuzatiladi. Isitma birinchi kundan boshlab yuqoriga ko’tariladi (380S – 400S) grippning engil shaklida isitma 370S – 37.80S ko’tariladi, o’rta og‘ir shaklida isitma 37.80S dan to 38.80S gacha ko’tariladi. Kasallikning og‘ir shaklida isitma maksimal darajada ko’tariladi (390S – 400S – 410S). Isitma 3-5 kun davom etadi. So’ng, isitma birdaniga tushadi. Isitmaning ikkinchi marta ko’tarilishi gripp kasalligining asoratlariga bog‘liq. Ko’pincha ikkinchi marta isitma ko’tarilishi bemorda pnevmoniya asorati borligidan dalolat beradi. Undan tashqari bemorlarda yiringli tonzillit (angina) gaymorit, otit kabi asoratlar kuzatilsa, isitma ikkinchi marta ko’tarilishi mumkin.
Isitma bilan bir qatorda bemorlarda charchoqlik, ҳolsizlik, darmonsizlik, adenamiya, kuchli terlash kuzatiladi. Ayrim bemorlarda yorug‘likka bo’lgan ta’sirchanlik, ko’z yoshi oqishi, ko’z olmasida og‘riq, nafas yo’llarida rinit, faringit, laringit, traxeit alomatlari kuzatiladi. Ob’ektiv ko’rilganda bemor yuzi qizargan, ko’z shilliq qavatida giperemiya, jag‘ osti limfa tugunlarining shishishi yoki biroz kattalashganligi kuzatiladi. Og‘iz shilliq pardasida mayda virusli toshma, til karashligi, til qurishi, og‘iz bo’shlig‘ida og‘riq, ayrim bemorlar tomoq mushaklarida yiringli parda (folekulyar angina) kuzatiladi. Demak, kasallikning boshlanish davrida yuqori isitma, kuchli intoksikastiya alomatlari kuzatiladi. Kasallikning 3-4 kunlari respirator belgilar boshlanadi.
Xastalikning birinchi kunlaridan boshlab taxikardiya, yurak tonlarining bo’g‘iqligi yoki katta bolalarda yurak soҳasida og‘riq, aritmiya,arterial bosimning oshishi kuzatiladi. O’pkada dag‘al nafas olish, quruq xirillash, nafas olishning tezlashishi, nafas siqilishi yosh bolalarda kasallikning birinchi kunidan boshlab ko’pincha laringit, laringotraxeit, bronxit alomatlari kuzatiladi.Xastalikning 2-4 kunlari yosh bolalarda soxta krupp, ovoz bo’g‘ilishi kuzatilishi mumkin. Oshqozon ichak tizimida aytarlik o’zgarishlar bo’lmaydi, lekin ayrim bemorlarda qabziyat, yosh bolalarda esa diareya alomatlari kuzatiladi. Gripp kasalligining birinchi kunidan boshlab kuchli intoksikastiya (zaҳarlanish) alomatlari kuzatiladi. Bemorlarda ҳolsizlik, darmonsizlik, adenamiya, uyqusizlik yoki uyquchanlik, kuchli bosh og‘rig‘i, ishtaҳaning yo’qolishi, giperesteziya, geperakuziya, og‘ir bemorlarda nevralgiya, nevrit, meningit, miningo-enstefalit alomatlari kuzatiladi. Ushbu o’zgarishlar gripp virusi toksinlari va endogen toksinlarning markaziy asab tizimi va periferik asab tizimlarga ta’siri natijasida ro’yobga chiqadi. Gripp kasalligining gipertoksik shaklida ko’pincha meningit, meningoenstefalit, nevrit, nevralgiya asoratlari kuzatiladi. Ushbu bemorlarda meningeal belgilar ro’yobga chiqadi (bo’yin mushaklarining qotishi, Kerning, Brudnistskiy, meningial belgilar) xastalikning 2-3 kunlarida meningial belgilar yo’qoladi. Ushbu bemorlarda orqa miya suyuqligida aytarlik o’zgarishlar kuzatilmaydi. Demak, gripp xastaligida yuqori isitma, kuchli intoksikastiya, respirator yallig‘lanish asosiy belgilar ҳisoblanadi. Gripp kasalligining engil kechishida isitmaning ko’tarilishi 370S – 37.80S, kuchsiz bosh og‘rig‘i, kataral o’zgarishlar: puls 85-90 ur./min, arterial bosim 115-120 mm simob ustuni, nafas olishning tezligi bir minutda 24-25 marta bo’ladi. Gripp kasalligining o’rta og‘ir kechishida umumiy intoksikastiya, yuqori isitma 38.10 – 39.90S. 1 minutda puls 90-120 marta, 1 minutda nafas olish tezligi 25 marta va undan ko’p, quruq yo’talkuzatiladi. Gripp kasalligining og‘ir kechishi o’ta tez boshlanadi, yuqori isitma (400S). Undan katta isitmaning uzoq davom etishi mumkin. Kuchli intoksikastiya: (kuchli bosh og‘rig‘i, butun tanada og‘riq, uyqusizlik qayd etilishi, alaxsirash, ishtaҳaning yo’qolishi, ko’ngil aynash, qusish, meningial belgilar paydo bo’lishi, ayrim bemorlarda enstefalopatiya alomatlari kuzatiladi.
O’ta og‘ir bemorlarda puls (tomir urishi) 1 minutda 120 va undan ortiq bo’lishi, sustligi, ayrim bemorlarda aritmiya, yurak soҳasida og‘riq, engil sistolik shovqin, nafas olish tezligi 1 minutda 28 va undan ortiq. Gripp kasalligining og‘ir kechishida enstefalopatiya, infekstion allergiya ҳolati, asabning buzilishi, talvasa, sudorglar belgisi, gollyustinastiya kuzatilishi mumkin. Bemorlar ko’krak qafasida kuchli og‘riqli yo’tal, nafas qisishi, xansirash, ҳavo etishmasligi kuzatiladi. Ayrim bemorlarda burundan qon ketishi, og‘iz bo’shlig‘i shilliq qavatida mayda gemorragik qon talash qayd etiladi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling