Gripp infekstiyasining diagnostikasi.Gripp infekstiyasiga tashxis qo’yishda xastalikning boshlanishi, o’ziga xos klinik belgilarining namoyon bo’lishi, intoksikastiya va isitmaning rivojlanishi, joylardagi epidemiologik ҳolat, laboratoriya ko’rsatkichlari asosida tashxis qo’yiladi.
Gripp infekstiyasiga xos klinik belgilar:
- kasallikning o’tkir boshlanishi;
- kasallikning 1-3 kunlarida intoksikastiya belgilarining namoyon bo’lishi;
- kasallikning 1-3 kunlarida kataral belgilarning kuzatilmasligi;
- kasallikning 4-7 kunlarida kataral belgilarning namoyon bo’lishi;
- kasallikning 1-3 kunlarida isitmaning yo’q bo’lishi;
- kasallikning 4-7 kunlari asoratlarning namoyon bo’lishi.
Ushbu klinik ko’rsatkichlar gripp infekstiyasiga xos bo’lgan diagnostik klinik ko’rsatkichlardir.
Kataral yallig‘lanish belgisi. Yiringsiz, burun, ҳiqildoq yallig‘lanishi va ko’z shilliq qavatining qizarishi ushbu belgilar ko’pgina o’tkir virusli respirator kasalliklarda namoyon bo’ladi. Ammo, gripp xastaligida yallig‘lanish 1-3 kunlar kuzatilmaydi. Bemorlar og‘iz bo’shlig‘i shilliq qavatining giperemiyasi, ko’z kon’yunktivasining qizarishi (giperemiya) va mayda virusli toshmalar kuzatiladi. Ushbu kataral yallig‘lanish belgilari kasallikning 3-4 kunlari kuzatiladi.
Respirator belgilar. Ҳiqildoq va traxeya shilliq qavatining yallig‘lanishi, bronxlarda kuchli yallig‘lanish, ҳiqildoqning yallig‘lanishi natijasida traxeit (laringit) kuzatiladi. Demak, gripp kasalligida traxeobronxit, laringit, bronxiolit, pnevmoniya yallig‘lanishlari kuzatiladi.
Belgilar: quruq yo’tal, yo’tal paytida ko’krak qafasida og‘riq kuchayadi. Nafas olish qiyinlashadi. Ayrim bemorlarda distrest belgisi kuzatiladi.
Gemorragik belgi. Og‘ir bemorlarda kuzatiladi: burundan qon ketishi, terida, og‘iz shilliq qavatida gemorragiya, bosh miya qon tomirlaridan kapillyar qon ketishi, gemorragik pnevmoniya kuzatiladi.
Gripp infekstiyasida o’pkaning segmentar jaroҳatlanishi belgilari. Og‘ir bemorlarda kuzatiladi. Ushbu belgi bir necha soatda rivojlanadi (ushbu ҳolat pnevmoniya emas). Bemorlarda juda tez o’pka etishmasligi va bir vaqtda nafas, qon tomir etishmasligi kuzatiladi. O’pkaning ayrim segmentlariga seroz suyuqlik to’ladi, to’g‘ri va malakali davolanganda o’pka segmentlaridan yallig‘lanish yo’qoladi, o’pkadan suyuqlik so’riladi. 2-3 kun ichida klinik, rentgenologik tuzalish kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |