O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna
Download 363.44 Kb.
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi qoida.
- COVID-19 INFEKSIYaSIDA EPIDEMIYaGA QARShI KURAShNI TAShKIL QILISh
Birinchi qoida.
Qo’lni tez-tez yuvish. Qo’l gigienasi – eng asosiy profilaktik chora bo’lib, Covid-19 dan ҳimoya qilishda muҳim aҳamiyat kasb etadi. Qo’lni sovunlab yuvganda viruslar tez nobud bo’ladi. Agar sovun bo’lmasa spirt tutuvchi yoki dezinfekstiyalovchi moddalar bilan qo’lni artish zarur. Uy predmetlari, stol, stullar, shkaflar, krovatlar, unitaz, umivalniklarni uyda ishlatiladigan poroshoklar bilan yuvish zarur. Uy jiҳozlarini yuvish 5-6 soatda qaytariladi. Ikkinchi qoida. Odamlar orasida ijtimoiy masofa 2 metr bo’lishi shart. Bu tadbir Covid-19 profilaktikasida muҳim axamiyat kasb etadi. Iflos qo’llar bilan ko’z, burun, og‘izga tegish mumkin emas. KoronavirusCovid-19 ushbu yo’llar orqali yuqishi mumkin. Fuqarolar uydan tashqariga chiqayotganda ҳimoya niqoblarini taqishi muҳim profilaktik chora-tadbirlarga kiradi. Fuqarolarda yo’tal, aksirish, balg‘am chiqarish kuzatilsa, gigienik salfetkalar bilan og‘iz, burunni yopib, so’ng ishlatilgan salfetkalarni dezinfekstiya moddalari bo’lgan chelaklarga tashlash muҳim profilaktik chora ҳisoblanadi. Covid-19 infekstiyasi qayd etilgan ҳududlarda karantin e’lon qilingan taqdirda, ko’chaga va ommaviy odamlar yig‘iladigan joylarga borish taqiqlanadi. Tibbiyot niqoblari O’RVI kasalliklarningoldini olishda qo’llaniladi va muҳim profilaktik aҳamiyatga ega. Tibbiyot niqoblari nafas yo’llarini viruslardan ҳimoya qiladi. Tibbiyot niqoblarini tashqariga chiqqanda va odamlar yig‘iladigan joylarda taqishlari shart bu muҳim profilaktik chora xisoblanadi. Boshqa etiologiyali O’RVI oldini olishdaҳam gigienik niqoblarini taqish maqsadga muvofiqdir. Shaҳar transportlaridan foydalangan fuqarolar albatta tibbiyot gigienik niqobda bo’lishlari shart. COVID-19 INFEKSIYaSIDA EPIDEMIYaGA QARShI KURAShNI TAShKIL QILISh Covid-19 infekstiyasiga qarshi kurash va ushbu xastalikning keng tarqalib ketishining oldini olish muҳim ijtimoiy-iqtisodiy aҳamiyatga ega bo’lib, Respublika Sog‘liqni Saqlash tashkilotining muҳim masalalariga kiradi. Ushbu kasallik keng tarqalishining oldini olish nafaqat Sog‘liqni Saqlash tashkiloti, balki ҳukumat miqyosida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Sog‘liqni saqlash tashkilotiga bo’ysunadigan barcha tarmoqlar epidemiyaga qarshi kurashda ishtirok etishlari shart (QVP, oilaviy poliklinikalar, bolalar shifoxonalari, tez yordam markazlari, ko’p tarmoqli shifoxonalar, kardiologiya, endokrinologiya, dermatologiya, nevrologiya, gematologiya, ko’z kasalliklar shifoxonalari, xususiy klinikalar, diagnostik markazlar, sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazlari, dam olish siҳatgoҳlari, tez yordam markazlari va ҳ.k.). Ushbu tashkilotlarda xizmat qilayotgan shifokorlar mutaxassisliklaridan qat’iy nazar koronavirus Covid-19 xastaligining tashxisi, klinikasi, profilaktikasi borasida kerakli ma’lumotga ega bo’lishlari kerak. Covid-19 xastaligining Respublika miqyosida keng tarqalib ketishining oldini olishda ichki ishlar vazirligi, favqulotda vaziyat vazirligi, temir yo’l, ҳavo yo’llari transport agentliklari,vazirliklar, Davlat xavfsizligi tashkilotlari, O’rta va Oliy ta’lim vazirligi, maktabgacha ta’lim vazirligi, banklar, nodavlat tashkilotlar, maҳallaqo’mitalari ҳamda O’zbekiston fuqarolari volonterlari ishtirok etishi lozim. Respublika miqyosida quyidagi tadbirlar o’tkazilishi lozim: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasi qoshida koronavirus Covid-19 epidemiyasining oldini olish va profilaktik chora-tadbirlar olib borishni tashkillashtirish uchun davlat komissiyasi tuzilishi shart. Sanitariya-epidemiologiya davlat komissiyasi tomonidan quyidagi tadbirlar o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir: Chet elda bo’lgan va qaytib kelayotgan barcha O’zbekiston fuqarolarini 14 kunga aloҳidalash. Ushbu fuqarolarni koronavirus Covid-19 ga tekshirish va ularda kundalik isitma o’lchashni tashkil qilish. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini epidemiya kuzatilgan davrda chet elga chiqish vaqtincha to’xtatilishi lozim. Bolalar bog‘chalari, yaslilar, maktablar, institutlar, universitetlar, kollejlarning epidemiya tugaguncha faoliyati to’xtatiladi (ushbu tashkilotlarga karantin e’lon qilinadi). Teatrlar, stadionlar, restoranlar, choyxonalar, oshxonalar katta va kichik buyum do’konlari, meҳmonxonalar, mashinalarga texnik yordam ko’rsatish shaxobchalari faoliyati epidemik vaziyat barqaror topguncha to’xtatiladi. Avia va temir yo’l odamlarga xizmat turlari shaҳar transportlari, taksi xizmatlari, metro faoliyati epidemik ҳolat barqaror topguncha to’xtatiladi. O’zbekiston fuqarolari zaruriy vaziyat vujudga kelmaganda o’z uylaridan chiqmaslik joriy qilinadi va uyda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar o’tkaziladi (aҳoli karantinga olinadi). Epidemiyaga qarshi kurash, sanitariya-epidemiya chora-tadbirlarini o’tkazish O’zbekiston va ҳududiy televideniya, radio, gazeta va jurnallar orqali targ‘ibot o’tkazishni tashkillashtirish maqsadga muvofiq. Respublikaning barcha ҳududlarida: aҳoli ko’p yig‘iladigan joylar, ko’chalar, davlat tashkilotlari, ko’p qavatli uylar pod’ezdlarida dezinfekstiya qilishni tashkillashtirish lozim. Shaxsiy mashinalar, skuterlar, velosiped bilan ko’chaga chiqish taqiqlanadi (faqat maxsus ruxsati bo’lgan avtmashinalar yurishiga ruxsat beriladi). Aҳoliga davlat tashkilotlarida ishlagan xodimlarga ҳimoya niqoblari (maskalar) tutishi shart, oraliq masofa saqlanishi, qo’lni tez-tez sovunlab yuvish tavsiya qilinadi. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar samarali o’tkazilsa, koronavirus Covid-19 infekstiyasi keng tarqalishining oldi olinadi va o’lim darajasi keskin kamayadi. Shuni ta’kidlash lozimki, koronavirus xastaligi qayd etilgan ҳolda bemorlar Covid-19 shifoxonalariga yotqiziladi va davolanadi. Koronavirus Covid-19 infekstiyasining epidemiyasi kuzatilganda 3 xil shifoxonalar tashkil qilinishi maqsadga muvofiqdir. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi tasdiqlangan ҳolda bemorlar Covid-19 klinikasiga yotqiziladi va davolanadi. Koronavirus Covid-19 kasallar bilan muloqotda bo’lganlar aloҳidalanadi (izolyastiya) va 14 kun mobaynida karantinga olinadi. Ushbu maqsadda ҳududlarda karantin shifoxonalari tashkil qilinadi. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi chiqqan davlatlardan kelgan O’zbekiston fuqarolarini 14 kun mobaynida aloҳidalanadi. Ushbu maqsad uchun karantin shifoxonalari tashkil qilinadi. Bemorlar va karantinda bo’lgan fuqarolar 2 marta PSR uslubi bilan tekshiriladi. 14 kun o’tgandan so’ng, virus qonda va nafas yo’llarida PSR-uslubi bilan aniqlanmasa ushbu fuqarolarga uyga javob beriladi. Aҳoli o’rtasida koronavirus infekstiyasi aniqlangan ҳolda muloqotda bo’lganlar o’z vaqtida aniqlanishi muҳim aҳamiyat kasb etadi. Muloqotda bo’lganlar 2 xil guruҳga bo’linadi: Koronavirus Covid-19 bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo’lganlar (birinchi guruҳ) Birlamchimuloqotda bo’lganlar bilan aloqada bo’lganlar (ikkinchi guruҳ). Kontaktda (muloqotda) bo’lganlarni aniqlashda bemorni ko’rgan shifokor va epidemiologlar tomonidan aniqlik kiritiladi. Ikkinchi guruҳda muloqotda bo’lganlar uchun epidemiologlar tomonidan surishtiruv olib boriladi. Muloqotda bo’lganlarni o’z vaqtida aniqlashda, ularning manzilini aniqlash, qaerlarda muloqotda bo’lganligi, kim bilan uchrashganligi, adreslar, manzillar, borgan joylarda kimlar bilan uchrashganligini aniqlashda surishtirish ishlariga ichki ishlar xodimlarini ҳam jalb qilish zarur bo’ladi. Koronavirus Covid-19 bilan kasallangan bemorlar 5 nafardan to 300-400 nafargacha sog‘lom odamlarga kasallikni yuqtirishi mumkin. Muloqotda bo’lganlarni aniqlash va aloҳidalash koronavirus Covid-19 infekstiyasining keng tarqalib ketishining oldini olishda muҳim aҳamiyat kasb etadi. Download 363.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling