O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Oziq-ovqat do’konlari, marketlarda sotuvchilar, ishlovchi xodimlar sanitariya-epidemiologik va gigienik talablarni bajarishi shart


Download 363.44 Kb.
bet44/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Oziq-ovqat do’konlari, marketlarda sotuvchilar, ishlovchi xodimlar sanitariya-epidemiologik va gigienik talablarni bajarishi shart.

  • Sotuvchilar, g‘aznachilar, ishchilar ish boshlashdan oldin qo’llarni 20 soniyada sovunlab yuvishi lozim.

  • Ҳamma xodimlar ҳimoya niqobi, rezina ҳimoya qo’lqoplar kiyib ish boshlashi lozim.

  • Ҳimoya niqoblarni ҳar 2 soatda almashtirish maqsadga muvofiq.

  • Ish tugagandan so’ng sotuv zali, ombor, yordamchi xonalar to’liq yakuniy dezinfekstiya qilinishi lozim.

  • Sotuvga tayyorlangan maҳsulotlar konteynerga va stelofanlarga solingan ҳolatda sotilishi maqsadga muvofiq.

  • Sotib olishga kelgan fuqarolarning oraliq masofasi 2 metr bo’lishini ta’minlash kerak.

  • Sotuvchi va do’kon ishchilari uyga kelganda tashqi kiyimlarini va ҳimoya niqoblarni echib, qo’lni 20 soniyada sovunlab yuvish va boshqa gigienik talablarni bajarishi shart.

Bozorlar va ko’chma savdo markazlarga talablar savdo do’konlari marketlariga qo’yilgan talablardan farq qilmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, bozor maydonlarida kuniga 2-3 maҳal ҳo’l dezinfekstiya moddalari bilan tozalash o’tkazilishi maqsadga muvofiq.
Koronavirus Covid-19 epidemiyasi tugatilgandan so’ng ko’riladigan chora-tadbirlar:
Koronavirus Covid-19 epidemiyasi Respublika ҳududlarida tugatilgandan so’ng epidemiyaga qarshi sanitariya-gigiena qoidalarini davom ettirish lozim.

  • Ҳar bir davlat va nodavlat tashkilotlarida, maktab, bog‘cha, oliygoҳlarda, ҳarbiylar kazarmalarida sanitariya gigiena qoidalariga rioya qilishni davom ettirish kerak.

  • Ҳar bir O’zbekiston fuqarosi koronavirus Covid-19, gripp va boshqa O’RVI, yuqumli oshqozon-ichak kasalliklar yuqishining oldini olish maqsadida qo’lni 20 soniyada tez-tez sovunlab yuvish tavsiya qilinadi.

  • O’zbekiston Respublikasiga kirib kelgan o’zbekistonlik va chet el fuqarolari aeroportlarda, temir yo’l vokzallarida va chegaradan o’tish punktlarida isitmasi o’lchanishi (termometriya o’tkazilishi) lozim.

  • Chet eldan kelgan o’zbekistonlik va xorij fuqarolari koronavirus Covid-19 ga tekshirilishi yoki tekshirilganligi to’g‘risida sertifikat ko’rsatilishi kerak.

  • Tibbiyot oliygoҳlari, tibbiyot kollejlari talabalarini yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va gigiena kafedralarida koronavirus Covid-19 infekstiyasi kiritilgan dasturtuzib o’qitish maqsadga muvofiq.

  • Vrachlar malakasini oshirish oliygoҳida malaka oshirishga kelgan shifokorlarni epidemiologiya, gigiena va yuqumli kasalliklar kafedralarida koronavirus Covid-19 infekstiyasi bo’yicha o’qitish dasturinituzib o’qitish maqsadga muvofiq.

Koronavirus Covid-19 epidemiyasi kuzatilgan davrda ish faoliyatini to’xtatmagan korxonalar, stexlar, fabrikalar xodimlari ish faoliyati davrida sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilishi shart.

  • Korxonaga kirayotgan ishchilar ish faoliyatini boshlashdan oldin qo’llarini spirtli dezinfekstiya moddalari bilan artishi. Qo’llarni 20 soniyada tez-tez sovunlab yuvish maqsadga muvofiq.

  • Ishlash davrida xodimlar ҳimoya vositalari (niqoblari) taqishlari lozim va ҳar 2 soatda almashtirib turish maqsadga muvofiq.

  • Ish faoliyati tugagandan so’ng ish o’rinlari, stexlar, yordamchi xonalar xlor tutuvchi dezinfekstiya moddalari bilan dezinfekstiya qilinishi shart.

  • Uyga kelgan ishchilar ҳimoya niqoblarini maxsus qutilarga tashlashi va tashqi kiyimlarini echib, dezinfekstiya moddalar bilan artishi lozim.

  • Ishchi yashash xonalarni tez-tez dezinfekstiya qilib turishi maqsadga muvofiq.

ILOVALAR

Ilova-1


Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling