O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Kasallikka bo’lgan moyillik bo’yicha profilaktik tadbirlar


Download 363.44 Kb.
bet39/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Kasallikka bo’lgan moyillik bo’yicha profilaktik tadbirlar:

  • Eliminastion davolash (bemor burun kataklari, og‘iz bo’shlig‘ini 0.9% Na Cl, furastillin, xlorofilipp eritmalari bilan yuvish, burun kataklariga oksalin mazi surtish (2 marta). Ushbu uslublar bemor burni va og‘iz bo’shlig‘idagi viruslar va bakteriyalarni yo’qotadi yoki kamaytiradi.

  • Bemor og‘iz bo’shlig‘i immunologik funkstiyasini ko’tarish bo’yicha dori-darmonlar ishlatish (laringossit, septolet, imudon), og‘iz bo’shlig‘idagi maҳalliy immunitetni shakllantiradi.

  • O’tkir respirator belgisimavjud bemorlar kasallikning birinchi kunidan boshlab shifokorlarga murojaat qilishi eng asosiy profilaktik chora ҳisoblanadi.

  • Karantin davrida tekshirilmagan dengiz maҳsulotlarini, yovvoyi ҳayvonlar go’shtlarini iste’mol qilish, sotib olish taqiqlanadi.

  • Ovqat maҳsulotlarini qaynatilgan ҳolda (pishirilgan) termik pechlardan o’tkazib iste’mol qilish, qaynatilgan suv ichish.

  • Karantin davrida zooparkka, ҳayvonlar ishtirok etadigan tomoshalarga bormaslik profilaktik chora-tadbirlarga kiradi.

  • Karantin e’lon qilingandan to yopilguncha tibbiy niqoblarnitaqish, davomiyligi 2 soat, ҳar 2 soatda gigienik niqobni almashtirib turish profilaktik choralarga kiradi.

  • Qo’lni tez-tez 20 soniyada sovunlab yuvish. Qo’lni yuvish ko’chadan kelganda va ovqatlanishdan oldin bajarilishi muҳim profilaktik choralarga kiradi.

  • Chetdan kelgan O’zbekiston va chet el fuqarolarini Covid-19 infekstiyasiga tekshirish, 14 kunlik karantinga olish muҳim profilaktik tadbirlarga kiradi.

  • Covid-19 infekstiyasi bilan davolanayotgan bemorlar palatalari, bokslarining kundalik dezinfekstiya qilinishi, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar o’tkazilishi muҳim profilaktik choralarga kiradi.

Maxsus profilaktika. Koronovirus infekstiyasiga qarshi profilaktik emlash o’tkaziladi. Koronovirus infekstiyasiga qarshi dunyoning ko’pgina mamlakatlarida bir qancha turdagi vakstinalar ishlab chiqarilgan. 2021- yilning boshlaridayoq dunyoda koronovirusga qarshi 200 ga yaqin vastinalar ishlab chiqarilib ko’pchiligi klinik sinovlardan o’tkazildi.
Bugungi kunda quyidagi vakstinalar keng ko’lamda qo’llanilmoqda: Xitoyda ishlab chiqarilgan ZF-2001, Xitoy va O’zbekistonlik olimlar ҳamkorligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC 2001 vakstinasi, Germaniya va Amerika Pfizer kompaniyalari ishlab chiqargan BiONTech vakstinasi, Shvestiya-Britaniya kompaniyalari Oksford universiteti ҳamkorligida ishlab chiqarilgan Oxford Astra Zeneca vakstinasi. Koronovirusga qarshi Rossiyada Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tekshirish markazida ishlab chiqarilgan Sputnik V vakstinasi dunyoda birinchi bo’lib 2021-yili 11-avgustda ro’yxatdan o’tkazilgan.
O’zbekiston Respublikasida 2021-yili 1-apreldan boshlab aҳolini ommaviy emlash ikki xil vakstina (Astra Zeneca va ZF-UZ-VAC 2001) bilan boshlandi.
2021 yil 1-maydan boshlab Respublikamizda ommaviy emlashga Rossiya Federastiyasida ishlab chiqilgan “Sputnik V” vakstinasi ҳam qo’shildi. Ushbu vakstina bilan 2 marotaba emlanadi, emlashlar oralig‘i 21 kun.
Astra Zeneca vakstinasi bilan ikki marotaba emlanadi, emlashlar oralig‘i 8 ҳafta. ZF-UZ-VAC 2001 vakstinasi bilan uch marta emlanadi, emlashlar oralig‘i 21 kun.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling