O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna
Download 363.44 Kb.
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- KASALLIKNING OG‘IR ShAKLI (OG‘IR PNEVMONIYa) bilan og‘rigan bemorlar maxsus tibbiyot muassasasiga yotqiziladi.
Tavsiya etilmaydi:
Immunosupressorlar: Tostilizumab Immunomodulyatorlar interferon induktorlari va immunostimullovchi preaparatlar: Interferon V -1a, interferon –alfa -2v va boshqalar. Rekonvalesstentlar plazmasi, Metabolik preparatlar. KASALLIKNING OG‘IR ShAKLI (OG‘IR PNEVMONIYa) bilan og‘rigan bemorlar maxsus tibbiyot muassasasiga yotqiziladi. Barcha muassasalarda og‘ir ҳolatdagi bemorlarga qilinayotgan tibbiy yordam, pulsoksimetrga, kislorodni to’g‘ri yuborish tizimiga va oksigenoterapiya uchun moslashtirilgan bir martalik moslamalarga (burun kanyulasi, Venturi maskasi va qopchali maska ) asoslangan bo’lishi kerak. Ҳar qanday bemorga zudlik bilan oksigenoterapiya buyurish resperator yordamida yuz maskasi yoki shlem bilan bemor xushi saqlanganda amalga oshiriladi. O’pkaning sun’iy ventilyastiyasiga ko’rsatma: Taxipnoe, yoshga bog‘liq normasida 25 foizga ortishi; Resperator dispress sindromini og‘ir darajasi (ingrovchi yoki xirillovchi nafas, ko’krak qafasini ichiga tortilishi, “boshni qimirlashi, paradoksal nafas va boshqalar”); SrO2/FiO2 300 mm.sm.ust munosabati: Intubatstion invaziv nafas oldirishni o’pka perfuziyasi bo’lganda qo’llash mumkin emas, bu usul o’pka to’qimalariga mexanik zarar etkazadi. AQSh olimlarining fikriga ko’ra, Covid-19 bilan kasallangan bemorlarning 88 % pandemiya paytida o’pka intubastiyasi bilan mexanik ventilyastiya qo’llanilgandan so’ng vafot etgan. O’pkada shikastlanish 80% va undan yuqori bo’lganda ularni davolashda katta tomirlarning anastomozi bilan ekstrakorporal membranali oksigenastiya (EKMO) usuli bilan davolash maqul. Bunda o’pkadan keluvchi CO2 gazi ushlab qolinib, O2 bilan to’yintiriladi va katta doiradagi qon aylanishiga chiqariladi. EKMO apparati o’pka funkstiyasini bajaradi. Bemorda yurak etishmovchiligi bo’lganda arteriya-venoz anastomozi qo’ylib, qon apparat orqali katta son vena tomiridan arteriya tomiriga aorta tomiriga kiradi. Bunda qon CO2 dan tozalanadi va O2 to’yntirilib aorta yoki bo’yinning katta arterial tomirlariga yuboriladi. Parastetamol – o’spirin bolalarga 12 yosh (40 kg ortiq tana vazniga): maksimal doza 1 g, maksimal sutkalik doza 4 g, 12 yosh kichik bolalarga: maksimal doza 10-15 mg/kg, maksimal sutkalik doza 60 mg/kg gacha. Sutkada 4 martadan ko’p qo’llamaslik, kerak bo’lgan vaqtda 3 kun davomida 4 soatdan kam bo’lmagan vaqt oralag‘ida berish mumkin, aloҳida ҳolatlarda istma sindromida 5-7 kunga uzaytiriladi; Ibuprofen 5-10 mg/kg dozada og‘iz orqali sutkada 3 marotabadan ko’p bo’lmagan ҳolda beriladi; Antikoagulyantlar: past molekulyar geparin koagulogramma nazorat ostida buyuriladi; Dezintoksikastion davolash (suv balansini qo’llash orqali); konservativ infuzion terapiya samaradorligini dinamikada baҳolash orqali tavsiya etiladi; Infuzion davolash; Suyuqliklarni vena ichiga yuborish katta extiyotkorlik bilan amalga oshiriladi, infuzion terapiya oksigenastiyani og‘irlashtirishi mumkin, bu asosan o’pkaning sun’iy ventelyastiyasiga imkon bo’lmaganda ko’chada muҳim ҳisoblanadi va katta yoshdagi bemorlarga ҳamda bolalarga bir xil tegishli Antibakterial davoni tanlash ikkilamchi infekstiyani ҳajmiga, mikrobiologik tekshirish natijalariga va og‘irlik darajasiga qarab tanlanadi. Tanlov antibiotiklariga ҳimoyalangan penistillinlar kiradi. (amoksistillin /klavulan kislotasi sutkada 45-55mg/kg, 3 maҳal yoki 55-60mg/kg 2 maҳal peroral) Tanlov stefalosporinlarning 2-3 avlodi (sutkada 100mg/kg, parenteral yoki peroral, 2 maҳal peroral). Davolash samarasiz bo’lganda, antibiotikni bakteriologik o’rganish natijasini ҳisobga olgan ҳolda 48-72 soatdan keyin o’zgartirsh kerak. Download 363.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling