O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna
Download 363.44 Kb.
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antibakterial davolashning na’munaviy sxemasi
- Gastroprotektorlar
Antiagregant terapiya
Deksametazon dozasi 0.1 mg/kg/sut 1 maҳal ertalab yoki kunning 1chi (soat 1300 gacha) yarmida parenteral yoki og‘iz orqali (masalan 0.1*80 kg =8 mg); Mikroblarga qarshi vositalarni (antibiotik) faqat ko’rsatma bo’lsa yoki bakterial infekstiya qo’shilgan ҳolatda (umumiy qon taҳlilida leykostit yuqori bo’lgan va yiringli balg‘am ajralgan ҳollarida.); Antibakterial davolashni boshlashdan avval yoki buyurilgan antibakterial preaparatni o’zgartirishdan oldin bakteriologik tekshiruv o’tkazish tavsiya etiladi. Antibakterial davolashning na’munaviy sxemasi: Antibiotikoterapiyani birinchi navbatda ҳimoyalangan penistillinlar bilan boshlash zarur: Amoksistilin/ klavulan kislotasi eritmasi 1000-200 mg dan kuniga 3 maҳal v/i; 2-3 avlod stefalosporinlari yoki ftorxinolonlar (levoflaksastin eritmasi 500-1000 mg dan kuniga 1 maҳal v/i 5-7 kun davomida); Boshlang‘ich antibakterial davo 48-72 soat mobaynida samarasiz bo’lgan taqdirda, mikrobiologik taҳlil natijalaridan kelib chiqib, antibiotik dori vositasini o’zgartirish tavsiya etiladi. Antioksidant va mukolitik sifatida parenteral astetilstistein (ASS) 600-1200 mg/sut; Gastroprotektorlar – omeprazol, lansoprazol 40 mg/ sut, Askorbin kislotasi, stink preparatlari asosiy davo sifatida davom ettirish tavsiya etiladi. Oksigenoterapiya fonida - nafas olish texnikasini, o’pkaning nafas funkstiyasi va qon aylanishini yaxshilashga qaratilgan usullar: Bu maxsus burun kanyulalari yordamida yuqori oqimdagi kislorod berish (1 daqiqada 20-30 litr kislorod). 1-2 soat ichida, agar nafas olish faoliyati yaxshilanmasa (ҳavoning etishmasligi, tez nafas olish) bo’lsa, unda invaziv bo’lmagan (sun’iy nafas oldirish apparatini (SNA) qo’llab, maxsus maskalardan foydalaniladi. Shu bilan birga, invaziv bo’lmagan mexanik nafas oldirish, kasallikning og‘ir ҳolatlarida samarasiz bo’lishi ҳam mumkin (Ph <7.35 Pa Co2> 45 im. Qon saturastiyasi <80% va ҳk). Bunday ҳolatda traxeya intubastiyasini qo’llab invaziv sun’iy nafas oldirishga o’tiladi. Invaziv mexanik nafas oldirishga ko’rsatma bo’lib, bu nafas olish faoliyati mexanikasining buzilishi, taxiopnoe va tez nafas olish (1 daqiqada 35 marta) bemorlarning qonida astidoz va SO2 ko’payishi. Sun’iy nafas oldirish uzoq vaqt davom etsa u o’pkaga mexanik zarar etkazishi mumkin. Alveolalarning shikastlanishi va qon tomirlari devorlarining shikastlanishiga olib keladi. Bemorlarda invaziv sun’iy nafas oldirish bo’lishiga qaramay, gipoksemiya, O2 to’yinganligi <70% va undan past bo’lishi, membranalar va qon tomir devorlarining gialuron kislotasi ta’siri tufayli alveolalar suyuqlik bilan to’lib qolishi o’pka perfuziyasidan dalolat beradi. Organizimda gaz almashinuvi keskin buziladi va invaziv sun’iy nafas oldirish nafaqat samarasiz, balki zararli xisoblanadi. Bunday ҳollarda vena-venoz, vena-arterial payvand qilish bilan qonni ekstrakorporal membrana oksigenastiyasi (EKMO) usuli bemor ҳayotni saqlab qolishga yordam beradi. Pron-pozistiyada nafas olish (kuniga kamida 16 soat) Chuqur nafas olish va nafasni 5 soniya davomida ushlab turishni 5 marotaba takrorlash so’ngra 6 marta chuqur nafas olgandan keyin yaxshilab yo’talish (niqob taqqan ҳolda). Bosh ostidagi yostiq bilan qoringa yotib, 10 daqiqa davomida sekin va chuqur nafas olishni kuniga bir necha marotaba takrorlash; “stitokin bo’roni ” ni davolash: Sitokin bo’roni - bu qonga stitokinlarning nazoratsiz chiqarilishi (IL-6, TNF, CPB, FNO va boshqalar) va T-limfostitlar-killer, makrofaglar, semiz ҳujayralari va boshqalar faollashadi. Bemorda doimiy va uzoq muddatli isitma kuzatiladi, tana ҳarorati 38-39 ° C va undan yuqori ko’tarilgan bo’lsa, terida gemorragik toshma, gepatosplenomegaliya va ko’plab organlar etishmovchiligi kuzatiladi. Bemorlarning ongi chalkash, nafas tez-tez (1 daqiqada 40-45 martadan ko’p) va tartibsiz bo’lib, bo’yin mushaklari nafas olishda qatnashadi. Qonda: leykopeniya, mutloq limfopeniya, trombostitopeniya va AlAt, AsAt qon fermentlari me’yorga nisbatan 4-5 marta ko’payadi. Qon tomirlari shikastlanishi xarakterli (kichik, o’rta arteriya va vena tomirlar) ko’p sonli tromblar paydo bo’ladi. Qonda giperkoagulyastiya ҳolati kuzatiladi. Sitokinli bo’ronni davolashda kislorodli terapiyadan (invaziv mexanik nafas oldirish va EKMO), antitromb terapiyasidan va natriy geparinni kuniga 30-40 ming birlikda tayinlash bilan antikoagulyant davosi olib boriladi. So’ngra past frakstiyali geparin qo’laniladi. Bunday xolatda, reopoliglyukin, yangi muzlatilgan qon plazmasi (antitrombin-III darajasini oshirish uchun) quyiladi. Glyukokortikosteroidlarni stitokin bo’ronlarida qo’llash biroz munozarali. Deksametazonning minimal dozasi, ba’zi tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, tanadagi virusning tarqalishiga yordam beradi. Bemorlar odatda dastlab mexanik sun’iy nafas oldirish apparatiga ulanadi, agar u samarasiz bo’lsa, traxeya intubastiya qilinadi va invaziv mexanik nafas oldirishga o’tiladi. Ammo bu erda o’pkaning shikastlanish darajasini KT (kompyuter tomografiyasi) yordamida ҳisobga olish kerak, agar o’pkaning shikastlanishi III-IV darajali bo’lsa, u ҳolda invaziv mexanik ventilyastiyadan emas balki, bemorlarga EKMO usulini qo’llab oksigenastiya venoz-venoz, vena-arteriyal anastomozlaridan foydalaniladi. Download 363.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling