O‘quv-uslubiy
-mavzu: Urug‘-qabila va milliy dinlar. (2 soat) Reja: Dinning dastlabki ko‘rinishlari
Download 1.36 Mb.
|
Dinshunoslik
3-mavzu:
Urug‘-qabila va milliy dinlar. (2 soat) Reja: Dinning dastlabki ko‘rinishlari. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Qabila va milliy dinlar (Yahudiylik, Hinduiylik, konfutsiylik, daosizm). Din ijtimoiy ong shakllaridan biri ekanligi Din tushunchasi o‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, ishonch, inonmoq ma’nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni o‘ziga xos tarzda aks ettiradigan ma’naviy e’tiqod va amalning bir turidir. E’tiqod so‘zi arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, chuqur, mustahkam iShonch ma’nosini anglatadi, demakki, diniy e’tiqod deganda mustahkam, chuqur iShonch, maslak, iShoniSh tuShuniladi. Ilohiyot, ya’ni diniy ta’limot nuqtai nazardan "din", "diniy e’tiqod" tuShunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma’nosi, maqsadi va taqdiri uni bevosita qurShab olgan moddiy olamdan taShqarida bo‘lgan, uni go‘yo yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir "to‘g‘ri", "haqiqiy", "odil" hayot yo‘llarini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy kuchga iShonch va iShoniShni ifoda etadigan maslak, qaraShlar, ta’limotlar majmuidan iboratdir. Arab istilochilari O‘rta Osiyoni egallab olgandan so‘ng islomni joriy qiliSh bilan o‘z yozuvlarini islomiy ta’lim-tarbiya, odob-axlokdarini va Shu bilan birga arab madaniyatini olib kirdilar. Islomgacha bo‘lgan dinlar bilan bog‘liq yozuvlarni, toat-ibodat buYumlarini yo‘q klliShgan. Ibodatxonalar o‘rniga masjidlar qurilgan, arab alifbosiga asoslangan yozuv kiritilgan. Davlat tili, ilmiy til asosan arab tili hisoblangan. Bu haqda Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida yoziliShicha, Xorazmda arab laShkarboShisi qutayba islomgacha bo‘lgan din bilan bog‘liq yozuvlarni yaxShi biladigan va o‘z bilimini boShqalarga o‘rgatadigan kiShilarni halok etib, bu yozuvlarni butunlay yo‘q qilib Yuborgan. Islomgacha "din" so‘zining o‘rniga "tangri yo‘li", "unga iShonch" iboralari qo‘llanilgan bo‘lsa kerak. Turkiy elatlarning islomgacha bo‘lgan diniy e’tiqodlariga binoan "tangri" butun olamni, insonni yaratgan, "Yuksaklik", "eng baland", "bahaybat" degan ma’nolarni anglatgan. Muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g‘oyaviy sabablarga ko‘ra diniy dunyoqaraShlar to‘la hukmron bo‘lgan Sharoitlarda qar qanday ilg‘or tabiiy, ilmiy, jumladan, falsafiy qaraShlar ham diniy qaraShlarni, ularning mavjudlik sabablarini, mohiyati masalalarini chetlab o‘ta olmagan, lekin ularning din haqidagi qaraShlari ruhoniy va ulamolarning rasmiy qaraShlaridan jiddiy farq qilgan. Biz bu vaziyatni Forobiy va Beruniyning dinga bo‘lgan munosabatlarida ko‘riShimiz mumkin. Forobiyning dinga munosabati asosan uning "Fozil Shahar aholisi hakida kitob" risolasida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham falsafa kabi voqelikni o‘rganiShga qaratilgan, Bu falsafa moddiy olamni biliSh, sabab, oqibat bog‘laniShlarini aniqlaSh orqali o‘rganadi. Din esa voqelikka bu uslub bilan emas, balki tasvir (obrazli), ramziy, majoziy, qiyosiy tasavvurlardan foydalaniSh orqali e’tiqod qiliShga chaqiriSh yo‘li bilan yondaShadi. Demak, din voqelikni, sabab va oqibat bog‘laniShlarining moddiy asosini o‘rganmasdan izoxlaShga kiriShadi. Ayni zamonda voqelikni falsafiy biliSh, o‘z mohiyatiga ko‘ra, diniy biliShdan ustuvordir. Beruniyning dinga munosabati uning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" va "Hindiston" asarlarida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham bilim bo‘lib, bunday bilim voqelikdagi narsa va hodisalarni dalillar orqali isbotlaSh bilan o‘rganiSh mumkin bo‘lmagan joyda qo‘llaniladi. Diniy bilim isbotsiz e’tiqodga, ilmiy bilim esa dalillaShga, isbotlaShga asoslanadi. Beruniyning o‘zi esa butkul dalillarga asoslangan bilimlar bilan Shug‘ullangan. U moddiy olam haqidagi ilmiy masalalarni hal qilishda dinning ta’sirini cheklaShga intilgan. Forobiy va Beruniy dinga bunday yondaShiShlar orqali ilmiy bilimni din ta’siridan xalos etishga g‘oyat o‘rinli harakat qilganlar. Ular dinga emas, unga singib qolgan mutaassiblikka qarShi chiqqanlar. Ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoviy iShonchli, haqiqiy ta’limot olamning mavjudlik sabablari masalasida diniy qaraShlar bilan keliShmasada, ammo insonni, uning ijtimoiy faoliyati, ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini o‘rganiShda minglab yillar mobaynida uning bag‘rida qo‘lga kiritilgan bilim, tajriba, ularning hozirgi kundagi ijobiy ahamiyatini aslo rad qilmaydi, qolaversa, din bag‘rida Shakllangan ma’naviy, jumladan axloqiy qadriyatlarning vujudga keliSh sabablari, ularning kiShilarga ijobiy ta’sirchanlik masalalarini ilmiy jihatdan o‘rganiSh va bu ma’naviy-axloqiy qadriyatlardan foydalaniShda ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ibtidoiy odamlar hozirgi davrdagi singari to‘la Shakllangan diniy sistemaga ega bo‘liShmagan. Ular faqat boShlang‘ich diniy tasavvurlargina bo‘lgan, xolos. Dinning ana Shunday ibtidoiy Shakllari urug‘chilik tuzumi Shakllanayotgan davrda paydo bo‘lgan. Ibtidoiy odamlarning diniy e’tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, Shomonlik, magiya (sehrgarlik) Shakllarida tarqalgan. Ularning ba’zi bir elementlari hozirgi zamon dinlarida ham uchraydi. Totemizm - hindlar tilidagi "O totem" (uning urug‘i) degan so‘zdan kelib chiqqan. Totemizm ibtidoiy g‘oyat sodda diniy e’tiqodning bir turi bo‘lib, qadimgi zamondagi urut-qabila a’zolarining muayyan bir hayvon, o‘simlik bilan g‘ayritabiiy aloqasi, yaqinligi, qon-qarindoShligi bo‘lgan deb, bu hayvon va o‘simliklarni muqaddaslaShtiriShdan iboratdir. Totemizmning muayyan kiShilar guruhining tabiat, binobarin, taShqi muhit bilan bog‘liqligini ifodalovchi dastlabki Shakllaridan edi. Har bir kabila yoki urug‘ o‘z Sharoitini hamda imkoniyatlarini ko‘zda tutib, ba’zi hayvonlarni ovlar va ular haqida etarli ma’lumotlarga ega edi. Bunday hayvonlarni yaqindan biliSh ularning urug‘ bilan yaqinligi yoki qon-qarindoShligi bo‘lsa kerak, degan tasavvurni keltirib chiqargan. Natijada ba’zi hayvonlar, ksyinchalik esa o‘simlikning ba’zi navlari ham muayyan urug‘ a’zolarining ajdodi-totemidir, degan tasavvur ShakllaniShiga olib kelgan. SHu boisdan keyinchalik urug‘ a’zolari totemning "yordamiga" ko‘z tikkanlar, uni muqaddaslaShtirib, o‘z homiylari deb hisoblanganlar, sehr yo‘li bilan unga ta’sir qiliShga uringanlar. Totemga sajda qilingan, u himoya qilingan, e’zozlangan, uni o‘ldiriSh, iste’mol qiliSh man etilgan. Faqat ayrim hollarda, ya’ni tantanali kunlarda totem hisoblangan hayvon yoki o‘simlikni maxsus rasm-rusumga rioya qilingan holda iste’mol qiliSh mumkin bo‘lgan. Urut a’zolarida Shundagina totemning kuch-quvvati kiShilarga o‘tadi va u kelgusida ham urugaing homiysi bo‘lib qoladi degan tasavvur bo‘lgan. Totemizm e’tiqodlari tub avstriyaliklarda keng saqlanganligini ularning urug‘lari nomlaridan payqaSh mumkin. Ular urug‘larni konkret hayvoilar (kengru, oq ho‘kiz, qora ho‘kiz kabi yoki ayrim o‘simliklar) nomi bilan ataganlar. Totemizm elementlarini hozirgi dinlarda ham ko‘riSh mumkin. Masalan, hinduizm dinida fil, sigir, maymun, ilonlar kabilar mukaddas hayvonlar hisoblangan. O‘zbeklarda qaldirg‘och, musicha, laylak, ko‘k qarg‘ani muqaddas quShlar deb e’zozlaSh ham totemizm ko‘riniShlaridan biridir. Markaziy Osiyo xalqlarida, Shu jumladan o‘zbeklarda muchalga qarab vaqt hisobini chiqariSh totem e’tiqodi bilan bog‘liqdir. Masalan, ota-bobolarimizda odamlarning yoShini, ya’ni tug‘ilgan kunidan boShlab qancha yaShaganligini muchal orqali, muayyan hayvon nomlari bilan atalgan yil hisobidan keltirib chiqariSh odati bo‘lgan. Muchal mo‘g‘ul, xitoy va butun turkiy xalqlarda keng tarqalgan yil hisobi bo‘lib, unda yil oylari 12 hayvon nomi bilan ataladi: sichqon (muSh), mol (gav), yo‘lbars (palang), quyon (xargo‘Sht), baliq (nahang), ilon (mor), ot (asp) qo‘y (go‘sfand), maymun (hamduna), tovuq (murg‘), it (sak), to‘ngiz (xo‘k) Shular jumlasiga kiritilgan. Xalqimizda, ayniqsa, musulmonlarda totemning elementlaridan bo‘lgan muchalga e’tiqod qiliSh hali ham qisman davom etmoqda. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling