O`quv va ishlab chiqarish amaliyoti
Andijon GES huzuridagi Andijon GES-2
Download 38.85 Kb.
|
O`quv va ishlab chiqarish amaliyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr stansiyasidagi asosiy elektr qurilmalari haqida malumot: Gidroagregat
Andijon GES huzuridagi Andijon GES-2
2010 yilda qurilish-montaj ishlari tugallandi va Andijon suv omboriga 50 MWt quvvatli gidroelektrostantsiya yuklandi, u erda Xitoy milliy elektr jihozlari korporatsiyasi (CNEEC) ning uskunalari o'rnatildi. Andijon GES-2 ning loyihaviy quvvati bilan ishga tushirilishi qo'shimcha ravishda elektr energiyasini ishlab chiqarishni ko'paytirishga imkon berdi. Andijon GES-2 quyidagi texnik tavsiflarga ega: O'rnatilgan quvvat - 50 MWt Gidroagregatlar soni - 2 ta Suv sarfi - 70 m3 / s Yillik ishlab chiqarish hajmi - 114,8 million kWt soat Suv sarfi-192 m3/s GES 2 zamonaviy, ihcham holatda bunyod etilgan. GES2 da aftomatik (aqlliy) nazorat va boshqaruv tizimi joriy etilgan. Eng so`ngi rusumdagi, Xitoyning ,,CHINT`` brendi ostidagi himoya nazorat qurilmalari o`rnatilgan. GES 2 elektr qurilmalari GES 1 elektr qurilmalari bilan bir hil rusumda. Asosiy farq nominal quvvatda. Elektr stansiyasidagi asosiy elektr qurilmalari haqida malumot: Gidroagregat Gidroagregat quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: gidroturbina, gidrogenerator, qo`zg`atgich, taxogenerator, sovutish tizimi, va boshqalar. Gidroturbina Gidroturbina- suv turbinasi. Suvning mexanik energiyasi hisobiga valga aylanma harakat beradigon parrakli gidravlik dvigatel. Agregatda reaktiv, vertikal, parrakli-burilma turiga mansub gidroturbina o`rnatilgan. Gidroturbina agregatning ostki qismida joylashgan. Gidroturbinalarning mexanik harakati oqimning kinetik va potensial energiyalari hisobiga yuzaga keladi. Gidroturbina: suv beriladigan qism, turbina kamerasi, yo‘naltiruvchi apparat, ishchi g‘ildirak va so'rish quvuri kabi qismlardan iborat. Gidroturbina ishchi g‘ildiragi rotor bilan val yordamida birlashtiriladi. Val ikki qismdan: generator vali va turbina validan iborat. Bu qismlar bir - biri bilan flanes yordamida qattiq mahkamlanadi. Vertikal gidroturbinalarda ularning vali qat’iy vertikal holatda bo‘lishi kerak. Buning uchun u ikki turdagi podshipniklar bilan ushlab turiladi. Birinchi turdagi podshipniklar yo‘naltiruvchi podshipniklar bo‘lib, aylanayotgan valning radial yo‘nalishida qimirlashining oldini oladi. Ikkinchi turdagi podshipniklar podpyatnik deb ataladi va u oqimning gidrodinamik hamda turbinaning aylanayotgan qismining o‘qiy yo‘nalishidagi bosimini qabul qiladi. Gidrogenerator Generator- mehanik energiyani elektr energiyaga aylantirib beruvchi elektr mashinaisi. Gidrogenerator- suvning mehanik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi elektr mashinasi Sinxron, uch fazali, vertikal, qo`zg`atish tizimli, aralash sovutish tizimli elektrmashina. Generator maxsus, Andijon gidroelektr stansiyasida salqin iqlim sharoitida, yopiq xonada, dioganal tipdagi gidravlik turbinalik qilib elektr energiyasini ishlab chiqarish maqsadida ishlab chiqarilgan. Tip: СВ 508/115 18 УХЛ-4 35 mVatt СВ- Sinxron vertikal 508- stator diametri 115- stator bo`yi 18-qutblar soni УХЛ- iqlim tasnifi 4- joylashtirish toifasi Quvvati 35000 kWatt Nominal quvvati: 43750 kVA Nominal kuchlanishi: 10500 Volt Quvvat koefitsienti: 0.8 Chastota: 50 Hz Nominal tezlik: 333.3 ayl/min Aylanish chastotasi: 700 ayl/min Stator nominal toki: 2400 Amper Rotor kuchlanishi: 121 Volt Qozg`atgich nominal toki: 932 Amper Sovutgich-aralash, bilvosita havo sikllik, yopiq holatda ishlaydi/ Sovutgichlarda sovutish suvi harorati: +16 dan oshmasligi kerak. +4 dan kam bo`lmasligi kerak Sovutgichlardagi sovutish havosi harorati: +35 dan yuqori bo`lmasligi lozim Stator Stator magnit o`tkazgich vazifasini bajaruvchi qozg`almas qism. O`zak va statinadan iborat. O`zak lok bilan izolyatsiyalangan elektrotexnik polati listlaridan(0,35-0,5 mm qalinlikda) tahlam tarzida yasaladi. Chulg`am tipi: ikki qatlamlik, temir Ulanish guruhi: yulduzcha Chulg`am izolyatsiyasi turi: termoreaktivniy - ,, МОНОЛИТ-П`` Vazn: 79 800 kg Rotor Generatorning aylanuvchi qismi. Stator ichida joylashadi. Rotorga o`ralgan chulg`am maydoni stator chulg`amining magnit maydoni bilan ta`sirlashib, elektr yurituvchi kuch hosil qiladi. Qutblar soni: 6 Kollektor shotkalar soni: 36 ta Vazn: 120 000 kg Podpyatnik Podpyatnik- generator valini tutib turuvchi asos. Segmentlar soni: 9ta Podpyatnikga ko`pi bilan quyidagi vaznga dosh beradi: Nominal tezlikda: 630 000 kg Ishga tushirishda: 445 000 kg Yuqoridagi podshibnik vazni: 31 600 kg Pastgi podshibnik vazni: 13 100 Qo`zg`atgich Tip: ВВ-99/25-6-УХЛ-4 В- qo`zg`atgich В-vertikalniy 99- yakor diametric 25- yakor bo`yi 6-qutblar soni ( qo`shimcha 6 ta) УХЛ- iqlim tasnifi 4- joylashtirish toifasi Kuchlanish: 140 Vot Yakor nominal toki: 1100 A Kollektor shotkalari soni: 36 ta Magnit tizimi vazni: 2950 kg Yakor to`la vazni ( valsiz) 33 000 kg Qo`zg`atgich-agregatni qo`zg`atishda ishlaydi. Qachonki qo`zg`atgich yakorida magnit maydon so`nmagan bo`lsa, o`zini-o`zi qo`zg`atadi. Aks holda o`zgarmas tok beriladi. Qo`zg`atgichda joylashgan 2 ta shinaga doimiy tok berladi (+ -). Yakor lotok-lotok bo`ladi. Bu mexanik qo`zg`atgich eski tip hisoblanib, hozirgi kunda yangi, zamonaviy, tristorlik qo`zg`atgichni montaj-sozlash ishlari olib borilmoqda. Yangi qo`zg`atgich quyidagi tipda: Tip: СТС-РЭМ- 1100-140-2,5-УХЛ-4 СТС- statik tristorlik tizim РЭМ-ООО <<НПП Руселпром-Электромаш>> ishlab chiqaruvchi korhona logotipi. 1100- qo`zg`tish tizimi nominal toki (Amper) 140-qo`zg`atish tizimi nominal kuchlanishi ( Volt) 2,5- forsirofkaning kuchlanoish bo`yicha ko`pligi УХЛ- iqlim tasnifi. 4- joylashtirish toifasi. Download 38.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling