O`quv va ishlab chiqarish amaliyoti


Download 38.85 Kb.
bet2/4
Sana01.03.2023
Hajmi38.85 Kb.
#1238775
1   2   3   4
Bog'liq
O`quv va ishlab chiqarish amaliyoti

Andijon suv ombori
Andijon suv ombori Tyan-Shan tog` tizmasining 5-irmog`idan paydo bo`luvchi ,,Qoradaryo`` o`zaniga qurilgan gidrotexnik inshoot. U 1962- yili loyihalashtirilib, 1968-1982-yillar oralig`ida qurigan. Bo`yi 121m, uzunligi 1040 m bo`lgan betonli juftlashgan kontroforslari bilan yaxlit-kontroforsli, planda 1000 m. radius bilan egri chiziqli qilib qurilgan. To'g'onning eng ko'p balandligi- 115,5 m, tepasi (o'rkachi bo'yicha) ning uzunligi- 965 m, tepa va pastki qiyaliklari - 0,5, tepasining belgisi - 907,5 m .To'g'on uzunligi bo'yicha harorat-cho'kish choklari bilan 33 seksiya va 2 qirg'oq ustuniga bo'lingan. To'g'on seksiyalari ichi bo'sh (kovak), kengligi - 25 mdan. CHap qirg'oq ustuniga uzunligi 165 m., balandligi - 28,5 m., tepa qiyaligi - 3,0, pastki qiyaligi - 2,5 bo'lgan gruntli to'g'on kelib tutashgan. Bu to'g'onning yuqori qiyaligi 30 sm. qalinlikdagi temir-betonli plitalar bilan mustahkamlangan. To'g'on seksiyalari ichida asosiga birinchi qatori 30 m chuqurlikda,
ikkinchisi 20 m chuqurlikda bo'lgan ikki qator skvajinalardan iborat chuqur drenaj qilingan. Qirg'oq qiyaliklari drenaji shtolnya qilinib 810 m. belgida, uzunligi 360m, chuqurligi 30 m qilib o'matilgan.
Suv sig`imi 1,9 milliard m3 . Gidrouzel tarkibiga to`g`on, suv o`tkazuvchi inshootlar va GES kiradi. Suv ombori Farg`ona vodiysida 273 ming ga maydonning suv taminotini yaxshilaydi, qo`shimcha 35 ming ga yerni sug`orishni imkonini beradi. Suv sarfi 230 m3/s .
Andijon suv ombori xalq orasida ``Kampirrovot nomi bilan mashxur. Bunga sabab , ushbu suv ombori qurilishidan oldin ikki qoya o`rtasida huddi darvoza , ya`ni rovot singari tabiy yoriq mavjud bo`lgan. O`sha joyda qoya ham bo`lib, uning shakli huddi boshida savat ko`tarib turgan keksa ayolni eslatgan. Ushbu ikki sabab tufayli suv ombori ,,Kampirrovot`` nomini olgan
Andijon GES
Andijon gidroelektr majmuasi 1980 yilda quyi hududlarni sug'orishni ta'minlash uchun 1900 million m3 hajmli suv ombori bilan qurilgan. 1985 yilda Andijon GES-1da agregatlar ishga tushirildi. Andijon GES-1 quyidagi texnik tavsiflarga ega:
O'rnatilgan quvvat - 140 MWt
Gidroagregatlar soni - 4 ta
Suv sarfi - 192 m3 / s
Yillik ishlab chiqarish hajmi - 435 million kWt soat

Download 38.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling