O`quv va ishlab chiqarish amaliyoti


Andijon GES huzuridagi Andijon GES-2


Download 38.85 Kb.
bet3/4
Sana01.03.2023
Hajmi38.85 Kb.
#1238775
1   2   3   4
Bog'liq
O`quv va ishlab chiqarish amaliyoti

Andijon GES huzuridagi Andijon GES-2
2010 yilda qurilish-montaj ishlari tugallandi va Andijon suv omboriga 50 MWt quvvatli gidroelektrostantsiya yuklandi, u erda Xitoy milliy elektr jihozlari korporatsiyasi (CNEEC) ning uskunalari o'rnatildi. Andijon GES-2 ning loyihaviy quvvati bilan ishga tushirilishi qo'shimcha ravishda elektr energiyasini ishlab chiqarishni ko'paytirishga imkon berdi. Andijon GES-2 quyidagi texnik tavsiflarga ega:
O'rnatilgan quvvat - 50 MWt
Gidroagregatlar soni - 2 ta
Suv sarfi - 70 m3 / s
Yillik ishlab chiqarish hajmi - 114,8 million kWt soat
Suv sarfi-192 m3/s
GES 2 zamonaviy, ihcham holatda bunyod etilgan. GES2 da aftomatik (aqlliy) nazorat va boshqaruv tizimi joriy etilgan. Eng so`ngi rusumdagi, Xitoyning ,,CHINT`` brendi ostidagi himoya nazorat qurilmalari o`rnatilgan.
GES 2 elektr qurilmalari GES 1 elektr qurilmalari bilan bir hil rusumda. Asosiy farq nominal quvvatda.
Elektr stansiyasidagi asosiy elektr qurilmalari haqida malumot:
Gidroagregat
Gidroagregat quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: gidroturbina, gidrogenerator, qo`zg`atgich, taxogenerator, sovutish tizimi, va boshqalar.
Gidroturbina
Gidroturbina- suv turbinasi. Suvning mexanik energiyasi hisobiga valga aylanma harakat beradigon parrakli gidravlik dvigatel. Agregatda reaktiv, vertikal, parrakli-burilma turiga mansub gidroturbina o`rnatilgan. Gidroturbina agregatning ostki qismida joylashgan. Gidroturbinalarning mexanik harakati oqimning kinetik va potensial energiyalari hisobiga yuzaga keladi. Gidroturbina: suv beriladigan qism, turbina kamerasi, yo‘naltiruvchi apparat, ishchi g‘ildirak va so'rish quvuri kabi qismlardan iborat. Gidroturbina ishchi g‘ildiragi rotor bilan val yordamida birlashtiriladi. Val ikki qismdan: generator vali va turbina validan iborat. Bu qismlar bir - biri bilan flanes yordamida qattiq mahkamlanadi. Vertikal gidroturbinalarda ularning vali qat’iy vertikal holatda bo‘lishi kerak. Buning uchun u ikki turdagi podshipniklar bilan ushlab turiladi. Birinchi turdagi podshipniklar yo‘naltiruvchi podshipniklar bo‘lib, aylanayotgan valning radial yo‘nalishida qimirlashining oldini oladi. Ikkinchi turdagi podshipniklar podpyatnik deb ataladi va u oqimning gidrodinamik hamda turbinaning aylanayotgan qismining o‘qiy yo‘nalishidagi bosimini qabul qiladi.
Gidrogenerator
Generator- mehanik energiyani elektr energiyaga aylantirib beruvchi elektr mashinaisi.
Gidrogenerator- suvning mehanik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi elektr mashinasi
Sinxron, uch fazali, vertikal, qo`zg`atish tizimli, aralash sovutish tizimli elektrmashina. Generator maxsus, Andijon gidroelektr stansiyasida salqin iqlim sharoitida, yopiq xonada, dioganal tipdagi gidravlik turbinalik qilib elektr energiyasini ishlab chiqarish maqsadida ishlab chiqarilgan.
Tip: СВ 508/115 18 УХЛ-4 35 mVatt
СВ- Sinxron vertikal
508- stator diametri
115- stator bo`yi
18-qutblar soni
УХЛ- iqlim tasnifi
4- joylashtirish toifasi
Quvvati 35000 kWatt
Nominal quvvati: 43750 kVA
Nominal kuchlanishi: 10500 Volt
Quvvat koefitsienti: 0.8
Chastota: 50 Hz
Nominal tezlik: 333.3 ayl/min
Aylanish chastotasi: 700 ayl/min
Stator nominal toki: 2400 Amper
Rotor kuchlanishi: 121 Volt
Qozg`atgich nominal toki: 932 Amper
Sovutgich-aralash, bilvosita havo sikllik, yopiq holatda ishlaydi/
Sovutgichlarda sovutish suvi harorati:
+16 dan oshmasligi kerak.
+4 dan kam bo`lmasligi kerak
Sovutgichlardagi sovutish havosi harorati:
+35 dan yuqori bo`lmasligi lozim
Stator
Stator magnit o`tkazgich vazifasini bajaruvchi qozg`almas qism. O`zak va statinadan iborat. O`zak lok bilan izolyatsiyalangan elektrotexnik polati listlaridan(0,35-0,5 mm qalinlikda) tahlam tarzida yasaladi.
Chulg`am tipi: ikki qatlamlik, temir
Ulanish guruhi: yulduzcha
Chulg`am izolyatsiyasi turi: termoreaktivniy - ,, МОНОЛИТ-П``
Vazn: 79 800 kg
Rotor
Generatorning aylanuvchi qismi. Stator ichida joylashadi. Rotorga o`ralgan chulg`am maydoni stator chulg`amining magnit maydoni bilan ta`sirlashib, elektr yurituvchi kuch hosil qiladi.
Qutblar soni: 6
Kollektor shotkalar soni: 36 ta
Vazn: 120 000 kg
Podpyatnik
Podpyatnik- generator valini tutib turuvchi asos.
Segmentlar soni: 9ta
Podpyatnikga ko`pi bilan quyidagi vaznga dosh beradi:
Nominal tezlikda: 630 000 kg
Ishga tushirishda: 445 000 kg
Yuqoridagi podshibnik vazni: 31 600 kg
Pastgi podshibnik vazni: 13 100
Qo`zg`atgich
Tip: ВВ-99/25-6-УХЛ-4
В- qo`zg`atgich
В-vertikalniy
99- yakor diametric
25- yakor bo`yi
6-qutblar soni ( qo`shimcha 6 ta)
УХЛ- iqlim tasnifi
4- joylashtirish toifasi
Kuchlanish: 140 Vot
Yakor nominal toki: 1100 A
Kollektor shotkalari soni: 36 ta
Magnit tizimi vazni: 2950 kg
Yakor to`la vazni ( valsiz) 33 000 kg
Qo`zg`atgich-agregatni qo`zg`atishda ishlaydi. Qachonki qo`zg`atgich yakorida magnit maydon so`nmagan bo`lsa, o`zini-o`zi qo`zg`atadi. Aks holda o`zgarmas tok beriladi. Qo`zg`atgichda joylashgan 2 ta shinaga doimiy tok berladi (+ -). Yakor lotok-lotok bo`ladi.
Bu mexanik qo`zg`atgich eski tip hisoblanib, hozirgi kunda yangi, zamonaviy, tristorlik qo`zg`atgichni montaj-sozlash ishlari olib borilmoqda. Yangi qo`zg`atgich quyidagi tipda:
Tip: СТС-РЭМ- 1100-140-2,5-УХЛ-4
СТС- statik tristorlik tizim
РЭМ-ООО <<НПП Руселпром-Электромаш>> ishlab chiqaruvchi korhona logotipi.
1100- qo`zg`tish tizimi nominal toki (Amper)
140-qo`zg`atish tizimi nominal kuchlanishi ( Volt)
2,5- forsirofkaning kuchlanoish bo`yicha ko`pligi
УХЛ- iqlim tasnifi.
4- joylashtirish toifasi.

Download 38.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling