O’quv yili 2021-2022 Semestr 2-3 ects-kreditlar
II. Asosiy nazariy qism. (ma`ruza mashg`ulotlari)
Download 468.44 Kb. Pdf ko'rish
|
Filologiya ( o\'zbek tili)
II. Asosiy nazariy qism. (ma`ruza mashg`ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Falsafa dunyoni anglash usuli. Falsafaning predmeti, tuzilishi, funksiyalari, yangi sohalari. Sharq va G‘arb mutafakkirlari falsafaning maqomi haqida. Falsafani siyosiylashtirishning oqibatlari. Falsafada shubhaning roli. Falsafaning jamiyatdagi roli yoki amaliy falsafa. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli. Dunyoqarashda sezgi, idrok, tushunishning mutanosibligi. Dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni tarbiyalashning roli. Dunyoqarashning shakllanish iga ijtimoiy muhitning ta’siri. Mifologiya, din, falsafa va fan dunyoqarash shakllari. Qadimgi miflarning tasnifi. Diniy dunyoqarashning mohiyati, Fan tushunchasining tavsifi, fan taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Falsafa tarixida fanlar tasnifiga oid qarashlar evolyusiyasi. Fan taraqqiyotiga oid yondashuvlar tasnifi. Falsafa va fanning mutanosibligi, farqi. Fanning obrazi. Fanlarning differensiyasiyasi va integratsiyasi. 2-mavzu. Borliq falsafasi (Ontologiya) Ontologiya borliq haqidagi ta’limot. Falsafiy va fizik ontologiyaning birligi va farqi. Formal ontologiya, gen ontologiyasi va tibbiyot ontologiyasi. Ontologiya va 2 muhandislik bilimi. Yangi amaliy ontologiya. Ontologik perspektivizm. Noklassik ontologiya. Din ontologiyasi. Obyektning ontologik modeli. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi. Ideal va real borliq. Borliqning sabablari va moduslari. Dunyo manzarasida borliq va yo‘qlik dialektikasi. Borliq shakllarining tasnifi. Energiya borliq shakli. Okkultizm va spiritualizm borliq hodisasi. Ezoterik bilim tabiati. Falsafa va fizikada substansiya, substrat va materiyaning o‘zaro aloqasi. Materiyaning substansional, substrat, genetik kontrast va atributiv konsepsiyalari. Olamning birinchi relyativistik modeli. Relyativistik kosmologiya. Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar. Kengayuvchi olam gipotezasi. Universal kosmik gologramma. Qizil siljish. Torsion maydonlar. In’ikos nazariyasi va uning Anoxin nazariyasidan farqi. Dunyoning chekliligi va cheksizligi. Aktual va potensial cheksizlik. Harakat borliqning mavjudlik sharti. Falsafa tarixida harakatning talqini. O‘zgarishlarning umumiy xususiyati. Harakat va harakatsizlikning o‘zaro nisbati. Harakat tiplari va shakllari. Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari. Falsafa tarixida makon va vaqtga substansional va relyasion yondashuvlar. Ijtimoiy makon va ijtimoiy vaqt. Davrning ruhi va ijtimoiy vaqtning uyg‘unligi. Tarix vaqti. Tabiatning ontologik maqomi. Falsafa tarixida tabiatga munosabat. Tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqadorligi. Geografik muhit tushunchasi. Geografik muhit parametrlari. Ijtimoiy rivojlanish va geografik muhitning o‘zaro aloqadorligi. Geografik maktablar tasnifi. XX asrda ekologik tanglik. Ekologiyaning kelib chiqishi. Ekologik falokatlar tarixi va falsafiy ma’nosi. O‘zbekistonda ekologik vaziyat. Biosfera hakidagi J. Lavlok ta’limoti. Irsiy injeneriyaning biosferaga ta’siri. E. Lerua, P.Teyyar de Sharden va V. Vernadskiyning noosfera ta’limoti. Yangi borliqning shakllanishi. Koevolyusiya va envayronmentalizm nazariyasi. Download 468.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling