O‘quv yili davomida bo‘lib o‘tadigan 4+2 amaliyot rejasi Maktabgacha ta’lim kafedrasi 1‒ sonli yig‘ilishida tasdiqlangan


Download 19.64 Kb.
bet1/5
Sana15.03.2023
Hajmi19.64 Kb.
#1272204
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliyot 4 2 rejasi Asror


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


PEDAGOGIK TA’LIM FAKULTETI


MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI




Buxoro davlat universiteti
Pedagogik fakulteti dekani
_______________ Q.R. To’xsanov
2022-yil “____”______________


4+2 AMALIYOT


REJASI
(3-kurs talabalari uchun)


Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 110000 - Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi: 5111800 - Maktabgacha ta`lim


Buxoro – 2022


2022-2023- o‘quv yili davomida bo‘lib o‘tadigan 4+2 amaliyot rejasi Maktabgacha ta’lim kafedrasi _______1‒ sonli yig‘ilishida tasdiqlangan.
Pedagogik ta’lim fakulteti ________ilmiy kengashida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Tuzuvchi: Maktabgacha ta’lim kafedrasi
o‘qituvchisi A.A.Kasimov

Kirish


Talabalaning nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazish, fanlarga doir mustaqil ta’limni samarali tashkil etish, hayotiy faoliyat bilan o‘zaro bog‘lash bo‘yicha tashkil etilgan 4+2 amaliyotida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladigan talabalar barcha metodika fanlaridan olgan bilimlarini bolalarda bilim, ko’nikma va malakani shakllantirish jarayonida sinab ko‘radilar, amalga tatbiq qiladilar. Shuning uchun ham 4+2 amaliyoti o‘zining ilmiy-tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalariga ega.
Pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlari asosida ‘‘Ta’lim to‘g‘risida’’gi qonun talablarini bajarish maqsadida bo‘lajak tarbiyachilarning maktabgacha ta’lim fanlaridan tayyorgarlik darajasini samarali tashkil etish 4+2 amaliyoti davrida keng amalga oshirilishi bugungi kunning eng muhim vazifalardan biridir.
4+2 amaliyoti samaradorligini oshirish, bolaning ta’lim jarayonining subyektiga aylantirish, bolalarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini bilishning qulay yo‘llarini aniqlash, barcha yo‘nalish fanlaridan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish singari faoliyatlar 4+2 amaliyotning ilmiy-tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Talabalar 4+2 amaliyoti davrida fan tarixi, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish, o‘qitishning maqsadi, metod va prinsiplari kabilarni bilishlari zarur. Bundan tashqari, maktabgacha ta’limda o‘qitiladigan fanlarni amaliyot asosida o‘rganish, har bir mashg‘ulotni zamonaviy pedagogik texnologiya asosida olib borish hamda fanlararo aloqani bilishlari maqsadga muvofiq.
Bugun jamiyatimizda tub burilishlar sodir bo‘ldi. Zero, “Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir”.
Ana shu islohotlar silsilasida ta’lim bosqichlari orasidagi uzviylik va uzluksizlikni, ular orasidagi aloqa va bog‘lanishlarni kuchaytirish alohida ahamiyat kasb etadi. Ayni shu vazifani amalga oshirishni ta’minlash ko‘p jihatdan 4+2 amaliyotiga ham bog‘liqdir.
4+2 amaliyoti MTTlari bilan oliy ta’lim tizimini jips bog‘laydigan bo‘g‘in hisoblanadi. Bu davrda talabalar institut auditoriyalarida olgan nazariy bilimlarga, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlarida, mustaqil ishlarni bajarishda sinalgan tajribalarga tayanib mustaqil faoliyat olib boradilar. Yuqori malakali metodist tarbiyachilarning ish faoliyati bilan tanishadilar, ulardan o‘rganadilar, turli ruhiyat egalari – bolalar bilan hamkorlikda o‘quv-tarbiya ishlarini olib boradilar.
Tarbiyachilik kasbini egallashga intilgan har bir talaba 1-kursdan boshlab mutaxassislik faoliyati ustida ishlashi, bilim maskanida yaratilgan imkoniyatlardan to‘la foydalanib, nazariy bilimlarni puxta va chuqur egallab bormog‘i shart.
4+2 AMALIYOT MAZMUNI
I. Maktabgacha ta’limda o‘qitiladigan fanlarga doir mashg`ulotlarini kuzatish.
Maktabgacha ta’limda o‘qitiladigan fanlarga doir mashg`ulotlarini kuzatishda quyidagilarga ahamiyat beriladi
1. Mashg`ulot va unga qo‘yilgan maqsad;
2. Mashg`ulotning jihozlanishi (ko‘rgazmaning turlari)
3.Mashg`ulotning borishini to‘liq yozib tahlil qilish, tashkiliy qism va unda bajarilgan ish usullari, sarflangan vaqt, o‘rganganlarni takrorlab mustahkamlashda bolalarda turli fan ko‘nikmalarni takomillashtirish uchun o‘tkazilgan mashq turlari va unga sarflangan vaqt, yangi mavzuni tushuntirishda foydalanilgan ko‘rgazmalar, texnika vositalari va slaydlarga alohida diqqatni jalb etish. Mashg`ulotni xulosalashda foydalanilgan usullar mashg`ulot jarayonida oldindan tayyorlangan ko‘rgazmalar shuningdek, didaktik o‘yinlardan foydalanilgani haqida kuzatuvchining mulohazasi.
Maktabgacha ta’limda o‘qitiladigan fanlarga doir mashg`ulotlarini kuzatishda quyidagilarga ahamiyat beriladi. Bolalarning mashg`ulotga to‘g‘ri o‘tirishiga va tarbiyachi tomonidan mashg`ulotni to‘g‘ri tashkil qilishga, o‘tilgan mavzuni eslash va mustahkamlash, yangi mavzuni bayon qilish uchun zamin tayyorlash, yangi mavzuni eng ratsional usul bilan bolalarga yetkazish, yangi mavzuni mustahkamlash borasida bir necha amaliy mashqlarni bajarish, bolalarning og‘zaki nutqiga e’tibor berish, ularning ijodiy, mantiqiy fikrlash qobilyatlarini o‘stirish. Maktabgacha ta’limda o‘qitiladigan fanlarning boshqa fanlar bilan aloqadorligini ta’minlay olish, mashg`ulot davomida faol qatnashgan bolalarni rag‘batlantirib boriladi. Ayniqsa, mashg`ulot davomida yangi pedagogik texnalogiyalardan, interfaol usullardan samarali foydalanish, beriladigan mustaqil topshiriqlar uchun tavsiyalar beriladi.
4+2 amaliyoti so’nggida talabaga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- kasb sohasi doirasida nazariy va amaliy bilimlar, kasbiy malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;

  • kasbiy mohirlik va tafakkur doirasining yetarli shakllanganligi;

  • tashkilotchilik va tadbirkorlik xislatlarning shakllangan bo‘lishi;

  • mustaqil va ijodiy fikrlash, fikrlarni yozma va og‘zaki ravon bayon etish malakasi, tarbiyachilik nutq madaniyati shakllangan bo‘lishi;

  • turli vaziyatlarni tanqidiy baholashi, yangilikka doimiy intilishi;

  • o‘zbek tilini mukammal bilishi davlat tilida yozma va og‘zai ravishda erkin muloqotda bo‘la olishi;

  • umuminsoniy fazilatlarga ega bo‘lishi, o‘z millatini va vatanini sevishi, u bilan faxrlanishi, milliy urf odatlar qadriyatlarni hurmat qilishi;

  • kompyuter va boshqa telekominikatsiya vositalardan maqsadli foydalana bilishi;

  • o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini amaliyotga, maktabgacha kasbiy ko‘nikmalarini kundalik hayotga, turmushga tadbiq eta olishi;

  • ma’naviy ruhiy jismoniy jihatdan o‘zini o‘zi doimo takomillashtirish xislatiga ega bo‘lishi;

  • bilimlarini doimo oshirib yangilab borishga intilishi, o‘quv va mehnat faoliyatiga ijodiy mustaqil yondoshish sifatlariga ega bo‘lishi;

  • ma’naviy axloqiy madaniyatga ega bo‘lishi;

  • siyosiy madaniyatga egalik fuqarolik burchi va masuliyat hislari shakllangan bo‘lishi;

  • ekologik madaniyatga egalik, kasbiy faoliyatga ekologik masuliyatni his qilishi, tabiat muhofazasi sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishi;

  • xorijiy til bilishi va uni mashg`ulot jarayonida qo‘llay olishi.


Download 19.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling