Talabalarning 4+2 amaliyoti mazkur vazifalarni o‘z ichiga oladi:
1. O‘z mutaxassisligi bo‘yicha institutda olgan nazariy bilimini amaliy ish bilan mustahkamlash.
2. Yuqori malakali, ko‘p yillik ish tajribasiga ega tarbiyachilarning ish tajribalarini o‘rganish. O‘z mutaxassisligidan mashg`ulot olib borish malakasini egallash.
3. MTTdagi o‘quv jarayoni, uning o‘quv-metodik yo‘nalishi, o‘quv-tarbiya jarayoni bilan tanishish, mustaqil ish yuritish malakasini hosil qilish.
4. MTT mashg`ulotlardan tashqari olib boriladigan ishlarni o‘rganish va tashkil etishda qatnashish.
5. O‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan bolalar bilan mashg`ulotda va mashg`ulotdan tashqari individual ishlash usullarini o‘rganish. Bolalarning o‘zlashtirish darajasini ko‘tarishga hissa qo‘shish.
6. MTT hayotida o‘z mutaxassislik fani yuzasidan olib boriladigan ilmiy-tekshirish ishlari ustida fikr yuritish mavzu tanlash, material to‘plash, ayrim sinov-tajriba ishlarini olib borish, tajribali metodist tarbiyachilar bilan suhbatlar o‘tkazish.
7. Amaliyot davomida tarbiyachi ish uslubini o‘rganish, tarbiyaviy ish rejasiga mos tadbirlar tashkil etib, o‘tkazishga rahbarlik qilish. MTT miqyosida o‘tadigan tadbirlarda faol qatnashish.
8. MTT xonalarini jihozlashga, ko‘rgazmali qurollar, metodik qo‘llanmalar bilan boyitishga yaqindan yordam berish.
1.2. 4+2 amaliyoti bo‘yicha talabalar bilimi va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar:
- elementar matematika, nutq o`stirish, tabiat bilan tanishtirish, mashg`ulotlari bilan tanishish, tahlil qilish va baholash mezonlarini amaliyotda qo‘llay bilish;
- MTT da ta’limining mohiyatini anglab yetishlari;
- MTTda amaliyotchilar xonasini tashkil etish, jihozlash, texnik vositalardan foydalanishni o‘rganish;
- MTT bolalari uchun ko‘rgazmalar tayyorlash;
- mashg`ulotga doir materiallarni bolalar ongiga to‘g‘ri va oson yetkazish;
- bolalarning mustaqil fikrlashi, fikrlash mahsulini og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirish, malaka hosil qilish yo‘llarini bilishlari zarur;
- mashg`ulot jarayonida qo‘shimcha adabiyotlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalana bilishi;
- mashg`ulot va mashg`ulotdan tashqari ishlarni tashkil qila olishi kerak.
II. Mashg`ulotni kuzatish va tahlil qilish.
Mashg`ulot tahlili bo‘yicha ko‘rsatmalar.
Mashg`ulotda yasaladigan ko‘rgazmalar bo‘yicha ko‘rsatmalar.
Sinfdan tashqari ishlar to‘garaklar bo‘yicha ko‘rsatmalar.
Mashg`ulot tahlili daftaridagi grafalarni aniq va haqqoniy to‘ldirish talab etiladi.
Mashg`ulotlarning umumiy qurilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar:
Mashg`ulotning mavzusi:
Mashg`ulotdan maqsad: a) ta’limiy maqsad
b) tarbiyaviy maqsad
d) rivojlantiruvchi maqsad
Mashg`ulot turi:
Mashg`ulot tipi:
Mashg`ulot shakli:
Mashg`ulot metodi:
Mashg`ulot rejasi:
O‘qitivchining vazifasi
Bolaning vazifasi
Mashg`ulotning borishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |