O’quv yili O’qituvchi: Jumaniyozov Ibrohim Mavzu: Vakuumlar va Barometrlar


Birlik yuzaga suyuqlik tomonidan ta’sir etuvchi normal kuch bilan aniqlanuvchi fizik kattalikka


Download 95 Kb.
bet3/4
Sana08.01.2022
Hajmi95 Kb.
#246228
1   2   3   4
Bog'liq
Vakuumlar va Barometrlar

Birlik yuzaga suyuqlik tomonidan ta’sir etuvchi normal kuch bilan aniqlanuvchi fizik kattalikka suyuqlikning bosimi deyiladi.

yoki = Pa

Berk idishdagi bosimni o`lchash uchun ishlatiladigan asboblarga manometrlar, atmosfera bosimini o`lchash uchun ishlatiladigan asboblarga esa barometrlar deyiladi.

 Paskal qonuni: harakatsiz suyuqlikning istalgan joyidagi bosim hamma yo`nalishlarda bir xil va harakatsiz suyuqlik egallagan hajm bo`yicha bir xilda uzatiladi.



 Gidrostatik bosim.Suyuqlikning vazni harakatsiz, siqilmaydigan suyuqlik ichidagi bosimning taqsimlanishiga qanday ta’sir qilishini ko`raylik. Suyuqlikning muvozanat holatida gorizontal satx bo`yicha bosimi bir xil bo`ladi. Aks holda muvozanat bo`lmas edi. Shuning uchun ham harakatsiz suyuqlikning erkin satxi doimo gorizontal holatda bo`ladi. Agar suyuqlik siqilmaydigan bo`lsa uning zichligi bosimga bog’liq bo`lmaydi. Zichligi bo`lgan suyuqlik ko`ndalang kesim yuzasi S, balandligi h ustunining vazni

P=mg =ρVg =gSh bo`ladi.

Bu yerda; m – suyuqlik ustunining massasi; g – erkin tushish tezlanishi; V – suyuqlik ustunining hajmi.



Pastgi asosdagi bosim

gidrostatik bosim deyiladi.

 Arximed qonuni. Suyuqlikning pastki qatlamidagi bosim yuqori qatlamdagidan ko`ra kattaroq bo`ladi va shuning uchun ham suyuqlikka botirilgan jismga itarib chiqaruvchi kuch ta’sir etadi. Suyuqlikka botirilgan jismga shu suyuqlik tomonidan yuqoriga yo`nalgan va jism siqib chiqargan suyuqlik vazniga teng bo`lgan itaruvchi kuch ta’sir etadi. Arximed kuchi



 

bu yerda ρ-suyuqlikning zichligi , V-suyuqlikka botirilgan jismnig hajmi Arximed kuchi gazlarda ham mavjuddir.



2. Uzluksizlik tenglamasi. Suyuqlikning harakatiga oqish, harakatlanayotgan zarralar to`plamiga esa –oqim deyiladi. Quvurning ko`ndalang kesimlari S va S bo`lgan joylarida suyuqlikning oqim tezliklari mos ravishda va bo`lsin.  

Siqilmaydigan suyuqlik oqim tezligining oqim ko`ndalang kesimga ko`paytmasi o`zgarmas kattalikdir, ya’ni

 

ifodaga siqilmaydigan suyuqlik uchun uzluksizlik tenglamasi deyiladi. Daryoning keng qismida suvning sekin, tor qismida esa tez oqishi tenglamaning o`rinliligini ko`rsatadi .



 Bernulli oqayotgan suyuqlik bosimlari uchun qo`yidagi tenglamani aniqladi. Bernulli tenglamasi.

p-suyuqlikning statik bosimi deyilib u og’irlik kuchining mavjudligi natijasida vujudga keladi.



-dinamik bosimi deyilib, suyuqlik harakatining natijasidir.

ρgh – esa gidrostatik bosim, –suyuqlikning zichligi, – tezligi, h – oqimning balandligi.

Agar oqim gorizontal bo`lsa tenglama qo`yidagi ko`rinishni oladi.





3. Jismlarning suyuqliklarda va gazlarda harakatini o`rganish aviatsiyaning rivojlanishi va suv kemalarining tezliklarini ortishi bilan bog’liq. Shu maqsadda suyuqliklar va gazlarda harakatlanayotgan qattiq jismlarga ta’sir etadigan kuchlarni ko`ramiz.

 

Suyuqlik yoki gazda harakat qiladigan jismga ikkita kuch ta’sir qiladi (ularning teng ta’sir etuvchisini deb belgilaymiz).

Ularning birinchisi ( ) jismning harakat yo`nalishiga qarama-qarshi yo`nalgan bo`lib unga peshona qarshilik deyiladi. Jismning harakat yo`nalishiga perpendikulyar yo`nalgan ikkinchisi esa ( ) – ko`tarish kuchi deyiladi.


Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling