Aloqa tizimining ba’zi servis imkoniyatlari
Dasturlashtiriladigan klavishalar. Telefon apparatining qo‘lli panelida uch xil rangli svetodiod indikatorli bevosita teriladigan 12 yoki 24 ta klavisha bor, ularning har birining bosilishi bilan 25 ta turli xil vazifalardan bittasi bajarilishi mumkin, chunonchi: nomerni tez terish, qoldirilgan axborotlarni еshitib ko‘rish, svetodiodli indikatorlar, masalan, yashil rangli klavisha bilan siz ilgari qo‘ng‘iroq qilgan abonent nomerlarini, sariq rang bilan siz qo‘ng‘iroq qilgan, lekin so‘zlasha olmagan, qizil rang bilan siz hali qo‘ng‘iroq qilmagan abonent nomerlarini ko‘rsatadi.
Intellektual displey. Telefon apparatida mavjud bo‘lgan ikki satrli suyuq kristalli displey kirayotgan va chiqayotgan qo‘ng‘iroqlar to‘g‘risida (shu jumladan, sizni boshqa abonent bilan so‘zlashuv vaqtingizdagi kirish qo‘ng‘iroqlari va aniq bir vaqtga belgilangan chiqish qo‘ng‘iroqlari haqida) va qoldirilgan tovushli xabarlar haqida ko‘pgina foydali ma’lumotlarni berib turadi.
Nomerni aniqlagich. Kirish nomerini aniqlagich displeyda sizga qo‘ng‘iroq qilayotgan telefondagi abonentning nomerini va familiyasini ko‘rsatadi hamda siz boshqa abonent bilan so‘zlashayotgan paytingizda qo‘ng‘iroq qilayotgan abonentning nomerini va familiyasini displeyda aks еttiradi va maxsus gudok bilan sizga ma’lum qiladi. Bunda 250—500 familiyaga mo‘ljallangan apparat ichidagi еlektron telefon kitob ishlatiladi. Qo‘ng‘iroq qilayotgan abonentning nomerini tizim xotirasiga bitta knopkani bosish bilan yozib qo‘yish mumkin, so‘zlashuv tugagach va liniya bo‘shagandan keyin, yana еslab qolingan nomer bo‘yicha yana bitta knopkani bosib, abonentga qaytadan qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
2022-2023 o‘quv yili
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI RАQАMLI TEXNOLOGIYALАR VАZIRLIGI
MUHАMMАD АL-XORАZMIY NOMIDАGI TOSHKENT АXBOROT TEXNOLOGIYALАRI UNIVERSITETI
“AKADEMIK YOZUV1” fanidan masofaviy ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun
|
Do'stlaringiz bilan baham: |