O‘quv yili O‘zbekiston respublikаsi rаqаmli texnologiyalаr vаzirligi


Jahon ozon qatlami himoyaga muhtoj


Download 406.5 Kb.
bet35/35
Sana25.04.2023
Hajmi406.5 Kb.
#1398641
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Akademik yozuv fanidan Yakuniy nazorat (5) (2)

Jahon ozon qatlami himoyaga muhtoj
Atmosferaning ozon qatlami quyoshning ultrabinafsha nurlarini ushlab qoladigan qalqon hisoblanadi.
Afsuski, sayyoramizda tabiiy muvozanat buzilishi natijasida ozon qatlamining yеmirilishi bilan bogʻliq ekologik xavf paydo boʻldi. Bu esa kelajakda iqlimning bashorat qilib boʻlmaydigan oʻzgarishlariga, yaʼni inson organizmi immun tizimining zaiflashishiga, onkologik kasalliklar sonining oshishiga, oʻsimliklarning sekin oʻsishiga olib kelishi mumkin.
Olimlarning tadqiqotlariga koʻra, ozon qatlamining yеmirilishiga sovitish texnikalari, yongʻin oʻchirish vositalari, tarkibida galogenlar (xlor, ftor va brom) boʻlgan kimyoviy moddalarning sanoat va qurilish sohasida keng qoʻllanilishi asosiy sabab sanaladi. Ekologik xavfning oldini olish maqsadida 1985-yilda dunyoning 147 mamlakati ishtirokida Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi qabul qilindi. Oradan ikki yil oʻtgach, 1987-yilning 16- sentyabrida ozon qatlamini yеmiruvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoli imzolandi. Shu kundan eʼtiboran ushbu sana ozon qatlamini himoya qilish xalqaro kuni sifatida nishonlanadi.
Ozon — (yunonchadan ozon – anqiydigan) ozon molekulalari (O3) dan hosil boʻlgan, har biri kislorodning uchta atomlaridan iborat gaz. Garchi, hozirda atmosfera havosidagi ozon juda oz qismni tashkil etsa – da, uning ahamiyati benihoya kattadir. U oqsil va nukleinli kislotalarni yеmiruvchi qatʼiy ultrabinafsha nurlanishni ushlab qoladi. Taʼkidlash lozimki, stratosfera ozoni – ob- havoning qisqa muddatli va lokal oʻzgarishlarini belgilaydigan muhim iqlimiy omildir.
Quyosh nurlanishini yuta turib va energiyani boshqa gazlarga uzata turib, ozon stratosferani isitadi va bu bilan butun atmosferada sayyoraviy issiqlik va sirkulyar jarayonlarning xususiyatlarini tartibga soladi. Ozonning oʻzgaruvchan molekulalari
tabiiy sharoitlarda, jonli va jonsiz tabiatning turli omillari taʼsirida hosil boʻladi va parchalanadi, uzoq tadrijiy rivojlanish davomida ushbu jarayon birmuncha dinamik muvozanatga keldi.
Download 406.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling