O’quv yili uchun ~ 1 ~
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
1675167563 BIOLOGIYADAN MURAKKAB MASALALAR JUMAYEV
- Bu sahifa navigatsiya:
- (UAA, UAG, UGA )
DNK sintezi jarayoni.
Nuklein kislotalarning monomeri 4 xil nukleotiddan tashkil topgan bo`ladi. 20 xil aminokislotaning DNK molekulasidagi 4 xil nukleotidlar yordamida ifodalanishi genetic kod deb ataladi. Har bir aminokislota 3 ta nukleotidning birikishidan hosil bo`lgan triplet kod yordamida ifodalanadi. Demak, bitta aminokislota 2 va undan ortiq kod yordamida ifodalanadi. Kodlarning umumiy soni 64 taga teng. ( 4 3 = 64 ) Biz agar oqsil tarkibidagi har bir monomeri, ya‘ni aminokislota nuklein kislotaning bir monomeri, ya‘ni nukleotidi ishtirokida oqsil tarkibiga kiritiladi, deb faraz qilsak, u holda 4 aminokislota kodlanib, 16 aminokislota kodsiz qolgan bo'lar edi. ( 4 1 = 4 ) Agar har bir aminokislota kodi 2 ta nukleotiddan iborat, deb tasavvur etsak, u holda 16 aminokislota kodlangan 4 aminokislota kodlanmagan bo'lar edi.( 4 2 = 16 ) 20 ta aminokislotani ifodalash uchun 61 ta tripletli koddan foydalaniladi. Qolgan 3ta kod (UAA, UAG, UGA ) oqsil sintezi boshlanishi va tugallanishini bildiradi. Genetik kod barcha tirik organizmlar uchun universal hisoblanadi ya‘ni bitta triplet AAA tripleti, bakteriyada, o'simlikda, hayvonda va odamda ham lizin aminokislotasini kodlaydi. Genetik kodning muhim xususiyatlaridan biri uning o`ziga xosligi bo`lib, bitta triplet bitta aminokislotaga mos keladi. Oqsil tarkibiga kiruchi 20 xil aminokislotadan 18 xilining genetik kodi ikkitadan oltitagacha bo`ladi. ushbu fikrdan keyin ikki xil aminokislotaning genetik kodi esa faqat bitta degan xulosa kelib chiqadi. Odam eritrositlaridagi gemoglobulin oqsili o`zaro o`xshash ikkita a va b zanjirdan tashkil topgan. a ning bitta zanjirida 141 ta, b ning bitta zanjirida 145 ta aminokislotadan iborat bo`ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling