O‘quv yili uchun “Boshlang’ich ta’lim ” yo’nalishi 22/3-guruh talabasi ing


Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat


Download 1.2 Mb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1538448
1   2   3   4
Bog'liq
meyoriy hujjat 3 mavzu

Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:
1.Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma'lumotlar:
- ismi, otasining ismi va familiyasi;
-tug‘ilgan yili;
-millati;
-partiyaviyligi;
-ma'lumoti;
-lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni;
2.Hujjat nomi (Tavsifnoma).
3.Matn.
4.Imzolar.
5. Sana.
6.Muhr.
Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy qismga ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi qismda shaxsning mehnat faoliyati, ya'ni mutaxassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma'lumot beriladi. Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, ya'ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, siyosiy saviyasi, tashkilotchilik qobiliyati, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, hulq-atvori, xatto ba'zida siyrati, jamoa a'zolariga munosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo‘lganligi va boshqa asosiy rag‘batlantirishlari qayd etiladi. Holis bo‘lish uchun kamchiligi ham ko‘rsatilib, istak bildiriladi. Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi ko‘rsatiladi.Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Xodimning tavsiflashda “halol”, «topshiriqlarni vaqtida bajaradigan», «mehnatsevar», «talabchan», «tashabbuskor», «tezkor», «prinsipial», «intizomli» kabi sifatlardan foydalaniladi. Agar tavsifnoma jamoat tashkilotlari yig‘ilishida tasdiqlangan bo‘lsa shu yig‘ilish bayonnomasi raqami va sanasiga havola bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra tavsifnomaga ikki shaxs: muassasa (yoki bo‘linma) boshlig‘i va kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.Tavsifnoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassasaga jo‘natiladi. Tavsifnomalarning «ishlab chiqarish tavsifnomasi», «Tavsifiy tavsiyanoma», «xizmat tavsifnomasi» kabi turlari mavjud bo‘lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o‘zaro farqlanadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling