O‘quv yili uchun “Boshlang’ich ta’lim ” yo’nalishi 22/3-guruh talabasi ing


Download 1.2 Mb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1538448
1   2   3   4
Bog'liq
meyoriy hujjat 3 mavzu

Tavsiyanoma.
Biror shaxsni ma'lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a'zo bo‘lish uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat. U ma'muriyat yoki alohida shaxs tomonidan berilishi mumkin. Tavsiyanoma matnida tavsiya qilinayotgan shaxsning xususiyatlari - mutaxassis sifatidagi malakasi, oilaviy, ahloqiy jihatlari va faoliyatiga baho beriladi, u tavsiya etilayotgan lavozimi yoki tashkilotga a'zo bo‘lishga munosib ekanligi yuzasidan ishonch bildiriladi. Tavsiyanoma ba'zi xususiyatlariga ko‘ra tavsifnomaga o‘xshaydi, shu sababli ularning ko‘pchiligi tavsifiy tavsiyanoma shaklida bo‘ladi. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy xususiyatlari qayd qilinadi. Tavsiyanomalarda esa uning ijobiy xususiyatlari ko‘rsatilishi bilan birga, keyinchalik uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani bajara olishiga ishonch bildiriladi va tavsiya etiladi. Turli mukofotlarga taqdim etish taqdimnoma ham tavsiyanoma shaklida bo‘ladi. Tavsiyanomaning asosiy zaruriy qismlari:

  1. Hujjatning nomi (Tavsiyanoma)

  2. Matn.

  3. Tavsiyanoma beruvchi shaxsning lavozimi, ismi, otasining ismi, familiyasi.

  4. Imzo.

  5. Sana.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abdullayev M. Ma'naviyat va iqtisodiy tafakkur // O‘zbekiston adabiyoti va san'ati, 2000 yil 28 iyul.
2.Vinogradov V.V. Stilistika. Teoriya poeticheskoy rechi. Poctika.— M.,1963.
3.Ne'matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistcm Icksikologiyasi asoslari. — «O‘qituvchi», 1995.
4.Sodiqov A., Abduazizov A., Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish.— «O‘qituvchi», 1981.



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling