O‘quv yili uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!


Download 2.51 Mb.
bet10/14
Sana06.09.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1673307
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Tavsiya, ssenariy va dars ishlanmasi @e baza ishreja

Darsning borishi


Tashkiliy qism: salomlashiladi, davomat aniqlanadi, sinf xonasi va oʻquvchilarning darsga tayyorgarlik holati tekshiriladi, sinf oʻquvchilarini guruhlarga boʻlib, guruhlar nomlanadi va guruh vakillari tomonidan jamoa sardori aniqlab olinadi.


Oʻquvchilarning bilimlarini takrorlash: oʻquvchilarning boshlangʻich bilimlarini takrorlab olish maqsadida “Aqliy hujum” metodidan foydalaniladi va quyidagicha savollar orqali jarayon faollashtiriladi:

  1. Oʻzbekiston qachon mustaqil boʻldi?

  2. “Mustaqillik” soʻzining maʻnosini bilasizmi?

  3. Davlat ramzlarimiz haqida soʻzlab bering.

  4. Davlat bayrogʻimiz qachon qabul qilingan?

  5. Gerbimiz haqida fikringiz.

  6. Madhiyamiz haqida soʻzlab bering.



Yangi mavzu bayoni:
Vatan – inson tugʻilgan muqaddas zamin. Vatan deganda ota-onalarimiz, avlod-ajdodlarimiz kindik qoni toʻkilgan ona yerni tushunamiz. Vatan tushunchasi va unga boʻlgan muhabbat insonga ona suti, ona bagʻri, ona mehr-muhabbati, ona allasi bilan yuragiga jo boʻladi.
Vatan tuygʻusi – bu oʻz xalqini sevish, u bilan faxrlanish, uni hurmat qilish va qadriga yetish deganidir.
Biz oʻzimiz yashab turgan mamlakat - Oʻzbekistonni ona Vatan deb ataymiz. Ajdodlarimizning azaliy orzusi ushalib, yurtimiz mustaqillikni qoʻlga kiritdi.
Mustaqillik – eng ulugʻ ne’mat. Mustaqil davlat xalqi erkin va ozod boʻladi. Shuning uchun ota-bobolarimiz asrlar davomida mustaqillik uchun kurash olib borganlar.
1991-yil 1-sentabr – Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan tarixiy sana. Shu kundan boshlab mamlakatimiz taraqqiyot yoʻliga chiqdi. Bugungi kunda erishgan yutuqlarimiz mustaqillik tufaylidir.
Mustaqillik yillarida yosh avlodning komil insonlar boʻlib yetishishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Yorugʻ va shinam oʻquv xonalari, sport inshootlari, ijod markazlari barpo etildi. Yoshlar bu imkoniyatlardan foydalanib, oʻz iqtidorlarini roʻyobga chiqarishlari mumkin. Oʻzbekiston bayrogʻi, gerbi, madhiyasi va Konstitutsiyasi mustaqilligimizning asosiy belgilaridir.
Yangilanib borayotgan yurtimiz hayotida soʻnggi yillarda sezilarli harakatlar amalga oshirilmoqda. Xabaringiz borki, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil 30-aprelda oʻtkazilgan umumxalq referendumi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 2023-yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kirdi hamda mana shu qabul qilingan Qonun asosida 2023-yil 9-iyul kuni muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkazildi.
Bugun mamlakatimiz yangi davr ostonasida turibdi. Yaʼni, oʻttiz ikki yildan ziyod vaqt mobaynida mustaqil Oʻzbekiston davlatimizning huquqiy asosini taʼminlab kelgan, bugungi farovon hayotimiz uchun mustahkam omil boʻlgan Konstitutsiyamizni yangi davr ruhiga monand yangi tahrirda qabul qildik.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada taʼlim olish huquqi va imkoniyati kengaytirildi.
Hozirgi “Yangi Oʻzbekiston” – yangi imoratlar, yangiliklar, zamonaviy texnika va qurilishlar, umumiy qilib aytganda, yosharib, goʻzallashib, dunyoga boʻy-bastini koʻrsatayotgan yashil zamin demakdir.
Shu qatorda qadimiy qadamjolarimiz, buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlari qayta tiklandi, yurtimiz jahonga yuz tutdi. Istiqlol tufayli yurtimizning har bir goʻshasi, hatto eng chekka qishloqlari ham bunyodkorlik, obodonchilik, ulkan qurilish ishlari natijasida oʻzgacha qiyofa kasb etdi. Yosh avlodga nisbatan gʻamxoʻrlik, e’tibor kuchaydi. (slayd yoki videorolik taqdim etiladi)

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling