O‘quv yili uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!


Download 2.51 Mb.
bet4/14
Sana06.09.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1673307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Tavsiya, ssenariy va dars ishlanmasi @e baza ishreja

1-boshlovchi: To‘g‘ri ta’rifladingiz, ustozlar bizga saboq beradigan mehri daryodek jo‘shqin aziz va mo‘tabar insonlardir.
2-boshlovchi:
Keling shu uztozlarimizga atab, musiqiy tabrik yo‘llaymiz.
(O‘quvchilar ijrosida qo‘shiq yoki raqs ijro etiladi)


1-boshlovchi: Yurtimiz 1991-yil 31-avgustda o‘zining mustaqil davlat ekanligini e’lon qildi va 1-sentabr “Mustaqillik kuni” deb e’tirof etildi.
2-boshlovchi: Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng biz o‘zligimizni, qadriyatlarimizni, ma’naviyatimizni teran anglay boshladik. O‘zbek nomining shon-u shavkati, g‘ururi dunyoga tanildi.
1-boshlovchi: Mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli bugungi kunning yoshlari har jabhada, xususan xalqaro sport musobaqalarida, fan olimpiadalarida, musiqa va san’at tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni egallamoqdalar, shu qatorida o‘zi istagan oliygohlarning talabalariga aylanishmoqda. Bularning barchasi yurtimizning mustaqilligi tufaylidir.
2-boshlovchi: Yana bitta yorqin misol: Toshkent shahrida matematika fanidan “Al-Xorazmiy”, Xiva shahrida kimyo fanidan “Abu Rayhon Beruniyxalqaro olimpiadalari o‘tkazildi. Olimpiadalarda 15 dan ortiq xorijiy davlatlar vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston jamoasi o‘quvchilari 6 ta oltin, 14 ta kumush, 17 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
1-boshlovchi: Qozog‘istonning Olma-ota shahrida 19-XalqaroJautikov olimpiadasi” hamda Adigeya Respublikasida o‘tkazilgan “8-Kavkaz Xalqaro matematika olimpiadasi”da terma jamoamiz vakillari matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan masofaviy (onlayn) tarzda ishtirok etib, 10 ta kumush, 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
2-boshlovchi: Qozog‘istonning Ostona shahrida “57-Xalqaro Mendeleyev”, Turkiyaning Antaliya shahrida “40-Bolqon Matematika olimpiadasi”, Xitoy davlatida o‘tkazilgan “Asia-Pacific Informatics Olympiad (APIO) - Osiyo-Tinch okeani mintaqasi” informatika olimpiadasida terma jamoamiz o‘quvchilari ishtirok etib, 2 ta oltin, 3 ta kumush, 7 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Shu o‘rinda, hurmatli Yurtboshimiz tomonidan “Zakovat”, “Yoshlar festivali” doirasida turli sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, tanlovlar, ko‘rgazmalar, madaniy tadbirlar g‘oliblari, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medallari misolida munosib rag‘batlantirilayotganligini alohida ta’kidlash joiz.
(Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan Vatan mustaqilligini tarannum etuvchi she’rlar o‘qiladi)

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling