O‘quv yili uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!


- bayram tadbirlarini maktab hovlisi, bog‘i yoki boshqa soya-salqin ochiq maydonlarda o‘tkazish


Download 2.51 Mb.
bet2/14
Sana06.09.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1673307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Tavsiya, ssenariy va dars ishlanmasi @e baza ishreja

bayram tadbirlarini maktab hovlisi, bog‘i yoki boshqa soya-salqin ochiq maydonlarda o‘tkazish, maktab hududini talab darajasida jihozlash, bayram tadbiri jarayonida yong‘in va texnika xavfsizligini ta’minlash;
- tadbir o‘tkaziladigan joyda gigiyena va tozalik talablariga muvofiq sharoitlar yaratish, o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash;
“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini faxriy o‘qituvchilar, mahalladagi mehnat faxriylari, o‘quvchilarning ota-onalari, kasaba uyushmasi, yoshlar ittifoqi hududiy bo‘limi vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va boshqa hamkor tashkilot vakillari bilan hamkorlikda tashkil etish;
- maktab rahbariyati tomonidan tadbir ishtirokchilariga mustaqilligimizning o‘ttiz ikki yillik bayrami hamda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bilan tabriklash jarayonida yurtimizda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, ta’lim tizimidagi islohotlar to‘g‘risida aniq misollar va raqamlar keltirilgan holda ma’lumot berish;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy imkoniyatlarini inobatga olgan holda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri davomiyligini 45 daqiqadan ko‘p o‘tkazmaslik;
- tadbir tugaganidan keyin barcha sinflarda dars mashg‘ulotlari tasdiqlangan jadval asosida boshlanishini direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan nazoratga olish.

Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!”


(“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirining namunaviy ssenariysi)

Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ta’lim muassasasining rahbari boshchiligida, direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, o‘qituvchi-murabbiylar va sinf rahbarlari tomonidan rejalashtiriladi hamda ushbu namunaviy ssenariy asosida maktab ssenariysi ishlab chiqiladi.


Tadbir ishtirokchilari (2 nafar boshlovchi va ishtirokchi o‘quvchilar) Vatanni madh etuvchi qo‘shiq yoki musiqa sadolari ostida sahnaga tashrif buyurishadi.

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling