O‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida To’qimachilik va yengil sanoat texnologiyasi o‘quv jarayonini


Download 16.78 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi16.78 Kb.
#1596864
Bog'liq
4 2


2022-2023 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida To’qimachilik va yengil sanoat texnologiyasi o‘quv jarayonini “4+2 dastur”i asosida tashkil etish mexanizmi ishlab chiqilgan. Bugungi kunda kafedrada ta’lim jarayoni, aynan ishlab chiqilgan ushbu “4+2 dastur”i asosida tashkil etilgan.
Dastur ta’lim-fan va ishlab chiqarish “integratsiyasi” tizimi asosida yaratilgan klasterli yondashuvlarga asoslangan innovatsion jarayon. Bunda har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tegishli mutaxassislik fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar to‘liq tanlangan ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkaziladi. Bunda tizim shunga asoslanganki, o‘quv mashg‘ulotlari (ma’ruzalar, o‘quv laboratoriyalari) 4 kun universitet auditoriyalarida, amaliy mashg‘ulotlar haftaning 2 kuni davomida ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar bazasida o‘tkaziladi. Xususan Tabiiy tolani dastlabki ishlash texnologiyasi yo’nalishi talabalari “Mirzaobod universal culaster”(BEK cluster) MCHJ dagi kafedraning filiali va o’quv laborotoriyasida, xaftaning seshanba va payshanba kunlari ,Yengil sanoat buyumlarini konstruksiyasini ishlash texnologiyasi Mirzaobod tumanida joylashgan “Axmad-Xon” tekstil korxonasida xaftaning juma kunlari bo’lishadi.
Bu yaratilgan tizim talabalarni 4 yil davomida tanlagan mutaxasisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadr bo‘lishlari, ishlab chiqarishdagi muammolar va ularning yechimi bo‘yicha tegishli tasavvurga ega bo‘lishlariga imkon beradi.


Kafedra tomonidan talabalarning mustaqil talimini tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi yo’lga qo’yilgan

- talim yo’nalishlari (mutaxassisliklar)da talabalarning mustaqil o’quv faoliyatini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, professor-o’qituvchi va talabalarning hamkorlikda ishlashi, kontakt soatlari uchun alohida auditoriya ajratilgan:


- mustaqil ish natijalarining o’rnatilgan tartibda qayd etilishini nazorat qilish va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish yo’lga qo’yilgan


- fan (modul)lar bo’yicha mustaqil o’qib-o’rganishga doir mavzularni shakllantirish va kafedra yig’ilishida muhokama qilingan


- fan (modul)lar bo’yicha mustaqil o’qib-o’rganishga doir mavzularni o’quv dasturlarida to’g’ri va aniq aks ettirilgan


- fan (modul)lar bo’yicha mustaqil ish turlari va shaklini belgilash hamda fan dastur (Sillabus)da aks ettirilgan:

- mustaqil ish uchun ajratilgan ballarni 5 baholik mezon (100 ballik tizimi) doirasida belgilash, ballarni ish turlari bo’yicha taqsimlangan


- xar bitta mutaxassislik fanlaridan mustaqil ishlarni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqilgan.


- mustaqil ishlar va topshiriqlarning aqliy faoliyat (tahlil, sintez, taqqoslash, solishtirish, umumlashtirish)ni taqozo etishini taminlash yolga qo’yilgan.


- professor-o’qituvchi fan dasturi (Sillabus)da belgilangan kontakt vaqtida mustaqil ish bo’yicha talaba murojaati asosida maslahat va amaliy tavsiyalar berib borilishi yo’lga qo’yilgan:




Mustaqil talimni tashkil etish shakllari va turlari yolga qo’yilgan

Auditoriyadan tashqari vaqtda bajariladigan mustaqil ishlar quyidagi turlarda amalga oshirilishi tavsiya etilgan:


- dolzarb mavzu bo’yicha shaxsiy fikrini tanqid, publitsistik va boshqa janrlar (masalan, esse)da yozma bayon qilish;


- maruzalar tayyorlash;


- kurs ishi yozish;


- konspekt yozish;


- glossariy tuzish;


- individual va jamoaviy o’quv loyihasi tuzish;


- keys-topshiriqlarini bajarish;


- mavzuli portfoliolar tuzish;


- axborot-tahliliy materiallar bilan ishlash;


- manbalar bilan ishlash;


- chizma-tasviriy modellar yaratish;


- multimediali taqdimotlar yaratish;


- darslarning metodik ishlanmalarini tayyorlash;


- yangi model eskizlarini chizish


-eng ahamiyatli jihatlisi 4+2 dasturi jarayonoda korxonda ishlash va amaliyot o’tash jarayonoda ishlab chiqarish korxonasi faoliyati yoki biror jihozni ishlash prinsipi bilan yaqindan tanishib jarayonni videoroliklar orqali yoritish yolga qo’yilgan.


Mustaqil ishlarni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan quyidagi maqsadlarda foydalanish tavsiya etilgan;


Tarmoqdan axborot izlash – veb-brauzer, malumlotlar bazasidan foydalanish, axborot-qidiruv, axborot-malumotnoma tizimlari, avtomatlashgan kutubxona tizimlari, elektron jurnallardan foydalanish.


Talabalar mustaqil ishlarini baholashning umumiy mezonlari ishlab chiqilgan bo’lib ular quyidagilarni tashkil etilgan:

1. Talabalar mustaqil talimini baholash mezonlari kafedra tomonidan fan (modul)lar xususiyatini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlangan


2. Har bir fan (modul) bo’yicha mustaqil ish topshiriqlarining baholash mezonlari talabalarga semestrning boshida taqdim qilingan.


3. Talabalarning fan (modul) bo’yicha mustaqil ish topshiriqlarini baholash berilgan muddat ga muvofiq amalga oshirilgan




4. Mustaqil ishga qo’yiladigan ball umumiy ballning 20 (yigirma) foizidan kam bo’lmasligi ta’kidlangan.
Download 16.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling