6.6. Ketma-ket haydashni nazorat qilish va
aralashmani ajratib olish usullari
Ketma-ket haydashni nazorat qilishdan asosiy maqsad, hosil
bo‘lgan aralashmani quvurning qaysi bo‘limida
kelayotganini va
qachon qabul qilish punktiga yetib kelishini bilish hamda ara-
lashmani qabul qilish choralarini tashkil qilishdan iborat. Na-
zorat usullari ko‘p bo‘lib, ularni aniqlanish prinsiðlari neft
mahsulotlari va aralashmaning zichligi, rangi,
dielektrik
ko‘rsatkichlari hamda boshqa xossalarini bir-biridan farq qilishiga
asoslangan. Bu usullar ichida aralashma konsentratsiyasini av-
tomatik ravishda aniqlash usuli samarali hisoblanadi.
Buning uchun
mahsulotlarning o‘zaro ta’sir chegarasida hosil bo‘lgan aralash-
ma konsentratsiyasini va sifatini tez aniqlaydigan maxsus elektron
apparatlardan foydalaniladi. Ular oqim yo‘nalishi bo‘yicha
quvur-
ning tegishli joylariga o‘rnatiladi.
Umuman, hosil bo‘lgan aralashma tayyor neft mahsuloti
hisoblanmaydi. Shu bois aralashmani oxirgi punktda ajratib olish
asosiy jarayonlardan biri hisoblanadi.
Ajratib olish ikki usulda
17- rasm.
Ajratuvchi shar.
18- rasm.
Ajratuvchi sharlarni quvur
ichiga kiritish moslamasining prinsipial
chizmasi:
1– quvur;
2– kasseta;
3
–sharlar.
55
amalga oshiriladi. Birinchi usulda hamma
aralashma bitta rezervuarga
qabul qilinadi. Ikkinchi usulda aralashmaning bosh qismi bilan
uning oldida ketayotgan birinchi neft mahsulotining oxirgi qis-
mini
bir rezervuarga, aralashmaning oxirgi qismi bilan uning
ketidan kelayotgan ikkinchi mahsulotning bosh qismi boshqa
rezervuarga qabul qilinadi (19- rasm).
19- rasm.
Aralashmani ajratib olishning prinsipial chizmasi:
I–
birinchi (oldingi)
mahsulot;
II– ikkinchi (keyingi) mahsulot;
1
– aralashma;
a– aralashmaning boshlang‘ich qismi;
b–
aralashmaning oxirgi qismi;
2– rezervuar.
1- usul
2- usul
II
1
I
II
b
a
I