Oquvchanligi oshiriladi va h k
Download 110.76 Kb. Pdf ko'rish
|
8mavzu tasis
Diskli ajratuvchi:
1 – shtanga (o‘q); 2– elastik materialdan yasalgan disk; 3– metall disk. 53 chilarning quvur devoriga bo‘lgan zichligini oshiradilar. Harakatlari davomida quvur devorida qolgan oldingi mahsulot qoldiqlarini tozalab oqim bo‘yicha siljiydilar. Diskli ajratuvchining umumiy chizmasi 16- rasmda keltirilgan. Metall disk ichi (o‘rtasi)ga elastik materialdan yasalgan elastik disk o‘rnatiladi. Elastik disk materiali ishqalanishga, neft va neft mahsulotlarining ta’siriga chidamli bo‘lishi hamda yuqori harorat va bosim ta’sirida o‘z xossasini saqlashi kerak. Bunday talablarga polimer materiallari (neopren, adi pren, xaykar) va turli marka- dagi yog‘lar, benzinlarga chidamli bo‘lgan rezina javob bera oladi. Yuqorida keltirilgan diskning quvur devoriga bo‘lgan zichligi 30–50 km li harakat davomida saqlanadi. Ajratuvchilarning oraliq nasos stansiyalari orqali o‘tishi ikki usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda ajratuvchilar maxsus kame- ra yordamida qabul qilinib, keyin yana quvur ichiga kiritiladi. Bu holda aralashma stansiya orqali o‘tib bo‘lgunga qadar haydash jara- yoni to‘xtatiladi. Bu quvurning ishlab chiqarish qobiliyatini pasaytiradi. Ikkinchi usulda ajratuvchilar maxsus moslama (ka- mera) lar yordamida nasos orqali o‘tkazilmay, yonidan o‘tkazib yuboriladi. Bu usulda haydash jarayoni to‘xtatilmaydi. Neft mahsulotlarini ketma-ket haydashda shar (sferik) ko‘rinishidagi ajratuvchilar keng miqyosda qo‘llaniladi. Ular tabiiy yoki sun’iy kauchuk, maxsus rezina hamda neoprendan tayyorla- nadi. Ularning devor qalinligi 25 mm dan 80 mm gacha; diametr- lari esa 100 mm dan 1 m gacha bo‘ladi. Quvur ichiga tushirishdan oldin ularning ichi suv yoki boshqa suyuqliklar bilan to‘ldirilib, diametrlari quvurning ichki diametriga nisbatan 10 foizga katta- lashtiriladi. Bu sharlarning quvur devoriga tegib turish zichligini oshiradi. Ajratish jarayonining ishonchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida quvur ichiga bir vaqtning o‘zida birgalikda 10 tagacha shar tushirilishi mumkin. Shar (sferik) ko‘rinishidagi ajratuvchilar quvurning har qanday diametrdagi armaturalari orqali o‘tish qobiliyatiga ega. Shar ajratuvchilar uzoq vaqt davomida ishlatilishi mumkin (1500 km gacha yurishi ta’minlangan). Ularni quvur ichiga kiritish va qabul qilib olish quvurda joylashtiriladigan maxsus moslama yor- damida amalga oshiriladi (17- va 18- rasmlarga qarang). 54 Maqbul ajratuvchilar soni quvur ichiga tushirilganda hosil bo‘ladigan aralashmaning hajmi quyidagicha aniqlanadi: V arl = V(n–1), bunda: V – ikki ajratuvchi orasidagi quvur hajmi; n – ajratuv- chilar soni. Download 110.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling