O’quvchiga sinf rahbari tomonidan berilgan tavsifnoma sinf o’quvchisi F. I. O ga tavsifnom a


Download 14.91 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi14.91 Kb.
#999646
Bog'liq
Namuna


O’quvchiga sinf rahbari tomonidan berilgan tavsifnoma
_____-sinf o’quvchisi
F.I.O ga
T A V S I F N O M A
_____ yilning _____ fevral kuni tug’ilgan maktabning _____-sinf o’quvchisi _________________________________________ _____________ o’quv yilida maktabning 1-sinfiga qabul qilindi.
U boshlang’ich sinflarda maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilib, darslarga o’z vaqtida qatnashar, o’qituvchi va tengdoshlariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lar edi.
Ammo yuqori sinflarga o’tgan sari uning hulqida muammolar yuzaga kelib, tengdoshlariga nisbatan jizzaki, urushqoq bo’lib qola boshladi. Hususan, ____-sinfda dars mashg’ulotlarini ham sababsiz qoldirib, bugungi kunda bir necha fanlarni o’zlashtirmagan. O’quvchi ________________ maktabning jamoat ishlarida ham qatnashmaydi. Hamkor tashkilotlar tomonidan o’tkazilgan maqsadli reydlar davomida u bir necha marotaba dars vaqtida internet-kafeda bemaqsad o’tirganligi aniqlandi (boshqa misollar).
Shuningdek, o’quvchining ota-onasi bilan o’tkazilgan suhbatlar va targ’ibot ishlari samara bermadi.

Sinf rahbari __________ _________________________


(imzo) F.I.Sh. (sana)

Sinf rahbarining bildirishnomasi
____________________ direktori
________________________________ ga
___-sinf rahbari _________________ dan
B I L D I R GI
Sizga shuni ma’lum qilamanki, _____-sinf o’quvchisi _____________________ ushbu o’quv yilining sentyabr-yanvar oylarida dars mashg’ulotlarini jami 198 soat sababsiz qoldirdi. O’qishga kelgan paytlarda ham dars mashg’ulotlariga doimiy kech qolib keladi. Sababi so’ralganda turli bahonalar qiladi (boshqa misollar, masalan, xuquqbuzarlik sodir etgan, muassasa ichki tartib qoidalariga rioya qilmagan). Shu haqda o’quvchidan tushuntirish xatlari olinib, o’quvchining ota-onasi bilan bir necha bor suxbat o’tkazildi.
Olib borilgan profilaktik ishlar ijobiy natija bermaganligi bois, Sizdan ushbu o’quvchini muassasasining ichki ro’yxatiga olish masalasini ko’rib chiqishingizni so’rayman.
Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1. O’quvchi haqida umumiy ma’lumotlar.
2. O’quvchiga berilgan tavsifnoma.
3. O’quvchining tushuntirish xatlari.
4. Boshqa hujjatlar.

“__” ______ 202__ yil
Sinf rahbari: _________ _______________________
(imzo) (F.I.Sh
Download 14.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling