O`quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash


Download 86.94 Kb.
bet1/3
Sana25.04.2023
Hajmi86.94 Kb.
#1397317
  1   2   3
Bog'liq
14 O`quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash

O`quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash

  • O`quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash
  •  
  • O`quvchilarning bilish faolligini taraqqiy ettirishda sinf rahbarining vazifasi quyidagilardan iborat:
  • 1. Bilimga qiziqish va muhabbat uyg`otish.
  • Bola bilimga qiziqmasdan turib, o`qishga intilmaydi, muvaffaqiyatli o`qiy olmaydi. Bolada o`z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish, o`qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun rag`batlantirish ayniqsa ahamiyatlidir. Boladagi o`qishga qiziquvchanlik qiyinchiliklarni yengishga, faolligini oshirishga, ishonch uyg`otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib keladi.

2. O`quv mehnatiga ongli munosabatda bo`lish va unga mas`uliyat bilan yondashish.

  • 2. O`quv mehnatiga ongli munosabatda bo`lish va unga mas`uliyat bilan yondashish.
  • O`quv mehnatiga ongli munosabatda bo`lishlik ta`limning ijtimoiy, o`qishning shaxsiy ahamiyatini tushunish demakdir. Sinf rahbarlari o`quvchilarga ularning bosh vazifasi – o`qish ekanligini tushuntirishi kerak. O`qishga mas`uliyat hissi, faqat Vatan oldidagi burchgagina emas, keng ijtimoiy qamrovli – jamoa, o`qituvchilar, ota-onalar va o`z oldidagi mas`uliyat, ularning fikrlari, ma`qullashlarini eshitishga intilish, sinf, o`quv jamoasida munosib o`rinni egallashga ham tegishlidir.
  • 3. O`quv madaniyatini oshirish.
  • O`zlashtirishning past bo`lishi aksariyat hollarda, o`quvni tizimli va rejali olib borish iqtidori va ko`nikmasining bolalarda shakllanmaganligidan kelib chiqadi.

Sinf rahbarining va fan o`qituvchilarining asosiy vazifasi har bir o`quvchining faoliyatini quyidagi shartlar asosiga qurish bilan bog`liq:

  • Sinf rahbarining va fan o`qituvchilarining asosiy vazifasi har bir o`quvchining faoliyatini quyidagi shartlar asosiga qurish bilan bog`liq:
  • Faoliyatni reja asosiga qurish.
  • Qunt bilan ishlash.
  • Pala-partishlikka yo`l qo`ymaslik, saranjomlikka o`rganish.
  • Bilim sifatini oshirish.
  • Qiyinchiliklarni yengish.
  • O`quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish.
  • Bu degani o`quv mehnatini o`quvchining dam olishi bilan to`g`ri almashtirib borilishidir.
  • 7. O`qishda o`rtoqlarcha o`zaro yordam uyushtirish.
  • O`rtoqlarcha o`zaro yordam sinfda ulgurmovchilikning oldini oladi, sinf jipsligini oshiradi, jamoatchilik ruhining shakllanishiga olib keladi.
  • 8. Sinf o`qituvchilari bilan hamkorlik.
  • Sinf rahbari ta`lim-tarbiyaviy ishlarni yakka o`zi emas, balki shu sinfda dars beruvchi boshqa o`qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradi.
  • Endi bevosita ana shu ishlar mazmuni bilan tanyshib chiqamiz.
  • Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish jarayonida o`qish nafaqat har kimning shaxsiy ishi, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan ish ekanligini o`quvchilarga tushuntirib boradi.

Download 86.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling