O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari
Download 152.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Twux2qAXegN26YIRnTDn4k0R9Ytlfv3eprHcUzAf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik yoki sinfdagi konfliktning kelib chiqish sabablari
Kalit so’zlar. Pedagogik yoki sinfdagi nizoli vaziyatlar. Norozi kayfiyat va
qarama-qarshiliklar. Pedagogik jarayonda o‘qituvchi sabab bo‘lgan nizolar. Pedagogik jarayonda o‘quvchi sabab bo‘lgan nizolar. Pedagogik nizo psixologik nuqtai-nazardan olib qaraganda pedagogika va psixologiya fanlari bir-biriga uzviy bog’liqdir. Ularning har ikkisi bitta umumiy jarayonni – insonni psixik faoliyati hamda xulq-atvorini tadqiq etadi. Zamonaviy o’qituvchi ijtimoiy psixolog bo’lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o’quvchilar o’rtasida o’zaro munosabatlarini yo’lga sola olishi, bolalar jamoasida pedagogik-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. Shaxs shakllanishida u yashayotgan muhit, jamiyatning roli juda kattadir Pedagogik yoki sinfdagi konfliktning kelib chiqish sabablari - Oilasi notinch, ota –onasi janjalkash bolalar ko’pincha sinfda jizzakilik qilib, ifdoshlari va o’qituvchilari “tarbiyasi og’ir” bolalar deb ta’riflaydilar. Bundan tashqari, sinf liderlari, ayniqsa, rasmiy hamda norasmiy liderlar va ular atrofidagi o’quvchilar o’rtasida ham o’ziga xos nizolar namoyon bo’ladi. - Rivojlanishida muayyan nuqsoni bo’lgan infantil bolalar, o’ta erka tarbiyalangan bola va yoshlarning bilim saviyasi tengqurlaridan orta qolishi ham ular bilan sinfning ilg’orlari o’rtasida ziddiyatlar va kelishmovchiliklarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Chunki hissiy qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlaridagi kamchiliklar bilimlarni yetarli darajada egallash, iqtidorni namoyon etishga va sinf jamoasiga kirishib ketishga to’sqinlik qiladi, shuning uchun bu toifa bolalar ham ko’proq ichki hamda tashqi konfliktlarni boshdan kechiradi. - Ruhiy rivojlanishi sustlashgan va aqli zaif bolalar hamda yoshlar ham mashg’ulotlar paytida berilayotgan bilimlarni o’zlashtirishi qiyinlashgani va murakkablashib borishi natijasida bilimlarning mazmuni va ma’nosini egallashga qiynaladilar, bu holat ularga janjalkashlikka moyillikni kuchaytiradi. Chunki dars ular uchun mashaqqatli – ish, ular ilojini topsa darsga kelmaydi, kirmaydi, janjal qiladi, noo’rin yoki ba’zan ob’ektiv tanbehlar ularga yoqmaydi. - Sinfdagi iqtidorli bolalar darsda berilayotgan bilimlar darajasidan ko’pincha qoniqmaydi, zerikadi. O’ziga bo’lgan bahoning yuqoriligi, o’zalashtirishi osonligi ko’pincha ularning sinfdan ajralib qolishiga turtki bo’ladi. Ulardan pastroq o’zlashtiradiganlar esa ularni tushunavermaydi, ayniqsa, bilganini ularga bildirmasa, yomon ko’ra boshlaydi. Ayrim iqtidorli o’quvchilar o’qituvchi bilan kelisha olmaydi, shu sababli o’zlashtirishdan orqada qolayotgan tengdoshlari ham, uning talabi va istagi darajasida dars berolmayotgan pedagog bilan ham konfliktga kirishga moyil bo’lib qoladi. - Doimo hammadan norozi, atrofdagilarga muxolifatda bo’lishga moyil o’quvchilar guruhi ham bo’ladiki, bunday o’quvchilar ota – onasiga, o’qituvchilarga va boshqa kattalarga salbiy munosabatda bo’ladilar. Ularning gapiga ishonmaydilar. Mavjud tartib intizomga bo’ysunishni istashmaydi. Qasddan darsdan qochib ketadi, ota – onasiga azob berish uchun o’g’irlik qiladi, arzimagan narsaga janjal ko’taradi. - Birovlarga taqlid natijasida yuzaga keladigan konfliktlar. Bolalar yoki yoshlar o’zidan katta kishilarga, ba’zan kino aktyorlarga va boshqa sevimli qaxramonlarga taqlid qilib sinfdagi tartib intizomga, axloq normalariga rioya qilishni istamaydilar, shu - tufayli intizomli va bosiq o’quvchilar ularni tushuna olmay, nizolar kelib chiqadi. Download 152.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling