O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari


Pedagogik jarayonda o‘qituvchi sabab bo‘lgan nizolar


Download 152.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana11.11.2023
Hajmi152.24 Kb.
#1767447
1   2   3   4
Bog'liq
Twux2qAXegN26YIRnTDn4k0R9Ytlfv3eprHcUzAf

Pedagogik jarayonda o‘qituvchi sabab bo‘lgan nizolar 

O’qituvchi doimo baqiradi, o’zining yoki atrofdagilarning gaplarini 
oxirigacha eshitmaydi; 



Alohida o’quvchilarni ajratib, o’zining “suyukli”lariga aylantirgan
ularga ayricha yaxshi munosabatda bo’ladigan o’qituvchining xulqidan qolgan 
o’quvchilarning norizoligi paydo bo’lgani sababli, ular nizoga moyil bo’lib
qoladilar; 

Mayda 
gap, 
o’quvchilarni 
arzimagan 
narsa 
uchun 
ham 
jazolayveradigan pedagog ham o’z kasbdoshlari hamda o’quvchilar o’rtasida 
nizokash bo’lib qolishi mumkin; 

Dars va darsdan tashqari jarayonlarda ham o’quvchilarga mustaqillik 
bermaydigan, hamma narsa u aytganidek bo’lishini talab qiladigan o’qituvchi nizo 
talab bo’lib qoladi. 

O’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida yuzaga keladigan nizolarni oldini 
olish bo’yicha trening mashg’ulotlari 
Tanishuv: Dastaval trening qoidalariga muvofiq noodatiy tarzda 
ishtirokchilar bilan o’zaro tanishuv jarayoni amalga oshiriladi. Bu jarayon nafaqat 
tanishuv balki beriladigan topshiriqlarni bajarishdagi emotsional to’siqlarni olib 
tashlaydi. Tanishuvda har bir ishtirokchi o’z ismini aytib, insonlardagi o’zi eng 
yoqtirgan bitta jihat va o’zi yoqtirmagan bitta xarakter jihatini aytib o’tishi lozim. 
Shu tarzda jamoaning barcha a’zolari bir birlari bilan tanishib olishadi. 
Shundan so’ng asosiy mashg’ulotlarga o’tiladi. 
1 mashg’ulot: “Reaksiya” mashqi Trening ishtirokchilari doira shaklida 
turib oladi. Barcha ishtirokchilar o’ng qo’lida kichikroq hajmda bir predmet 
(masalan) ushlab, chap qo’lini sherigini o’ng qo’lidagi predmetni olib qo’yishga 
shaylab turadi. Trener qachonki, uchgacha sanab, uch raqamini aytishi bilan 
ishtirokchilar o’zini va sherigini qo’lidagi ruchkani olib qo’yishi lozim. 
Bu mashg’ulot ishtirokchilarga o’z-o’zini nazorat qilish ko’nikmalarini 
shakllantirish imkoniyatini beradi. 
2 mashg’ulot: “O’rin almashish” mashqi Bu mashg’ulotda ikkita ishtirokchi 
tanlab olinadi va qolgan ishtirokchilakga diqqat bilan jarayonni kuzatish tayinlanadi. 


Ikki ishtirokchiga bir nizoli vaziyat beriladi. Ulardan biri aniq aybdor rolini 
o’ynaydi. Keyin ularni roli almashtiriladi. Shu orqali nizoli paytida sherigini tushuna 
olish ko’nikmalari shakllantiriladi. 
Bu mashg’ulot orqali ishtirokchilarda nizoliy vaziyatda sherigini o’rniga 
o’zini qo’yib ko’ra olish, tushuna olish ko’nikmalari rivojlantirailadi. 
3 mashg’ulot: “Uch demang” mashqi Trening ishtirokchilari doira shaklida 
o’rinlaridan turib oladi. O’ng tomondan boshlab ishtirokchilar ketma ketlikda sanay 
boshlaydi. Kimga uch raqami, uch raqami qatnashgan sonlar yoki uch raqamiga 
bo’linadigan son tushin qolsa, u raqamni aytmasdan, qarsak chalishi sherigi esa 
keying raqamni aytib davom etaverilishi kerak. Agar kimdir u raqamlarni bilmasdan 
aytib qo’ysa, safni tark etadi. 
Bu mashg’ulot ham ishtirokchilarga o’z-o’zini nazorat qilish, so’zlamoqchi 
bo’lgan gaplarini o’ylash ko’nikmalarini shakllantirish imkoniyatini beradi. 
Yuqorida keltirilgan mashg’ulotlarni bajarish orqali har bir tinglovchi o’zida 
nizoli vaziyatlarni samarali boshqarish ko’nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega 
bo’ladi. 

Download 152.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling