O'quvchilar nutqidagi xatolarni aniqlash va bartaraf etish reja


Download 57 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi57 Kb.
#1054860
  1   2
Bog'liq
O\'quvchilar nutqidagi xatolarni aniqlash va bartaraf etish


O'quvchilar nutqidagi xatolarni aniqlash va bartaraf etish


REJA:



  1. Boshlang'ich sinflarda yozuv darslarining reja asosida olib borilishi.

  2. Boshlang'ich sinflarda yozuv darslarida olib boriladigan yozuv mashg'ulotlari.

  3. Yozuv mashg'ulotlarining rejasi.

  4. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozuvlarda uchraydigan xatolarni tuzatish.

Dastur talablariga muvofiq, to'rtinchi oxiriga kelib, har bir o'quvchi tez va chiroyli yozishi lozim.


Ammo shunday o'quvchilar ham uchraydiki, ular yozuv malakasini to'la egallab olomaydilar, harflaming shaklini pala partish, katta-kichik qilib har xil yozadilar. O'quvchilar tomonidan noto'g'ri yozilgan harflarni tuzatish har bir predmet o'qituvchisining eng muhim va qiyin vazifalaridan biridir. Bu masalani ehtiyotlik bilan hal etish lozim.
Kamchiliklarni tuzatishga kirishishdan oldin uning asosiy xatosi nimada ekanligini aniqlash zarur.
O'quvchilarning yozuvlarida keng tarqalgan kamchiliklardan biri ayrim harflaming noto'g'ri ifodalanishi sababli xatning o'qib bo'lmasligidir. Ayrim o'quvchilar esa harflarni quyidagicha buzib, har xil balandlik va qiyalikda yozadilar:
Men xat yozdim
Bu o'z navbatida o'qishni qiyinlashtiradi, yozilgan matnni noaniqlikka olib keladi.
Ayrim o'quvchilar esa har bir harfni alohida-alohida ajratib qo'l harakatini uzib yozadilar.

M e n x a t y o z d I m

Harflarni bunday alohida yozish yozuv tezligini kamaytiradi, o'quvchi boshqa o'quvchilardan orqada qoladi.
O'quvchilarda uchraydigan yana bir kamchilik haddan tashqari mayda yozuvdir:
Men akamga xat yozdim
Aksincha, ayrim o'quvchilar esa juda yirik yozadilar:
Men xat yozdim
Haddan tashqari mayda yozuv qo'lni charchatadi, o'qishni qiyinlashtiradi, yirik yozuv esa yozuv tezligini kamaytiradi va o'quvchi buning uchun ko'p vaqt sarflaydi.
Shuning uchun o'quvchilarda uchraydigan ayrim tipik xatolarni o'z vaqtida, ya'ni harflarning shaklini yozishga o'rganayotgan vaqtda tuzatish lozim.
Quyida o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolarni ko'rsatib o'tamiz.
1. Tagi ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni yozishda siniq chiziq hosil qiladilar va quyidagicha tor yoki keng qilib yozadilar:
Bunday xatolarni yo'qotish uchun shu element yozilishini qayta mashq qildirish lozim, chunki bu element ko'pchilik kichik harflar uchun asosiy element hisoblanadi.
2. Tagi va usti ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni quyidagicha buzib yozadilar.

Bunday kamchiliklarning oldini olish uchun ilmoqlarni to'g'ri yozishga o'rgatish lozim.


3. Tagi tugunchakli uzun tayoqcha shaklidagi elementni ham quyidagicha buzib yozadilar:
Bunday xatolar o'quvchilarning yozuvning qiyaligiga e"tabor bermasliklari natijasida sodir bo'ladi.

4. Tagi tugunchakli elementni haddan tashqari kichik yoki katta qilib yozadilar:






Bu xatolarning oldini olish uchun shu elementni harflar bilan bog'liq holda yozib ko'rsatish va harfga taqqoskash zarur.


5. Katta N, M harflarini yozishda uning birinchi elementini noto'g'ri yozadilar:




Bu xatoni yo'qotish uchun shu elementni kattalashtirib ko'rsatish lozim.


6. O'quvchilar kichik cho'zinchoq doira shaklidagi O harfmi yozishda ham ayrim xatolarga yo'l qo'yadilar. Bu harfni yozishda uchragan kamchiliklarni tuzatish uchun katta o'lchamdagi quyidagi jadvaldan foydalanish lozim.

Biz o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolar bo'lishini ko'rsatib o'tdik, bunday kamchiliklar bosh harflarda ham, kichik harflarda ham uchrashi mumkin. Bosh harflarda uchraydigan tipik xatolarni ham ona tili darslarida ko'rsatib, tanishtirib boorish mumkin.


Harflarning shakli buzilishiga ishning to'g'ri tashkil etilmaganligi, yozuv qurollaridan to'g'ri foydalanmaslik ham sabab bo'ladi.
Xati xunuk o'quvchi ko'pincha avtoruchkani noto'g'ri ushlaydi yoki o'zi noto'g'ri o'tiradi. Avtoruchkada siyohning yetarli bo'lmasligi yoki sharikli avtoruchkaning pastasi qotib qolishi ham yozuvning buzilishiga olib keladi.
Ayrim hollarda o'quvchining ko'rish qobiliyati yaxshi bo'lmasa ham yozuv buzilishi mumkin.
O'qituvchi o'quvchilarning yozuvlari buzilish sabablarini aniqlash bilan birga, uni bartaraf etish yo'llarini topishi kerak.
Agar o'quvchilar harflaming shaklini butunlay noto'g'ri yozsalar yoki harflaming baland va qiyaligiga e'tibor bermasalar, bunday o'quvchilar bilan qaytadan mashqlar o'tkazish lozim. Qayta mashq o'tkazishda o'qituvchi o'quvchilarning diqqatini ko'proq butunlay uzib yoziladigan harflaming shakliga qaratish lozim.
Yozuv malakasi past bo'lgan o'quvchilami ravon, tekis qilib yozishga o'rgatish, chamalash qobiliyatini o'stirish va harflarni umumiy qoidaga amal qilishga o'rgatiladi. Harflaming qiyaligini to'g'ri saqlashga o'rgatishda qo'l va barmoq muskullarining harakatini o'stiruvchi mashqlar muhim rol o'ynaydi.
Yomon yozadigan o'quvchilarning har bir bajargan mashqlarini o'qituvchi kuzatib va tekshirib borishi zarur.
Davr o'zgarishi bilan yozuv qurollari ham takomillashib bormoqda, ularga bo'lgan munosabatlar ham ozgarmoqda. Ayniqsa, soddalashtirilgan yozuv sistemasining tezligiga va harflarni qo'l harakatini uzmay bog'lab yozishga talab kuchayadi. Xalq maorifi sistemasini qayta qurish davrida maktablarimiz oldida chiroyli yozuvga o'rgatishni takomillashtirish borasida qator yechilmagan muammolar mavjud. Biz bu muammolarni mazkur qo'llanmada yoritishga harakat qildik.
Olti yoshli bolalarga yozuv malakasini singdirish o'qituvchilardan chidam va mahorat talab etadi. Shuning uchun biz bu haqda kengroq to'xtalib, tayyorgarlik mashqlarini o'tkazish uchun aniq ko'rsatmalar berdik. Bu davrda chiroyli yozuvga o'rgatishning murakkabligini hisobga olib, yozuv malakasini shakllanishida asosiy rol o'ynovchi yordamchi qiya chiziqlarni saqlab qoldik. Faqat ikkinchi sinfdan boshlab bir chiziqli daftarga yozdirib mashq qildirish mumkin.
Boshlang'ich sinflarda chiroyli yozuv malakasini shakllantirish uchun faqat harflar namunasidan, husnixat darsliklari bilan kifoyalanib qolmasdan, turli texnika vositalari: diafilm, epidiaskoplardan ham foydalanish yaxshi samara beraidi.
Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi, maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari oldiga muhim vazifani-bolalarni maktabda o‘qishga psixologik jihatdan tayyorlash, ya’ni boshlang‘ich sinflarda muvaffaqiyatli o‘qish, boshlang‘ich maktabning dasturini to‘la o‘zlashtirib olish uchun zarur bo‘lgan ruhiy sifatlar, bilim, ko‘nikma va malakalari tarkib toptirish vazifasini qo‘yadi.
Bolaning aqliy rivojlanishida og‘zaki nutqning vujudga kelishi katta ahamiyatga ega. Tarbiyachi bolaning so‘z boyligini aniqlaydi, boyitib boradi va faollashtiradi, bolalarni tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rgatadi, og‘zaki nutqning turli shakllarigi – monolog (aytib berish, qayta hikoya qilib berish) va dialogga (so‘zlashuv yoki savol – javob nutqiga), so‘zlarni grammatik jihatdan to‘g‘ri o‘zlashtirish va to‘g‘ri tuzishga o‘rgatadi.
Bolalar bog‘chasida ham, maktabda ham olib boriladigan ishlar ta’lim standartlari, dasturida ko‘rsatilgan bilim va malakalarni hosil qilish, shaxsning ba’zi bir xususiyatlarini, hulq-atvorini tarbiyalashga qaratilgan.
Dastur talablarini to‘laqonli bajarish uchun tarbiyachi va o‘qituvchilar o‘z tarbiyalanuvchilarining barcha xususiyatlarini, ayniqsa, nutqiy rivojlanishini har tomonlama tekshirib, kamchiliklarini aniqlashlari, bularni bartaraf etish yoki bolani tegishli mutaxassislarga, ular esa tegishli muassasalarga yuborishlari talab etiladi.
Logopedik tekshirishlar ta’lim-tarbiya usullari va prinsiplari asosida olib boriladi va bunda bola har tomonlama tekshirib ko‘riladi.
Logopedik tekshirishlar ikki shaklda olib boriladi: induvidual va frontal tekshirishlar. Induvidual tekshirishlar o‘quv yilining boshida tarbiyachi yoki o‘qituvchining har bir bolani kamida ikki hafta davomida kuzatib borishidan iborat bo‘ladi. Frontal tekshirish vaqtida bolalar bog‘cha gruppasi yoki sinfda she’r, hikoya aytib beradilar, savollarga javob qaytaradilar yoki rasmga qarab hikoya tuzadilar. Bu vaqtda bolalar nutqining umumiy holati, artikulatsiyasi, nutq sur’ati, tovushlar talaffuzi, ovoz kuchi, sifati kuzatib borilib, ular nutqidagi kamchiliklar aniqlanadi. Shundan so‘ng nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar alohida ro‘yxatga olinadi, gruppaning nutq kartasi tuziladi. Nutqida kamchiligi bo‘lgan har bir bola uchun induvidual nutq kartasi to‘ldiriladi.
Induvidual va guruh nutq kartalariga quyidagi moddalar kiritiladi: 1) bolaning ismi, familiyasi, 2) yoshi, 3) millati, bog‘cha yoki maktabga kelgan vaqti, 4) ota-onasi, tarbiyachisi yoki o‘qituvchisining shikoyati, 5) bolaning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar: umumiy, nutqiy rivojlanishi, 6) psixonevrolog xulosasi, 7) eshitish qobiliyati, 8) ko‘rish qobiliyati, 9) artikulyatsion apparatining tuzilishi va harakatchanligi, 10) fonematik uquvining holati, 11) tovushlar talaffuzi, 12) lug‘at boyligi (impressiv, ekspressiv nutq holati), 13) yozma nutq (o‘qish va yozish) malakalari, 14) nutq sur’ati, maromi, ravonligi, 15) Intellektining holati, 16) logopedik xulosa va boshqalar.
Nutq kartalari asosan yuqoridagi moddalardan iborat bo‘ladi, biroq muassasalarning turiga qarab (maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasi, boshlang‘ich maktab, nutqiy, yordamchi maktab), ularning xili, mazmuni qisman o‘zgartirilishi mumkin.
Tarbiyachi va o‘qituvchi bolalarning tibbiy kartalarini o‘rganib chiqib, otolaringolog, okulist, psixonevrologlarning xulosalari bilan tanishadi va bularni nutq kartasiga kiritib qo‘yadi.
Bola intellekti to‘g‘ri va teskari sinash, bir necha qismlarga bo‘lingan rasmlardan bir butun rasm tiklash, turli xil predmetlarni taqqoslab, solishtirib, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash, (masaoan: quyosh-lampa, olma-tarvuz va h.k.); rasmlarni klassifikatsiyalash, (masalan: sabzavot, mevalar va h.k.); ortiqcha predmetni ajratib olish, masalan: “To‘rtinchisi ortiqcha” o‘yini; ko‘chma ma’noli so‘zlarni, maqollarni tushunish qobiliyatini sinab ko‘rig orqali tekshiriladi, bunda bolaning yoshiga mos keladigan boshqa tekshirish usullari ham qo‘llanishi mumkin.
Bola nutqini tekshirishga qaratilgan har qanday topshiriqlar ham uning intellekti, fikrlash qobiliyatini aniqlashga yordam beradi.
Artikullyatsion apparatning tuzilishida har xil kamchiliklar kuzatilishi mumkin. Tarbiyachi bolaning tishlari, tili, jag‘lari, tanglayi, lablarining tuzilishini ko‘rib chiqadi. Ularning tuzilishida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmay turib, bola nutqida qo‘pol kamchiliklar kuzatilishi mumkin. Shuning uchun artikullyatsion apparatning harakatchanligini ham ko‘rib chiqish zarur. Bolaga lablarni cho‘chchaytirish, jilmayish, puflash, tilni tepaga ko‘tarish, chapga-o‘ngga harakatlanish, tanglayni yalash, lablarni yalash singari topshiriqlar beriladi va hokazo.
Artikullyatsion apparatning tuzilishi va harakatchanligi obdon tekshirilib, tahlil qilib chiqiladigan bo‘lsa, bolaning nutqi va ayniqsa tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini ko‘pincha aniqlab olish mumkin.
Tovushlar talaffuzi har xil darajada buzilgan bo‘lishi mumkin. Bolaning aksari taqlidchan bo‘lgani tufayli, u barcha tovushlarni tarbiyachi yoki o‘qituvchi ketidan to‘g‘ri talaffuz etadi. Dislaliya mavzusida aytib o‘tganimizdek amaliyotda asosan sirg‘aluvchi, sonor, yollashgan unlilar ayniqsa ko‘p talaffuz etiladi. Shuning uchun bu tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar quyidagi tartibda tekshiriladi: sirg‘aluvchi-s,z,sh,ch,s, sonor-m,n,l,r, ng; til orqa-k,g,h; chuqur til orqa-q,g‘; frikativ-h; jarangli-jarangsiz tovushlarning almashtirilishi; yollashgan unlilar-ye,yo,yu,ya.


Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling