O'quvchilar shaxsini har tomonlama kamol toptirish reja: Kirish


Odobnoma darsidan «Salomlashish odobi» mavzusida bir soatlik dars reja-ishlanmasidan namuna


Download 156.5 Kb.
bet11/14
Sana18.06.2023
Hajmi156.5 Kb.
#1577520
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-O\'QUVCHILAR SHAXSINI HAR TOMONLAMA KAMOL TOPTIRISH

Odobnoma darsidan «Salomlashish odobi» mavzusida bir soatlik dars reja-ishlanmasidan namuna.

Dars O‘zbekiston madhiyasi bilan boshlanadi. O‘quvchilar bilan siyosiy savol-javoblar o‘tkaziladi:



  • O‘zbekiston qachon mustaqil bo‘ldi?

  • Madhiya, gerb, bayroqni ta’riflab bering.

  • Vatan haqida she’rlar ayting.

  • Konstitutsiya qachon qabul qilingan?

  • Konstitutsiya moddalaridan ayting.

YAngi mavzu: Salomlashish odobi.
Mavzu asosida ma’ruza o‘qiladi.
Salomlashib yurish - har insonga qarz ham farz. Salom berish - islom dinida ham sunnat hisoblanadi.
«Assalomu alaykum» so‘zi arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, «Men sizga tinchlik, sog‘lik-salomatlik tilayman» degan ma’noni bildiradi.
Bu so‘zni to‘g‘ri ayta olish, to‘g‘ri talaffuz qilish zarur. Kichik yoshdagi o‘quvchilarga, salom berish odobi haqida tushuncha berish uchun ham, ertaklardan, maqollardan namunalar keltirishimiz mumkin.
Salom berish ertaklarda ham yaxshiliklar keltirishini bilamiz. Masalan, «Kenja botir» ertagida Kenja botir yalmog‘izga duch keladi!

  • Assalomu alaykum onajon deydi.

  • Gar saloming bo‘lmasa, ikki yamlab bir yutar edim - deydi yalmog‘iz.

YAlmog‘iz qanday inson ekanligini ham bilamiz. Lekin keyinchalik u Kenja botirga yordam berdi.
Salom haqida she’rlar, qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlar ijro etiladi. O‘quvchilar she’rlar va qo‘shiqlar aytib, sahna ko‘rinishlarida har xil obrazlarni ijro etib o‘z qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
Dars yakunida salom haqida rivoyatlar, hadislar va maqollar aytadilar.
Odobnoma darslarining muntazam ravishda o‘qitib borilishi o‘quvchilarning odob-axloqi, tarbiyali, aqlli bo‘lib tarbiya olishida katta yordam beradi. Pedagog o‘qituvchilar uchun o‘quvchilarni tarbiyalash, ularning ongini o‘stirish, komil inson qilib etishtirish juda ham katta mas’uliyat yuklaydi.
Odobnoma darslari o‘quvchilarga turli axloqiy tushunchalarni yoritib beradi va ularga odob-axloqdan chuqur bilim beradi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun odobnoma darsi juda ham katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar bu darsga katta qiziqish bilan intiladilar, uni chuqur o‘rganadilar.
Boshlang‘ich sinf «Odobnoma» fanidan yana bir soatlik dars-reja ishlanmasi:

Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling