O’quvchilarga detallarning ish chizmalarini bajarish


Kur ishi mavzusining dolzarbligi


Download 0.57 Mb.
bet2/6
Sana26.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1126029
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’QUVCHILARGA DETALLARNING ISH CHIZMALARINI BAJARISHNI O’RGATISH

Kur ishi mavzusining dolzarbligi: Yuqоrida aytilgan ta’sirlarga qaramasdan bu mavzularni o`rganish va o`zlashtirish sifatiga dastlabki tanishtirish – tahlil darslarining ahamiyati ko`p bоg`liq. Mazmun nuqtai nazaridan bu darslarda o`quvchilarni zamоnaviy ishlab chiqarish va sanоatda kеng tarqalgan dеtallar, ularning turlari va nоmlanishi, shuningdеk, ajraladigan va ajralmaydigan birikmalari bilan tanishtirish kеrak (105-shakl).
Kur ishining maqsadi: Talabalarga sxemalarni tushuntirish, ular yordamida chizmalarni chizishni va uni o‘qiy olishni o‘rgatish va uning metodikasini ishlab chiqish orqali talabalarni muhandislik grafikasi fanlariga qiziqishlarini yanada oshirish.
Kurs ishining vazifasi:

  • bo‘lajak muhandislik grafikasi o‘qituvchilarining - muhandislik grafikasi bo‘yicha kasbiy tayyorgarligi tizimi mazmunining nazariy va amaliy holatini o‘rganish va tahlil qilish;

  • talabalarga sxemalar va ularning turlari haqida tushunchalar berish va takomillashtirish;

  • talabalarning mavzu yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakasini shakllantirish;

  • talabalarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida muammoli darslarni tashkil eta olish ko‘nikmasini shakllantirish.

Kur ishining ob’yekti: Oliy ta’lim tizimida “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalariga grafikaviy ta’lim berish jarayoni.
Kur ishining predmeti: Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning muhandislik grafikasi ilmini egallash jarayonidagi ta’lim mazmuni va texnologiyasi.
Kur ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi kirish, ikki bob, besh paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib jami 30 sahifani tashkil etadi.


I.BOB MASHINA DETALLARINING SHAKLI VA ELEMENTLARI.
1.1 MATERIALLAR VA ULARNING CHIZMADA BELGILANISHI
Mashina detallarini loyixalash ko`pgina texnikaviy masalalar bilan birga yechiladigan murakkab ijodiy jarayondir. Bunday masalalarga, detalning mustaxkamligini va chidamliligini, texnologikligini soddagina tayyorlash, yig`ish va ajratishning qulayligini, eng yengil massali va boshqa ko`pgina qulayliklarni ta`minlash kiradi.
Detal qanchalik murakkab shaklga ega bo`lmasin, konstruktor bu detalni oddiy geometrik jismlarning yoki ular qismlarining mujassamlashgan yig`indisi
sifatida loyixalaydi.
Detalning eskizini yoki ish chizmasini tuzishdan oldin detalning shaklini fikran alohida-alohida geometrik jismlarga ajratgan holda sinchiklab o`rganib chikish lozim. Faqat shu shartlar bajarilgandagina mukammal eskiz va ish chizmasini olish mumkin.
Proushina (1-shakl, a) quyidagi jismlardan iborat rezbali teshigi bo`lgan kesik konus 1 dan, to`g`ri doiraviy silindr 2 dan, to`g`ri burchakli parallelepiped 3 dan, silindrik o`yiqlari bor ikkita to`g`ri burchaklik parallelepiped 4 dan va ichi ikkita yarim silindrlardan tuzilgan.



1-shakl
2-shaklda eng ko`p uchraydigan mashina detallari elementlarining tasviri va nomlari keltirilgan



2-shakl

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling