O’quvchilarga muammoli vaziyatga oid masalalar vositasida talim berish metodikasi


Download 0.51 Mb.
bet12/15
Sana31.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1312107
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ADXAM KARAMATOV 29.03

Matematik-statistik usul – oldingi usullar natijasida to’plangan materiallarni tahlil qilishda, umumlashtirishda qo’llaniladi. Bunda har bir usulning natijalari aniq baholanadi va ishonchli xulosalarga kelinishi ta’minlanadi. Pedagogik tadqiqot statistika ma’lumotlarisiz, ularning empirik tahlilisiz o’zligini namoyon eta olmaydi. Chunki ta’lim sifati ko’rsatkichlari, u yoki bu qo’llanilayotgan usullarning barcha natijalari va samaradorlik foizlari statistika usuli orqali aniqlanadi. Bu o’z navbatida kelajak rivojlanish rejalarini tuzishga imkon beradi.

  • Ilg’or tajribalarni o’rganish usuli – ilg’or tajribali, malakali pedagoglar faoliyati (oddiylari ham) bevosita va bilvosita o’rganiladi. Bunda pedagogik faoliyatdagi yutuq va kamchiliklar aniqlanadi, o’zaro tajriba almashinadi hamda malaka oshiriladi.

  • Tadqiqot natijalarini amalda tatbiq etish usuli – masalan, tadqiqotchilarning ilmiy ish natijalari bo’yichailmiy-amaliy seminar, forum yoki konferensiyalarda ma’ruza va dokladlar bilan chiqishi, ilmiy maqolalar, darslik, qo’llanmalar, metodik tavsiyalar yozishi, kitoblar nashr qilishi tushuniladi.

    Aloqador fanlarning ilmiy-tadqiqot sohasi sifatida ta’lim texnologiyalarining turli fanlar bilan bog’liqliklari yaqqol ko’rinadi. U keng ko’lamli ijtimoiy hodisa bo’lib, ko’p fanlarning tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Bunda har bir fan o’z maqsad va vazifalariga muvofiq yo’nalishlarda pedagogik texnologiyani chuqur o’rganishi natijasida uni takomillashtirish yo’l-yo’riqlarini belgilab boradi.
    Ta’lim texnologiyalari boshqa fanlardan ajratilgan holda rivojlana olmaydi. Ta’limning ob’ekti inson bo’lganligi uchun insonni o’rganuvchi, uning taraqqiy etishi masalasiga taalluqli barcha fanlar bilan hamkorlik qiladi.
    Ta’lim texnologiyalari fanining metodologik asosini pedagogika fani tashkil etadi. O’qitishjarayoni, barkamol shaxsni tarbiyalash, qobiliyatlarni rivojlantirish, bilish faoliyati xususiyatlari bu ikki fanmaqsadlarini birlashtiradi. Amerikalik psixolog B.Skinner ta’rifiga ko’ra, ta’lim texnologiyalari pedagogika va psixologiyaning eng ilg’or bilimlarini ta’limda uyg’unlashtirish hamda unumli foydalanish, o’qitishning muayyan usullari, shakllari va vositalarini belgilovchi psixologik-pedagogik ustanovkalar yig’indisidir.
    Psixologiya fani inson ruhiyatining rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi, Pedagogika fani shaxs rivojlanishini boshqarish qonuniyatlarini o’rganadi, ta’lim texnologiyalari esa bu ikki fanning eng ilg’or bilimlaridan foydalangandagina rivojlanadi. Bugungi zamonaviy davr sharoitida inson resurslari va uning bilish faoliyati imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayoni mahsuldorligini oshirishda psixologik bilimlarga hamda ta’lim texnologiyalarining psixologik asoslarini o’rganishga kuchli ehtiyoj seziladi.

    Download 0.51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling