O’quvchilarga muammoli vaziyatga oid masalalar vositasida talim berish metodikasi


Download 0.51 Mb.
bet2/15
Sana31.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1312107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ADXAM KARAMATOV 29.03

Bitiruv malaka ishi maqsadi: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanidan muammoli ta’limni qo‘llash asosida o‘quvchilarida o‘quv-bilish faolligini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malaka ishining vazifalari:

  • ta’lim oluvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, bilish faoliyatini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • o‘quvchilarda mustaqil ishlash, izlanish hamda o’z-o’zini rivojlantirishko’nikma va malakalarini shakllantirish;

  • o’z-o’zini anglash, aniq maqsad qo’yish, faoliyatga va kasbgaongli yondoshuvni shakllantirish;

  • muammolarni hal qilish yo’llarini aniqlash malakalarinirivojlantirish;

Bitiruv malaka ishi ob’ekti:Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanidan muammoli ta’limni qo‘llash asosida o‘quvchilarida o‘quv-bilish faolligini rivojlantirish jarayoni.
Bitiruv malaka ishi predmeti:Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanidan muammoli ta’limni qo‘llash asosida o‘quvchilarida o‘quv-bilish faolligini rivojlantirishningmazmuni, shakllari, metodlarivavositalaritashkiletadi.
Bitiruv malaka ishining usullari. Tadqiqotda tahlil qilish, xorijiy va ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish, suhbat, kuzatish, ekspert baholash, test va so‘rovnomalar o‘tkazish, tajriba-sinov natijalari gamatematik-statistik ishlov berish kabi usullardan foydalanildi.


I BOB. TA’LIM TEXNOLOGIYALARI FANINING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI, ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1. Ta’lim texnologiyalari fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o’tishi bilan kengayib taraqqiy etib borishi natijasida uning shakl, usul va vositalari ham takomillashib bormoqda. Hozirgi inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatdan ko’zda tutilgan maqsadlarni to’liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham so’nggi yillarda ta’lim texnologiyalari faol tarzda amal qila boshladi.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda, asosan, inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan- avlodga uzatish amalga oshiriladi.
Inson hayoti axborotlar bilan chambarchas bog’liq. Insonning har bir harakati axborot olish va uzatish yoki undan foydalanish,
uni o’rganish, o’zlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat. Shuning
uchun ham hozirgi insoniyat sivilizatsiyasi axborot sivilizatsiyasi deb ataladi. XXI asrni ham bejizga axborot asri deb atashmagan.
“Sivilizatsiya – axborotni to’plash, tahlil qilish va undan foydalanish hamda atrof-muhit va o’zi haqida axborot yaratish uchun eng ko’p ma’lumot olishga qodir bo’lgan moddaning yuqori turg’un holatidir”.
Bu ta’rifdan axborotni avloddan-avlodga uzatishning, ya’ni ta’lim- tarbiya ishining ahamiyati qanchalik muhim ekanligi ko’rinib turibdi. Ya’ni, ta’lim-tarbiya sivilizatsiyaning mavjudlik sharti hisoblanadi.
Texnologiya so’zi (yunon. “texno” – san’at, mahorat, malaka, “logos” – fan, ta’limot, tushuncha, fikr, ma’no) so’zi ishlab chiqarishda yangi sifat va miqdor o’zgarishlariga olib keluvchi samarali usullar yig’indisi, tizim ma’nosida qo’llaniladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling