O’quvchilarga randalash va randa turlari, ularni ishga sozlash mavzusini o’qitish metodikasi docx
Download 82.8 Kb.
|
O’quvchilarga elektr randa va undan foydalanish qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chok randa.
- Konish randa
Zakrov randa yordamida oyna solinadigan buyum qismlariga zakrov ochiladi. Uning tig‘i kundaga to‘g‘ri yoki burchak hosil qilib o‘rnatiladi. Shunga mos ravishda uning tig‘lari to‘g‘ri yoki qiyshiq burchakli bo‘ladi.
To‘g‘ri tig‘lisiga nisbatan qiyshiq tig‘li zakrov randa bilan randalash oson va sirt silliq chiqadi. Ba’zan zakrov ochishda yog‘och tolalarining o‘sish yo‘nalishiga teskari randalashga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda to‘g‘ri tig‘li randa ishlatish qiyin bo‘ladi va sirt silliq chiqmaydi. Zakrov randa bilan hamma vaqt kesim yuzi 1 sm2 bo‘lgan zakrov ochiladi. Zakrov randaning yon va ustki (yo‘naltiruvchi va cheklovchi) to‘sqichlari bo‘lib, ular tig‘ning taxtaga yon va ustki tomonidan 1 sm dan ortiq botishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kesimi 1 sm2 bo‘lgan zakrov zakrov ochilishini ta’minlash uchun randalash payraxa chiqmay qolguncha davom ettiriladi. Aks holda qismlarni yig‘ishda ulardagi zakrovlar bir-biriga mos kelmasdan (bir tekislikda yotmasdan) buyum sifatining buzilishiga, oynalarning bir tekis jips yotmasligiga sabab bo‘ladi. Chok randa. Taxta materiallardan pol, g‘ov, darvoza, rovvot kabilarni tayyorlashda, ularning qurishi natijasida tirqish ochilib qolmasligini ta’minlash uchun choklab biriktiriladi. Bu maqsadda chok randadan foydalaniladi. Chok randa zakrovrandaga o‘xshash to‘g‘ri va qiyshiq tig‘li bo‘lib, tig‘ining eni 30 mm gacha bo‘ladi. Bu randaning yo‘naltiruvchi va cheklovchi to‘sqichlari yo‘q. Uni taxta bo‘ylab to‘g‘ri yurgizish qiyin. Shuning uchun chok randa konish randadan so‘ng chok ochish va sirtlarni tozalash maqsadida ishlatiladi. Ayrim hollarda taxtaning chetiga chok o‘lchamiga moslab parallel holda yo‘naltiruvchi-cheklagich chaspak mixlab qo‘yib randalanadi. Bu narsa chok randani to‘g‘ri yurgizish imkonini beradi. Ba’zan chok randa kundasining o‘ng va chap tomonlariga ochiladigan chokning o‘lchamiga moslab yo‘naltiruvchi-cheklagich chaspak mixlab olinadi. U xilda moslangan randa 12 yordamida taxta chetlarinigina randalash mumkin, o‘rtadan “suv” ochish mumkin bo‘lmaydi. Taxtalarni choklab biriktirishda chokning chuqurligi hamma vaqt taxta qalinligining yarmiga teng qilib olinadi. Shuning uchun kundaning o‘ng tomoniga mixlanadigan ustki cheklagich shu o‘lchamga moslab o‘rnatiladi. Chok randaning tig‘i kundadan enlik bo‘ladi. Tig‘ning kundadan ensiz bo‘lsa, u bilan chuqur randalab bo‘lmaydi. Konish randa reyka, brusok, kesaki kabilarda konish (faner, eshik dilalari tushadigan “suv”) ochishda ishlatiladi. Konish randa kundasiga vintlar o‘rnatilib, unga yo‘naltiruvchi taxtacha kiydiriladi. Randani ishga sozlashda taxtacha bilan kundani bir-biriga parallel o‘rnatib, ular orasidagi o‘lcham gayka va kontragaykalarni surish yo‘li bilan sozlanadi. Olingan konishning enlik va ensiz bo‘lishiga qarab (har xil qalinlikdagi faner va dilalarga moslab) randaga enlik yoki ensiz tig‘lar o‘rnatiladi. Konish randani o‘lchamga sozlashda konishni taxtaning qoladigan qismidan ochilib qolmasligiga e’tibor beriladi. Shuning uchun hisoblash yo‘naltiruvchi taxtachadan tig‘gacha yuritilib, bunda tig‘ning eni ham hisobga olinadi. Ba’zan ensiz tig‘lar yordamida keng konish ochishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda bir qator “suv” ochilgandan so‘ng uni kengaytirib, randalash uchun yo‘naltiruvchi taxtacha bilan tig‘ni bir-biriga yaqinlashtirib boriladi. Ular bir-biridan uzoqlashtirilsa, to‘g‘ri va tekis randalash qiyin bo‘ladi. Download 82.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling