O’quvchilarga randalash va randa turlari, ularni ishga sozlash mavzusini o’qitish metodikasi docx


Download 82.8 Kb.
bet9/10
Sana03.12.2023
Hajmi82.8 Kb.
#1801310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’quvchilarga elektr randa va undan foydalanish qoidalari

Chorabzal randalar porsi usulida (45o burchak hosil qilib) biriktiriladigan buyumlarning qismlariga (rasm ramkalari, karnizli birikmalar, eshik va deraza romlariga qoqiladigan chaspaklar va shunga o‘xshashlarga) gul chiqarish (abzal solish) uchun ishlatiladi.
Chorabzal randalarning tig‘lari chiqariladigan gulning turiga qarab har xil shaklda bo‘ladi. Kundalar tig‘larning shakliga moslab tayyorlanadi. Bu randalar 13
bilan taxtalarning chetlariga gul chiqariladi. Ba’zi porsi usulida bog‘lanadigan qismlar oldindan xomaki yig'ilib, dastlabki pardozlash ishlari bajariladi va randalab tekislangandan keyin qismlarga ajratilib gul chiqariladi. Aks holda birikmada gullar bir-biriga mos kelmasligi mumkin.
Duradgorlikda tayyorlanadigan buyumlarning turiga, ularni bog‘lash usuliga qarab nov, yoy, dila randalar; randalanadigan yog‘och materiallaming shakli, o‘lchamiga qarab qushquloq, qirqim randa va o‘roq randalar ham ishlatiladi.
Randalash yo‘li bilan silliqlash, tekislash mumkin bo‘lmagan sirtlarni ishlashda har xil shakldagi yog‘och egovlardan foydalaniladi.
Buyumlarni pardozlash ishlarida po‘lat qirg‘ich, oyna bilan qirish, har xil markadagi jilvir qog‘ozlar yordamida jilvirlash ishlari bajariladi.4
Xulosa
Kurs ishi yuzasidan olib borilgan nazariy va amaliy tajribalarimiz asosida quyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin. Umum ta‘lim maktablarining turli bosqichlarida elektr randa va ulardan foydalanish mavzusini o’qitish maqsadlari quyidagilardan iborat:
Boshlang‘ich maktabdagi (1-4 sinflar) mehnat ta‘limi o‘quvchilariga ta‘lim berish va tarbiyalash, ularni ruhanva jismoniy rivojlantirishning negizi bo‘lib, quyidagi maqsadlarni amalga oshirishini: oddiy mehnat turlari va mehnat jarayonlari hamda oddiymehnat qurollari bilan tanishtirishni, oddiy ish harakat usullarini to‘g‘ri bajarishni o‘rgatishni, ularni rejalashtirishni, ish o‘rnini tartibli saqlash, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kabi boshlang‘ich mehnat xislatlarini shakllantirishini nazarda tutadi.
Tayanch maktablari (5-9 sinflar) bosqichida o‘quvchilarda umummehnat ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi, ularning qiziqish va qobiliyatlariga ko‘ra, kasbiy moyilliklari, kasb-hunar turlarini tanlashga yo‘naltirilgan xislatlar, umummehnat madaniyati shakllantiriladi va rivojlantiriladi, iqtisodiyotning turli sohalari ularda ishlatiladigan texnika va texnologiya to‘g‘risida bilimlar beriladi. Mehnat faoliyatining turli sohalarni bilish amaliy mehnat orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratadi, ularni xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish usullariga o‘rgatiladi.
Mehnat ta‘limining yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarini amalga oshirish uchun quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish lozim:
-turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga taalluqli vazifalarni yechish,
tajribalar o‘tkazish, o‘lchash-tekshirish asboblaridan, ma‘lumotnoma-lardan foydalana olish, mehnat operasiyalarini bajarish, olingan natijalarni qo‘yilgan talablar bilantaqqoslash orqali xulosa chiqarishga o‘rgatish;
-o‘quvchilarda bilim va mehnatga muhabbat, mehnat axllariga nisbatan hurmat xissini singdirish, ularni jamoatchilik, vatanga sadoqat ruxida tarbiyalash;


Download 82.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling