O‘quvchilarga web dasturlash bo‘yicha kompetensiyalari shakllantirish ahamiyati
Download 71.24 Kb.
|
vak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaxlit-mazmunli kompetensiyalar
- Umummadaniy kompetensiyalar
- O‘quv-bilish kompetensiyalari
- Axborot kompetensiyalarida
- Kommunikativ kompetensiyalari
- Ijtimoiy –mehnat kompetensiyalari
- Shaxsning o‘z-o‘zini takomillashtirish kompetensiyalari
1-rasm. Kompetentli yondashuv pedagogik nazariya va ta’lim amaliyoti uchun prinsipial yangiligi.
Tayanch kompetensiya ostida ta’limning yangi qiyofasi – ta’lim oluvchining har tomonlanma bilimi, malakalari, ko‘nikmasi, shuningdek shaxsiy javobgarligi va mustaqil faoliyat tajribasining yaxlit tizimi tushuniladi. Umuman, kompetentlik bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik yig‘indisini taqdim etishdir. Shu boisdan, ular belgilangan muammolar doirasini hal qilish uchun samarali foydalanishga mo‘ljallanadi. A.V.Xutorskoy tayanch kompetensiyalarni quyidagi guruhlarga ajratadi [14]: 1. Yaxlit-mazmunli kompetensiyalar. Dunyoqarash sohasidagi ushbu komptensiyalar ta’lim oluvchining muhim ahamiyatli yo‘naltirilganligi bilan bog‘liq bo‘lib, bunday kompetensiya o‘rab turgan dunyoni ko‘rish va tushunish, unga yo‘naltirish, o‘z o‘rni va burchini anglash, o‘zining faoliyati va hatti-harakati uchun maqsadli va mazmunli ko‘rsatmalarni tanlay olish, qarorlar qabul qilish imkonini beradi va shu bilan birga ta’limda yoki boshqa faoliyatlarda ta’lim oluvchining o‘z o‘rnini belgilab olish mexanizmini ta’minlaydi. 2. Umummadaniy kompetensiyalar. Ta’lim oluvchining bilim va tajriba faoliyatini o‘zlashtirgan bo‘lishi lozimligi munosabati bo‘yicha savollar doirasidir. Bu milliy va umuminsoniy madaniyat, alohida millat, insoniyat va inson hayotining ma’naviy-axloqiy asosi, jamoa hodisalari va an’analari, ijtimoiy, oilaviy madaniyat asosi, inson hayotida fan va dinning o‘rni, ularning dunyoga ta’siri, maishiy va madaniy hordiq sohasidagi kompetensiyalarning (masalan, bo‘y vaqtni tashkil qilishning samarali usullariga ega bo‘lish) o‘ziga xos xususiyatlaridan iborat. 3. O‘quv-bilish kompetensiyalari. Mantiqiy metodolik, umumiy o‘quv faoliyati tarkibiy qismlarini o‘zida mujassam etgan mustaqil bilish faoliyati sohasida ta’lim oluvchining kompetensiyalari majmui bo‘lib, unga loyihalash, tahlil qilish, tashqi ta’sirga javob qaytarish, o‘z-o‘zini baholashni tashkil etish usullari kiradi. O‘rganilayotgan ob’ektga nisbatan o‘quvchi ijodiy ko‘nikmalarni egalaydi: atrofdagi voqeliklardan bevosita kerakli bilimlarni ajrata bilish, o‘quv-bilish muammolari yechimini qabul qila olish, nostandart vaziyatlarda harakat qilish xususiyatlari mansub. 4. Axborot kompetensiyalarida real obektlar (televizor, magnitofon, telefon, faks, kompyuter, printer, modem) va axborot texnologiyalari (audio-video yozuv, elektron pochta, OAV, Internet) yordamida zaruriy axborotlarni mustaqil lravishda izlash, saralab olish, tahlil qilish, tartiblash, o‘zgartirish, saqlash va uzatish malakasi shakllanadi. Ushbu kompetensiyalar ta’lim sohalari va o‘quv fanlari mazmuniga, shuningdek uni o‘rab turgan muhitga mos ravishda ta’lim oluvchining faoliyat ko‘nikmasini ta’minlaydi. 5. Kommunikativ kompetensiyalari zaruriy tillar bilish, atrofdagi va uzoqdagi hodisalar va shaxslar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish usullari, guruhda ishlash ko‘nikmalari, jamoada turli xil ijtimoiy o‘rinlarga ega bo‘lish kabi jihatlarni o‘zini namoyon etadi. Ta’lim oluvchi o‘zini namoyon eta olishi, muzokaralar o‘tkaza olishi va shu kabilarni amalga oshira olishi kerak. 6. Ijtimoiy –mehnat kompetensiyalari. Fuqarolik jamiyati sohasidagi faoliyatda (fuqarolik, kuzatuvchilik, saylovchilik, vakillik roli bajarish), ijtimoiy-yehnat sohasida (iste’molchi, xaridor, mijoz, ishlab chiqaruvchi huquqi), oilaviy munosabat va mavqeini belgilash sohasida (mexnat bozori vaziftlarini tahlil qila olish, shaxsiy va jamoa foydasiga muvofiq faoliyat yuritish, mehnat va fuqarolarning o‘zaro munosabatlari etikasiga ega bo‘lish va b.) bilim va tajribalarga ega bo‘lish ma’nosini anglatadi. 7. Shaxsning o‘z-o‘zini takomillashtirish kompetensiyalari. Jismoniy, ma’naviy va intelektual o‘z-o‘zini rivojlantirish, emotsional jihatdan o‘ziga-o‘zi dalda berish va o‘zini-o‘zi tartibga solish usullarin o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan. Metodik o‘qitish tizimi turli-tuman o‘qitish tizimlar mavjud [21]. Bir xil vositadan turli xil o‘qitish usullari va shakllarida foydalanish mumkin. Bularga quyidagi tizimlar misol bo‘ladi: Download 71.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling